O`ZBEKISTON RESPUBLIKASINING MOLIYA TIZIMI
Reja:
1.O`zbekiston Respublikasi - xalqaro moliya munosabatlarning faol ishtirokchlsi
2. Xalqaro moliya munosabatlarini erkinlashtirishning huquqiy asoslari
O`zbekiston Respublikasi - xalqaro moliya munosabatlarning faol ishtirokchisi
O`zbekiston Respublikasini jahon xo`jaligiga kirib borishida, uning hududiy va global darajadagi raqobatbardoshligi bo`yicha ustunligi, tashqi iqtisodiy siyosatni ishlab chiqish va uni amalga oshirish bilan ko`p jihatdan bog`liq. Amalga oshirilayotgan tarkibiy islohotlar bo`yicha kizgin munozaralarning mavjudligiga qaramasdan, tashqi iqtisodiy siyosatni ishlab chiqishda, hukumat, mamlakatning geografik, ishlab chiqarish va texnologik hamda mehnat resurslaridan foydalanish samarasini inobatga olmoqda. Xalqaro mehnat taqsimotining kuchayishi, xalqaro xo`jalik ishtirokchilaridan yuqori darajadagi raqobatbardoshlikni talab etadi.
Shu jihatdan, jahon xo`jaligida O`zbekiston kushni MDH mamlakatlaridan o`zining quyidagi xalqaro ustuvorliklari bilan ajralib turadi:
Qadimiy boy madaniyat, tarixiy va diniy yodgorliklari xalqaro turizm sonoatini rivojlantirish uchun qulay imkoniyatlarni yuzaga keltiradi;
Qulay tabiiy iklim va tabiiy boyliklar, ishlab chiqarish, qurilish va qishloq xo`jaligi sohasida raqobatbardosh muhitni shakllantiradi;
Buyuk ipak yo`lida joylashganligi xalqaro integratsiyada Yevropa bilan Osiyoni bog`lovchi «kuprik» vazifasini bajarishga yetarlicha imkoniyatni vujudga keltiradi.
O`zbekiston Respublikasi yetarli darajada malakali mutaxassislar bilan ta`minlangan. Zamonaviy texnologiya va ishlab chiqarish infratuzilmasini barpo qilish, ushbu sohadagi imkoniyatlarni kengaytiradi.
Mamlakat hukumati tomonidan ichki ishlab chiqaruvchilarni himoya qilish va eksportni rag`batlantirish siyosatini yuritilishi.
O`zbekiston Respublikasining xalqaro moliya munosabatlaridagi ishtirokida, xalqaro Moliya institutlari bilan hamkorlik muhim ahamiyat kasb etadi.
Shuni inobatga olib, 1992 yilda O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 633-XII sonli «O`zbekiston Respublikasini Xalqaro Valyuta fondi, Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki, Xalqaro rivojlanish assotsiatsiyasi, Xalqaro moliya korporatsiyasi, Investitsiyalarni kafolatlash bo`yicha ko`p tomonlama agentlikka a`zo bo`lishi to`g`risida»gi qarori qabul qilindi.
XVF va Jahon banki kabi tashkilotlar bilan hamkorlikning yo`lga qo`yilishi, nafaqat respublikani jahon bozoriga integratsiyasini tezlashtirdi, balki amalga oshirilayotgan tarkibiy islohotlar va makroiqtisodiy barqarorlikni ta`minlash samarasini oshirdi.
Xalqaro moliya institutlari bilan aloqalarning salmoqli qismi xalqaro kreditlar va qarzlar masalasi bilan bog`liq. Ushbu munosabatlarni amalga oshirishning huquqiy asoslari sifatida O`zbekiston Respublikasining «Byudjet tizimi to`g`risida»gi, «Tashqi qarzdorlik to`g`risida»gi qonunlari va boshqa me`yoriy aktlar ishlab chiqildi.
Mustakillikning dastlabki yillarida olingan kreditlar va qarzlar, asosan, qisqa muddatli bo`lib, ichki bozorni iste`mol tovarlar bilan to`ldirishga qaratilgan bo`lsa, keyingi yillarda hukumat mazkur qarzlami jalb qilish sohasini tarkibiy qayta qurish bo`yicha ma`lum ishlami olib bormoqda.
Olinadigan qarzlar va jalb qilinadigan uzoq muddatli kreditlarning asosiy yo`nalishlari sifatida: eksport potentsialini kengaytirish, import umini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarish sohalari tanlandi. Mineral xom-ashyo resurslarini, shu jumladan, neft va gazni ishlab chiqarish va qayta ishlash, qishloq xo`jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, mashinasozlikni rivojlantirish, telekommunikatsiya sohasini zamonaviylashtirish hamda kichik va o`rta biznesni rivojlantirish - xorijiy investitsiyalar jalb qilinadigan ustuvor yo`nalishlar sifatida qaralmoqda.
Xorijiy investitsiyalar sonining amaldagi ortishi va sifat darajasi, amalga oshirilayotgan davlat investitsiya dasturi haqida ma`lumot beradi. Uning maqsadi - milliy va xorijiy investorlaming investitsion faoliyatini optimal darajada huquqiy tartibga solishdan iborat.
Xorijiy kapital oqimini rag`batlantirish, xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarga xizmat ko`rsatuvchi moliya-valyuta infratuzilmasini tashkil etishga bog`liq.
Moliya-valyuta infratuzilmasi xo`jalik sub`ektlari bilan jahon pul-kapital bozori o`rtasidagi aloqalarni ta`minlashga xizmat qiladi. Ushbu infratuzilmalarni tashkil etish, quyidagi yo`nalishlami qamrab oldi:
bank tizimini takomillashtirish;
ichki sug`urta xizmatlari sohasini rivojlantirish;
ichki valyuta bozorini faoliyatini yaxshilash;
lizing xizmatlari bozorini rivojlantirish;
audit va maslahat xizmatlari bozorini rivojlantirish;
milliy tovarlarni xalqaro bozorlar tomon harakatini tashkil etish va h.k.
O`zbekiston Respublikasini xalqaro hamkorligi va iqtisodiy siyosatining ustuvor yo`nalishlari belgilandi va u mamlakatni xalqaro bozorga qo`shilishining asosini tashkil etadi.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning zamonaviy rivojlanish tamoyillari. O`zbekiston sobiq Ittifoqda yirik respublikalardan hisoblanib, aholisining soni bo`yicha 3-urinni va yalpi milliy mahsulot hajmi bo`yicha 5-urinni egallab kelgan.
Respublika tabiiy resurslarga boy, sanoatda va qishloq xo`jaligida yetarli darajada rivojlangan ayrim ishlab chiqarishlarga ega.
Masalan, O`zbekiston tabiiy gaz qazib olishda dunyoda 9-o`rinda, oltin kazishda 7-o`rinda, oltingugurt kislotasi va mineral ugitlar ishlab chiqarishda hamda pilla etishtirishda 7-o`rinda turadi.
Yuqoridagi tabiiy imkoniyatlardan kelib chiqqan holda, respublikaning xalqaro moliya munosabatlari va jahon xo`jaligiga integratsiyasi majmui aniq belgilangan maqsadlar va ularni amalga oshirishga qaratilgan asosiy tadbirlarni o`z ichiga oladi.
Birinchidan, respublika milliy iqtisodiyotining kuchli eksport buginini tashkil etuvchi va uni jahon bozorida munosib o`rinni egallashini ta`minlovchi buginlarni aniqlash;
Ikkinchidan, iqtisodiyotning eksport buginida davlat tomonidan qo`llab-quvvatlash usulidan keng foydalanish;
Bu usullar quyidagilardir:
Eksportga yo`naltirilgan ishlab chiqarishni kengaytirish uchun imtiyozli foizlar bo`yicha ko`p muddatli kreditlar ajratish, mo`ljallangan investitsiyalarni sug`urtalash;
Eksport qiluvchilarga milliy ishlab chiqarish va uning xorijiy raqobatchilari ishlab chiqarishi xarajatlari o`rtasidagi farqni qoplash;
Davlat tomonidan respublikaga ilg`or texnologiyalar, tajribalar, bilimlarni kirib kelishi uchun subsidiyalar ajratish;
Eksport va importni litsenziyalash yoki chetga mol chiqarishga va chetdan uni olib kelishga ruxsatnomalar berish;
Ishlab chiqarish jarayonida qatnashuvchi, xorijdan keltirilgan xom-ashyo va materiallar, asbob-uskunalar va jixozlar ulushini bosqichma-bosqich kamaytirish va boshqalar.
Shu bilan birga, xalqaro moliya sohasidagi siyosat milliy valyutani mustahkamlash va uni boshqa valyutalarga erkin almashuvini ta`minlashni, ichki narxlarni jahon bozori narxlariga yaqinlashtirish maqsadida baholar islohotini tugallashni, tashqi iqtisodiy faoliyatning me`yoriy-huquqiy asoslarini xalqaro talablar darajasiga yetkazishni nazarda tutadi.
O`zbekiston uchun asosiy strategik maqsadlar quyidagilardan iborat:
O`zbekiston Respublikasining jahon iqtisodiy tizimi integratsiyasiga kushilib borishini ta`minlash;
Eksport potentsialini rivojlantirish;
Import va import o`rnini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirish;
Investitsiya siyosatini takomillashtirish;
Chet el sarmoyalarini jalb qilish;
6. Eksport mahsulotlari ishlab chiqarish zonalari va erkin iqtisodiy hududlarni rivojlantirish;
7. Tashqi iqtisodiy faoliyat infratuzilmasini rivojlantirish.
Mamlakattiing jahon hamjamiyatiga integratsiyalashuvining muhim tarkibiy qismi - davlatlarning turli mintaqaviy birlashmalari hamda xalqaro moliyaviy tashkilotlar bilan aloqalarni rivojlantirishdan iborat. O`zbekiston mintaqaviy xalqaro tashkilotlar, chunonchi, Yevropa Ittifoqi, EHXT, NATO, EKO, OIK va boshqalar bilan ham samarali hamkorlik qilmoqda. Bular orasida Yevropa Ittifoqi alohida o`rin tutadi. 1996 yilda Yevropa Ittifoqi bilan O`zbekiston o`rtasidagi munosabatlami rivojlantirishda bir qancha muhim ishlar amalga oshirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |