11-mavzu. Moddaning agregat holati reja



Download 0,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/25
Sana06.07.2022
Hajmi0,63 Mb.
#750485
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   25
Bog'liq
11-maruza (1)

N
2
 + 3H
2
 ↔ 2NH
3
 + 22 kkal (1)
Nemis olimi Gaber termodinamik hisoblashlar asosida ammiak-ning 
chiqishi, ya'ni (1) reaksiyaning o'ng tomonga ketishi bosim va temperuuraga 
bog‛liq ekanligini va ammiak sintezining eng qulay sharoiti 1000 atm bosim 
hamda 475—525°C ekanligini aniqladi.


Termodinamik usul hozirda metallurgiyada, plastmassalar, o'g‛itlar, 
kimyoviy tolalar ishlab chiqarish sanoatida, yoqilg‛ilarni qayta ishlashda va 
boshqalarda keng qo'llaniladi. 
Termodinamika usulining kamchiligi shundaki, bu usul jarayonning ketish 
vaqtini aniqlab berolmaydi, chunki vaqt termodinamika tenglamalariga kirmaydi. 
Termodinamika usulini faqat makrosistemalar uchungina qo'llash mumkin. Bu 
usulni alohida atom, molekula, elektronlar uchun tatbiq etib bo'lmaydi.
Termodinamika qonunlarini o'rganishdan oldin termodinamikada keng 
qo'llaniladigan asosiy tushunchalar: sistema, jarayon va ularning turlari bilan 
tanishib chiqamiz. Atrof-muhitdan fikran ajratilgan jism yoki o'zaro ta'sir etadigan 
jismlar to'plami termodinamikada sistema deyiladi.
Hajm jihatdan termodinamik sistema turlicha: igna uchicha kichik va quyosh 
sistemasidek katta bo'lishi mumkin. Asosiy masala bunday sistemalarga 
termodinamika qonunlarini tatbiq etish mumkinligi yoki mumkin emasligidadir. 
Shu nuqtai nazardan alohida zarracha va cheksiz fazo termodinamik sistema bo'la 
olmaydi, chunki bularga termodinamika qonunlarini tatbiq etib bo'lmaydi.
Termodinamik sistemalar oddiv (kimyoviy bir jinsli), murakkab (kimyoviy 
har xil jinsli), gomogen (fizik bir jinsli)? geterogen (fizik har xil jinsli), 
izolyatsiyalangan (yopiq) yoki izolyatsivalanmagan (ochiq) bo'lishi mumkin. 
Oddiy sistemalarda hajmning hamma qismlari bir xil tarkibga va xossaga ega 
bo'ladi. Aksincha bo'lsa murakkab sistema deyiladi. Agar sistemaning tarkibiy 
qismlari bir-biridan chegara sirtlar bilan ajralgan bo'lmasa gomogen. aksinchasi 
geterogen sistema deyiladi. Agar sistema bilan tashqi muhit orasida modda va 
energiya almashinuvi bo'lmasa, bunday sistema izolyatsiyalangan, aksinchasi 
izolyatsiyalanmagan sistema deyiladi.
Sistemaning boshqa qismlaridan chegara sirtlar bilan ajraladigan va o'zining 
termodinamik xossalari bilan farq qiladigan qismi faza deyiladi. Sistemaning 
tarkibiy qismlari komponentlar deyiladi.
Termodinamik sistemaning xossalari uning paramerlari yoki mustaqil 
o'zgaruvchilari bilan aniqlanadi. Sistemaning o'z-o'zicha o'zgara oladigan 
parametrlari mustaqil o'zgaruvchilari deyiladi. Masalan, gaz uchun bosim 

va 
temperatura 

yoki hajm 

va 

mustaqil o'zgaruvchilar bo'lishi mumkin. Agar 
mustaqil o'zgaruvchilar o'zgarmas holatga kelsa, sistemaning termodinamik 
xossalarida o'zgarish ro'y bermaydi. Bu holat sistemaning termodinamik 
muvozanat holati deyiladi.
Sistemaning barcha parametrlari ikki guruhga bo'linadi. Sistemaning 
miqdori va o'lchamiga bog‛liq parametrlar ekstensivlik parametrlari deyiladi va 
bularga hajm, massa, entropiya kiradi. Sistemaning miqdoriga va o'lchamiga 
bog‛liq bo'lmagan parametrlar intensivlik parametrlari deyilib, bularga 
temperatura, bosim, potentsial, molyar yoki solishtirma hajm kiradi.
Termodinamik sistemaning bir holatdan boshqa holatga o'tishi jarayon 
deyiladi.
Agar jarayon davomida termodinamik sistema qator o'zgarishlardan keyin 
yana awalgi holatga qaytsa, bunday jarayon aylanma jarayon yoki tsikl deyiladi. 
Bunda jarayon holat fUnktsiyalarining o'zgarishi nolga teng bo'ladi. Barcha 


termodinamik funktsiyalar ham holat funktsiyalari bo'lavermaydi. Masalan, 
jarayonning holat fiinktsiyalari bo'lgan sistemadan chiqadigan yoki unda 
yutiladigan issiqlik miqdori 
Q, 
sistema bajaradigan ish 

sistemaning boshlang‛ich 
va oxirgi holatiga bog‛liqdir. Termodinamikada sistema tomonidan yutiladigan 
issiqlik musbat ishora bilan, chiqadigan issiqlik manfiy ishora bilan belgilanadi 
(termokimyoda aksincha ishoralar qabul qilingan). Agar energiyaning berilish 
shakli bo'lgan ish 

sistema tomonidan tashqi kuchlarga qarshi bajarilsa musbat, 
agar tashqi kuchlar sistema ustida ish bajarsa manfiy ishora bilan olinadi. 
Bajarilgan ish joullarda 
(j) 
yoki kilojoullarda 
(kj) 
o'lchanadi.
Agar jarayon o'zgarmas temperaturada bolsa (T=const) izo termik, agar 
o'zgarmas bosimda bolsa (P=const) izobarik, agar o'zgarmas hajmda borsa (V 
const) izoxorik jarayon deyiladi.
Agar jarayon vaqtida sistema tashqi muhit bilan issiqlik almashinmasa 
(Q=const) bu adiabatik jarayon deyiladi.
Izoxorik jarayondan boshqa har qanday termodinamik jarayonda 
energiyaning bir qismi kengayish ishiga sarflanadi. Izoxorik jarayonda sistemaga 
berilgan energiya faqat uning ichki energiyasining o'zgarishiga sarflanadi.
Termodinamikaga M. V. Lomonosov, D. P. Konovalov, R. Mayer, R. 
Klauzius, G. I. Gess, R. Joul, Gelmgolts, S. Karno, V. Gibbs, YA. Vant-Goff, V. 
Nernst va boshqalar asos solgan hamda uning rivoj lanishiga katta hissa 
qo'shganlar. 

Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish