1
10-MAVZU: SUG‘URTANING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI VA
ISTIQBOLI
REJA:
1. Milliy sug‘urta bozorining rivojlanish tendensiyalari
2. Bozor iqtisodiyoti sharoitida milliy sug‘urta bozorida raqobatni rivojlantirish
istiqbollari
1. Milliy sug‘urta bozorining rivojlanish tendensiyalari
Mustaqillikning dastlabki yillaridan sug`urta tizimining rivojlanishiga jiddiy
ahamiyat bergan holda hukumatimiz tomonidan raqobatga asoslangan sug`urta
bozorini tashkil qilish va uni takomillashtirish borasida ko`plab chora-tadbirlar
ishlab chiqildi. Dastlab sug`urta tizimining huquqiy asoslari yaratildi, sug`urta
sohasidagi davlat monopoliyasiga barham berildi va turli mulkchilikka asoslangan
sug`urta tashkilotlarini tashkil qilishga, ularning sug`urta faoliyatini rivojlanishiga
keng yo`l ochildi. Sug`urta tizimida sog`lom raqobat shakllantirildi.
Bugungi kunda mamlakatimiz sug`urta bozori iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlariga
ishonchli va zarur xizmatlarni ko`rsatish imkoniga ega bo`ldi. Muhimi aholining
keng qatlami sug`urta xizmatlari bilan ta`minlanmoqda. Sug`urtaning majburiy
tartibda kiritilishi, bir tomondan, sohaning eng asosiy muammolaridan biri bo`lgan
aholi sug`urta madaniyatining ko`tarilishiga xizmat qilsa, ikkinchi tomondan,
yetkazilgan zararning sug`urta mexanizmi orqali kafolatli qoplanish tizimini
yaratadi.
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha
Harakatlar Strategiyasi doirasida demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va
mamlakatda milliy iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida iqtisodiyotda, moliya, shu
jumladan, sug‘urta xizmatlari bozorida o‘zgartirishlar va islohotlar o‘tkazish ko‘zda
tutilgan. Bu respublika sug‘urta bozorining barcha ishtirokchilaridan faoliyat
sohasining hamma yo‘nalishlarida, xalqaro standartlarga javob beradigan
zamonaviy sug‘urta mahsulotlarini ishlab chiqish bosqichidan tortib, yuqori
darajadagi xizmat ko‘rsatish va aholining sug‘urta tizimiga bo‘lgan ishonchini
oshirishgacha bo‘lgan faoliyat samaradorligini yuksaltirishni taqozo qiladi.
Darhaqiqat, so‘ngi yillarda mamlakat sug‘urta bozorida amalga oshirilayotgan
islohotlarning samarasi natijasida uning barcha jabhalarida rivojlanish
tendensiyalari kuzatilmoqda, shu jumladan qayta sug‘urtalash yo‘nalishida ham
iqtisodiy munosabatlar o‘rnatilgan talablar doirasida amalga oshirib kelinmoqda.
Ma’lumki, O‘zbekiston sug‘urta bozorida faqat qayta sug‘urta sohasida faoliyat
2
yuritadigan kompaniya hanuz tashkil etilmadi, bu esa milliy bozorda qayta
sug‘urtalash amaliyoti qo‘llanilmaydi, degani emas.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 sentyabrdagi PF-5177-sonli
“Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar
to‘g‘risida” gi Farmoniga asosan, sug‘urta faoliyatini yanada takomillashtirish,
sug‘urtalovchilarning kapitallashuvi va moliyaviy barqarorligini oshirish, ularning
hududiy tarmoqlarini kengaytirish va sug‘urta kompaniyalarining investitsion
jarayonlardagi ishtirokini rag‘batlantirish, shuningdek, sug‘urta xizmatlari
iste’molchilarining huquqlarini samarali himoya qilishni ta’minlash maqsadida
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligining taklifiga
binoan, 2018 yilning 1 iyuliga qadar sug‘urtalovchilar uchun ustav kapitalining eng
kam miqdorlarini oshirish belgilandi. Yuqorida qayd etilganidek, sug‘urtalovchilar
yuqori riskli ob’ektlarni sug‘urtalashda qayta sug‘urtadan foydalanish orqali
o‘zlarini moliyaviy jihatdan himoyalaydi, shundan kelib chiqadiki yuqori risklar
natijasida yuzaga keladigan zararlarni qoplash uchun kompaniyalar etarlicha
kapitalga ega bo‘lmog‘i lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |