19-jadval
Ko`rsatkichlar
|
1992y
|
1993y
|
1994y
|
1995y
|
1996y
|
TSA
|
1798,6
|
1900,0
|
5299,4
|
6001,7
|
9711,3
|
Eksport
|
869,3
|
919,2
|
2689,9
|
3109,0
|
4590,2
|
Import
|
929,3
|
980,8
|
2609,5
|
2892,7
|
4721,1
|
Qoldiq
|
-60,0
|
-61,6
|
+80,4
|
+216,3
|
-130,9
|
Respublika tashqi savdo aylanmasining eng yuqori ko`rsatkichi 1996 yilda qayd etilgan bo`lib, u 9,7 mlrd. AQSH dollaridan ortigni tashkil etgan. Ammo, 1997-1998 yillarda respublikaning asosiy eksport tovarlari - oltin va va paxtaning jahon narxlarining pasayishi hamda Janubiy-Sharqiy Osiyo va Rossiyadagi moliyaviy inqirozlar natijasida, tashqi savdo aylanmasi sezilarli darajada qisqardi. Ushbu voqealarga qaramasdan, 2000 moliya yili yakunlariga ko`ra tashqi savdo hajmi, 1999 yildagiga nisbatan 39,4 foizga ortdi. 2000 yilda O`zbekistonning yalpi savdo aylanmasi 6212,1 mln. AQSH dollarini tashkil etdi. Bunda, eksport ulushi 52,5 foiz, import esa, 47,5 foizni tashkil etdi va 317,3 mln. AQSH dollari miqdoridagi ijobiy qoldiqka erishildi. Mazkur yilda, eksportning moddiy hajmida o`sish kuzatildi va eksport tarkibida bosqichma-bosqich diversifikatsiya amalga oshirildi. Natijada, uning tarkibida yuqori qo`shimcha qiymatli tovarlar ulushi jami eksport hajmining 36 foiziga etdi (ushbu ko`rsatkich 1998 yilda 25 foizni tashkil etgan edi).
2000 yilga kelib, tashqi savdo operatsiyalarining geografik kengayishida ham jiddiy o`zgarishlar yuz berdi. Masalan, 1990-yillarda tashqi savdo sezilarli darajada MDH mamlakatlariga yo`naltirilgan bo`lsa (xususan, 1994 yilda respublikaning jami tashqi savdo aylanmasining 57,8 foizi ushbu mintaqaga to`g`ri kelgan), marketing izlanishlari va bozor segmentatsiyasi bo`yicha tovarlarni qayta taqsimlash natijasida, 2000 yilda tashqi savdo aylanmasining 37 foizi MDH mamlakatlari va 63 foizi uzoq xorij mamlakatlari hissasiga to`g`ri keldi. Jumladan, umumiy savdo hajmidan: AQSH - 8,1 foiz, Germaniya - 7,6 foiz, Koreya - 6,7 foiz, Shveytsariya - 5,8 foiz, Buyuk Britaniya - 5,4 foiz, Turkiya - 4,6 foiz; MDH mamlakatlaridan: Rossiyaga - 17,3 foiz, Qozog`istonga - 3,9 foiz, Turkmanistonga - 2,7 foiz to`g`ri keldi.
O`zbekiston Respublikasi tabiati rang-barang bo`lib, agrar sohani rivojlantirish uchun shart-sharoitlar mavjuddir. Bunga jahon bozorlarida talab yuqori va bahosi qimmat bo`lgan qishloq xo`jaligi va chorvachilik mahsulotlari etishtirilishi kiradi. Bular paxta tolasi, qorako`l teri va boshqa mahsulotlar hisoblanadi. Asosan, O`zbekistonning eksportida paxta tolasi, qorako`l teri, mashinalar, kabel mahsulotlari va boshqalar yetakchi o`rinda turadi.
Respublikamizga keltirilayotgan import mahsulotlari esa, ko`proq texnika va xalq xo`jaligi ustuvor sohalarining rivoji uchun xizmat qilishi kerak.
Respublikaning jahon xo`jaligi tizimiga shaxdam qadamlar bilan kirib borishi uchun, xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan iqtisodiy aloqalarining o`rnatilishi tashqi faoliyatni boshqaruv tizimini tubdan o`zgartirishni talab qiladi. Ushbu ko`rinish respublika tashqi siyosati oldiga qo`yilgan ikki muhim holat bilan bog`liq:
Birinchidan, O`zbekiston mustaqillikka erishgach, tashqi iqtisodiy munosabatlar uchun o`zining mustaqil siyosatini ishlab chiqishi va uni amalga oshirishi uchun javobgar bo`lgan maxsus tashkilotlar tuzish takozo etildi.
Ikkinchidan, Respublikada milliy iqtisodiyotni tubdan o`zgartirib, qaytadan ishlab chiqish, ya`ni qayta qurish jarayoni tufayli tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari kengaydi, ularga turli sohada tashqi iqtisodiy bitimlarni tuzishda kengroq huquqlar berildi. Ushbu sohadagi shartnomalarni, bitimlarni faqat davlat idoralari emas, balki mulkchilikning boshqa shakllariga asoslangan turli birlashmalar, korxona-tashkilotlarga ham tuzish imkoniyati berildi.
Ushbu omillarni hisobga olgan holda respublikada tashqi iqtisodiy faoliyat va xalqaro moliya munosabatlarini boshqarish tizimi shakllanmoqda hamda uning tarkibiy qismiga kirgan tashkilotlar faoliyati takomillashtirilmoqda.
Tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqarishning tarmoq tashkilotlari tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshiruvchi vazirliklar, idoralar, yirik korxonalar va tashkilotlarning maxsus idoralar, yirik korxonalar va tashkilotlarning maxsus bulnmalaridan tashkil topgan. Ular tarmoq, idora, korxona va tashkilotlar tashqi iqtisodiy faoliyatini rivojlantirish dasturini ishlab chiqadi, xorijiy sheriklar bilan shartnoma va bitimlar tuzadi, tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishning aniq yo`nalishlari bo`yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar tayyorlaydi. Ushbu tashkilotlarga: Qishloq va suv xo`jaligi vazirligi, Davlat kimyo sanoati kontserni, Davlat metallurgiya sanoati kontserni, «Uzbeksavdo» uyushmasi, «Uzdonmahsulot», «Uzavtotrans», «O`zbekiston temir yo`llari», «O`zbekiston havo yo`llari», «Dori-darmon» hissadorlik uyushmasi va boshqalar.
Tashqi iqtisodiy faoliyat boshqarilishida funktsional tashkilotlar ham muhim rol o`ynaydi.
Butashkilotlarga: Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy Bank, Davlat soliq qo`mitasi, Mexnat vazirligi, Davlat texnika qo`mitasi va boshqalar kiradi.
Tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishning bilvosita iqtisodiy usullari ichida bojxona bojlari va tariflari juda muhim hisoblanadi. Ular yordamida xalqaro munosabatlarning kkrinishlaridan biri bo`lgan tashqi savdo tartibga solinadi. Tariflarni o`zgartirish orqali davlat eksport va importni rag`batlantirishi yoki qisqartirishi, uning tuzilishini vujudga keltirishi, bu orqali esa, milliy ishlab chiqarish va iste`mol munosabatlariga ta`sir etishi mumkin.
Bojxona tariflari, asosan, milliy darajada qo`llaniladi va bunda qator vazifalarni bajaradi.
Fiskal, ya`ni davlat byudjeti daromadlarini to`ldirish manbai bo`lib xizmat qiladi;
Protektsionistik, ya`ni milliy ishlab chiqaruvchilarni chet el raqobatidan himoya qiladi;
Boshqaruv, ya`ni iqtisodiyot tuzilishini qayta qurishni boshqarish vositasi hisoblanadi va ular yordamida mamlakat iqtisodiyotidagi ilg`or siljishlar rag`batlantiriladi.
Shunday qilib, bojxona bojlari va tariflari milliy darajada bo`lgani kabi millatlararo darajada ham, tashqi savdoni tartibga solishning muhim vositalari hisoblanadi.
Xalqaro moliya munosabatlarini tartibga solishning bilvosita, egiluvchan usullari sifatida turli soliq turlari ham keng qo`llaniladi. Bunda faqat tashqi soliq tizimidagi emas, balki ichki soliq tizimidagi soliq turlaridan ham foydalaniladi. Faqat tashqi iqtisodiy bitimlarni tartibga solishda qo`llaniladigan soliqlarga import va eksport soliqlari kiradi. Ular olib kelayotgan yoki olib chikayotgan mahsulotlarga, ularning oqimlarini tartibga solish ya`ni, rag`batlantirish yoki tuxtatish maqsadida belgilanadi.
Ko`pgina mamlakatlarda import tushumlariga soliqlar keng qo`llanilsa, eksport mahsulotini sotishdan tushumlarga soliqlar esa, ma`lum imtiyozlarga egadir. Bu eksportni rag`batlantirishga, ichki va tashqi bozorlardagi narxlar farqi ko`p bo`lganda o`z mahsulotlari kabi import mahsulotlarga ham mamlakat ichida sotish uchun bir xil sharoitlar yaratish imkonini beradi.
Xalqaro moliya munosabatlari ichki soliqlar tizimi yordamida ham tartibga solinadi. Davlat mahsulot sotilishidan olingan foydaga, pul kapitalidan daromadlarga, kapitalning qo`shimcha o`sishiga, qimmatbaho qog`ozlarga, ortiqcha foydaga va boshqalarga soliqlarni belgilab, o`zining hamda xorijiy ishlab chiqaruvchilarning faoliyati uchun qulay yoki qulay bo`lmagan sharoitlarni yaratishi mumkin.
Xalqaro moliya munosabatlarini tartibga solishda, egiluvchan iqtisodiy vositalar qatoriga eksportni rag`batlantirish, O`zbekistonda keng qo`llanilayotgan valyuta tushumlaridan yarim ajratmalar va sotilishi majburiy bo`lgan valyuta tushumlari hissasini kiritish mumkin. Jahon amaliyotida xalqaro moliya munosabatlarini tartibga solishning bilvosita usullariga qaraganda, bevosita usullaridan kengroq foydalaniladi. Bevosita usullarni yuqorida, o`zining mazmuniga ko`ra, iqtisodiy, ma`muriy, me`yoriy-huquqiy ko`rinishga ega ekanligini aytib o`tgan edik. Asosan, litsenziyalash va kvotalash iqtisodiy tusdagi bevosita usullar ichida eng keng tarqalgani hisoblanadi. Tashqi iqtisodiy operatsiyalarni amalga oshirishga davlat tashkilotlaridan ruxsat olishning ma`lum tartibi bu - litsenziyalashdir.
Litsenziyalash bilan bir qatorda, jahon amaliyotida mahsulotlar, shuningdek, ishchi kuchi eksport va importini chegaralash maqsadida kvotalash keng qo`llaniladi. Bu usulning mohiyati unda vakolatli yoki xalqaro tashkilot alohida mahsulotlar, xizmatlar, mamlakatlar va mamlakatlar guruhi bo`yicha ma`lum davrga eksport va importga miqdoriy yoki qiymat chegaralarni (kvotalarini) belgilaydi. Davlat tomonidan tartibga solish tadbiri sifatida kvotalash to`lov balanslarini, ichki bozorda talab va taklifhi balanslashtirish uchun, muzoqaralarda o`zaro kelishuvga erishish uchun qo`llaniladi. O`zbekistonda kvotalash xalq iste`mol mollarini va strategik xom-ashyoning muhim turlarini olib chiqishni chegaralash usuli sifatida qo`llanilmoqda. Xalqaro moliya munosabatlarni davlatlararo tartibga solish tadbiri sifatida kvotalash asosan, xalqaro barqarorlashtirish bitimlariga muvofiq qo`llaniladi. Bu bitimlar, qandaydir bir mahsulotni ishlab chiqarishda yoki eksport qilishda har bir ishtirokchi mamlakatning hissasini belgilaydi. Shuningdek, kvotalash faqatgina mahsulotlarnigina emas, balki ishchi kuchi migratsiyasini ham tartibga solishda ishlatiladi. Hozirgi davrda rivojlangan mamlakatlar ichki mehnat bozorini himoyalash maqsadida xorijdan ishchi kuchi oqimi importiga ham kvotalar o`rnatiladi. Respublikamizda qo`llaniladigan ma`muriy tusdagi tartibga solishning o`ziga xos choralari sifatida tashqi iqtisodiy aloqa qatnashchilarini ro`yxatga olish, mahsulotlar bayonnomasi yoki bojxona bayonnomasini taqdim etish hisoblanadi. Ro`yxatga olish o`rnatilgan shaklda to`ldirilgan ro`yxatga olish varaqasini taqdim etish, ro`yxatga olinganlik rakamini berish, tashqi iqtisodiy aloqa qatnashchilari rasmiy ravishda chop etiladigan Davlat ro`yxatlari to`plamiga kiritish va ro`yxatga olinganlik haqidagi guvoxnomani berishni o`z ichiga oladi.
Maxsulotlar bayonnomasi - bu tashqi iqtisodiy aloqa qatnashchisining mahsulotni davlat chegarasini kesib o`tayotgani haqida ushbu mamlakatda o`rnatilgan qoidalarga muvofiq bergan rasmiy arizasidir. U ikki ko`rinishda:
Bojxona bayonnomasi bo`yicha;
Tovar-transport hujjatlari bo`yicha amalga oshiriladi.
O`zbekiston hozirgi davrda jahon bo`yicha paxta tolasi etishtirishda 5-o`rinda turadi. 1996-97-yillarda respublikamiz 1,062 mln. tonna paxta tolasi etishtirdi, bu esa, jahon paxta ishlab chiqarishining -6 foiz, (urta tolali - 90foiz) va ingichka tolali - 10 foizini tashkil qildi. Etishtirilgan paxtaning 15 foiz ichki bozorga va qolganlari esa har xil davlatlarga eksport qilinadi. Paxta tolasi eksporti bo`yicha O`zbekiston jahonda ikkinchi o`rinni egallaydi, bu esa jahon eksportining 20 foizini tashkil qiladi.
O`zbekiston Respublikasining xalqaro moliya munosabatlarini takomillashtirish va jahon xo`jaligidagi o`ziga xos o`rnini topishida, tashqi iqtisodiy aloqalarni erkinlashtirilishida quyidagi infratuzilmalarni rivojlantirish muhim ahamiyatga egadir:
1. Xalqaro moliya munosabatlarni amalga oshirishning axborot va ilmiy-uslubiy ta`minoti. Ushbu axborot va ilmiy-uslubiy ta`minot uchun quyidagi vazifalar bajarilishi zarurdir:
tashkiliy, statistika, ilmiy-ulubiy, davlat boshqaruvi organlari va tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari buginlari, konyunktura tizimlarini o`z ichiga oluvchi tashqi iqtisodiy faoliyatga xizmat ko`rsatish va markazlashgan avtomatlashtirilgan axborot tizimini tashkil etish;
aniq tizim ko`rsatkichlari bo`yicha, tashqi iqtisodiy faoliyat sub`ektlarini to`liq statistik qamrab olishni ta`minlash;
o`quv qo`llanmalarini nashr qilish va ishlab chiqarish;
tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga soluvchi va doimiy yangi qo`shimchalar bilan to`ldirilishini inobatga oluvchi qonuniy va me`yoriy aktlar chop etilishini markazlashgan holda bajarish. Hozirgi kunda respublikada jahonning mashhur «Motorola» (AQSH), «Simens» «Alkatel» (Germaniya), «DEU» (Janubiy Koreya) singari yetakchi chet el kompaniyalari ishtirokida telekommunikatsiya tarmoqlarini qayta ta`mirlash ishlari faol olib borilmoqda. Zamonaviy telekommunikatsiya va kompyuter tizimlari, kompyuter va telekommunikatsiya texnikasini ishlab chiqaradigan qo`shma korxonalar barpo etilmoqda. Zamonaviy infratuzilmani rivojlantirish ustida katta ishlar olib borilmoqda, lekin ushbu infratuzilmani barpo qilishda muammolar yetarlichadir. Masalan, respublika poytaxti, viloyat markazlari va tumanlar o`rtasida o`zaro telefon aloqalari yaxshi yo`lga qo`yilmagan. Tashqilotlarda elektron pochta va jahon kompyuter axborot turi internet yetarlicha darajada foydalanilayotgani yo`q. Bu esa, o`z navbatida, axborot ta`minotining rivojlanishini sustlashtiradi. Ushbu axborot va ilmiy-uslubiy ta`minot xalqaro moliya munosabatlarning infratuzilmasini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
2. Tashqi iqtisodiy faoliyatning savdo aloqalarini erkinlashtirishda transport infratuzilmasini rivojlan-tirish. Tashqi iqtisodiy faoliyatda transport infratuzilmasini rivojlantirish muhim masalalardan biridir. Transport infratuzilmasi muammolarini echish uchun, avvalo, quyidagi vazifalar bajarilishi lozim:
o tashqi iqtisodiy faoliyat transport infratuzilmasini rivojlantirish dasturini ishlab chiqish; o O`zbekistonning xalqaro ko`ptomonlama va ikki-tomonlama kelishuvlarga tashqi savdo tranzit yuk tashish masalalariga keng ko`lamda qo`shilishi (bu yerda tashqi iqtisodiy faoliyat infratuzilmasini rivojlantirishda transport ustuvor yo`nalishlardan biri, deb qaralishi kerak.) «Respublikamizning rivojlangan kommunikatsiyalari tizimining mavjudligi ham O`zbekistonning jugrofiy-strategik mavqeini jozibador qiluvchi muhim omildir». Chunki, transport kommunikatsiyalari davlatning o`z oldiga qo`ygan strategiyasini amalga oshirishda roli kattadir.
O`zbekiston Respublikasidagi temir yo`l va avtomobil yo`llari Markaziy Osiyoda eng zich hisoblanadi. Temir yo`llarning ko`pgina tarmoqlari elektrlashtirilgan. Temir yo`llarning uzunligi 6,7 ming km.dan ziyoddir. Avtomobil yo`llarining 80 foizidan ortigi qattiq koplamali yo`llardir. Ushbu yo`llar xalqaro va davlat ahamiyatiga molik bo`lib, ular takomillashtirilgan koplamaga ega.
O`zbekiston Yevropa bilan Sharqiy Osiyo o`rtasida joylashgan juda istiqbolli xalqaro transport tarmog`i bo`lib xizmat qilishi mumkin. Masalan, Germaniyaning Frankfurt-Mayn shaxridagi «Lyuftganza» aeroporti singari katta xalqaro miqyosdagi aeroportlar barpo etilsa, bemalol Yevropa va Sharqiy Osiyo davlatlari tranzit yuk tashish tarmoqlariga xizmat qilish mumkin. Hozirgi kunda «O`zbekiston havo yo`llari» milliy aviakompaniyasi IKAO a`zosi bo`lib, uning tarkibida Toshkent aeroportidan tashqari, yana 12 ta mintaqaviy aeroport mavjud. Shulardan 3 tasi xalqaro toifadagi samolyotlarni qabul qilishga moslashtirilgan. Bulardan tashqari, chet el kapitali ishtirokida va xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda Toshkent, Samarkand, Buxoro, Urganch, Namangan, Termiz shaxarlaridagi aeroportlar qayta ta`mirlanmoqda.
Jahon xo`jaligida mamlakatning ishtirok etishi ko`p jihatdan mamlakatning arzon transport vositalaridan foydalanish imkoniyatlariga ham bog`liq. Shu nuqtai nazardan, eng arzon hisoblanadigan transport turlaridan dengiz orqali yuk tashish O`zbekiston uchun ancha noqulayliklar tugdiradi. Eng qisqa yo`l 3 ming kilometrni tashkil etsa, albatta mamlakatning iqtisodiy aloqalariga ta`siri juda ham kattadir. O`zbekiston o`z yuklarini 2-3 ta davlat orqali tranzit tarzida olib utsa, transport tariflarining yuqoriligi O`zbekiston mahsulotlarini jahon bozorida raqobatga bardoshsiz qilib qo`yadi.
Markaziy Osiyo Respublikalari, Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti (EKO)ga kiruvchi boshqa mamlakatlar o`rtasida hukumatlararo shartnoma tuzildi va uning asosida Tajan-Saraxs-Mashxad temir yo`lini ko`rish amalga oshirila boshladi. Bu temir yo`l Pekinni Istanbul bila bog`laydigan Trans-Osiyo magistralining tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu yulda ikkala yo`nalishda 6-8 mln. tonnagacha yuk tashilishi kutilmoqda. TRASEKA - TSECSA (Transport Corridor Europe-Caucasus-Central Asia) - Yevropa-Kavkaz-Markaziy Osiyo transport koridori loyihasi hisoblanadi. Ushbu loyiha qatnashchilari Armaniston, Ozarbayjon, Gruziya, Qozog`iston, Kirgiziston, Tojikiston, Turkmaniston, O`zbekiston va Yevropa Ittifoqidir.
Markaziy Osiyo va O`zbekiston uchun eng asosiy temir yo`llarb (Gruziya orqali) Toshkent - Chorjou - Turkmanboshi - Boku - Poti (Botumi) bo`lib, bu temir yo`l Turkmanistondan Turkmanboshi bandargoxidan Ozarbayjon Boku bandargoxigacha va keyingi temir yo`l orqali Gruziyaning Poti yoki Botumi bandargoxiga chiqadi. Ushbu yulning uzunligi 2950 km.dir. Hozirgi kunda bu magistralning quvvati bir sutkada 40 juft poezdning o`tishini ta`minlashi mumkin, lekin Turkmanboshi - Boku parromchiligining va Kavkazning siyosiy muammolari tufayli, faqat 40-30 foiz imkoniyat bilan ishlamoqda.
O`zbekiston temir yo`llari qurilishida ishtirok etish bilan bir qatorda, Xitoy va Pokistonga olib boradigan Andijon - O`sh - Ergashtom - Kashkar, shuningdek, Buxoro - Saraks - Mashxad - Texron va Termiz - Xirot - Kandaxor - Karochi avtomobil yo`llarini ko`rish va qayta ta`mirlash ishlariga hissa kushgan holda qatnashishdan ham manfaatdor. Bu yo`llar orqali Hind okeaniga chiqib olish mumkin va EKOga a`zo mamlakatlarga boradigan yulni 3 marta qisqartirish mumkin.
Ushbu kit`alararo magistrallarni vujudga keltirish va ularning texnikaviy holatini mustahkamlash nixoyasiga etgach, O`zbekiston va Markaziy Osiyo mamlakatlarining tashqi iqtisodiy aloqalarini amalga oshirish uchun qulay sharoitlar yaratiladi. Osiyo - Tinch okeani mintaqasi (ATR) mamlakatlaridan, Hindiston va Xitoydan Yaqin Osiyo mamlakatlariga, Turkiyaga, shuningdek, Yevropa mamlakat-lariga tranzit yuk va yulovchilar tashishni kengaytirish uchun qulay imkoniyatlar ochiladi. Bundan tashqari, amalda Buyuk Ipak yo`li yo`nalishlariga mos bo`lgan bunday kommunikatsiyalar orqali dunyoning ko`pgina mamlakatlari bilan muntazam madaniy, sayyohlik va amaliy aloqalarni yo`lga kuysa bo`ladi. Shuningdek, MDH va Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlari uchun jahon bozoriga olib chiqadigan «Janubiy yul», Janubiy, Janubiy-Sharqiy Osiyo va Yaqin Osiyo mamlakatlari uchun esa, Markaziy Osiyo bozoriga olib boradigan «Shimoliy yul» ochiladi. Xalqaro transport va iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish hamda mustahkamlash uchun qulay shart- sharoitlar yaratish maqsadida O`zbekiston hozirning o`zidayoq, bir qator tashkiliy-huquqiy va amaliy chora-tadbirlarni kurmoqda. O`zbekiston o`z manbalari hisobidan hozirgi kunda 2 ta yirik va strategik muhim temir yo`l magistralining uzunligi 342 km. bo`lgan Navoiy - Uchkuduk - Sulton Uvays - Nukus hamda uzunligi 223 km. bo`lgan Guzor - Boysun - Kumkurgon magistrali qurilishini va Angren - Kukon avtomobil yo`lini ta`mirlashni amalga oshirmoqda. Mazkur yo`llar nafaqat tabiiy minerallarning benixoya boy zahiralariga yo`l ochadi, balki respublika ichida transport katnovini arzonlashtirish imkonini beradi hamda dengiz bandargoxlariga va xalqaro transport kommunikatsiyalariga chiqishni ham ta`minlaydi.
O`zbekiston avtomobilda yuk tashish borasida MDP guvoxnomasini kullagan holda xalqaro yuk tashish to`g`risidagi bojxona konventsiyasi xalqaro yuk tashish shartnomasi to`g`risidagi konventsiya, yo`l belgilari va signallari to`g`risidagi konventsiya va yo`l harakati to`g`risidagi konventsiyasini ratifikatsiya qildi.
Fuqaro Aviatsiyasi sohasida bir qancha konventsiyalar ratifikatsiya qilindi. Masalan, havo kemalarini qonunsiz egallab olishga qarshi kurash to`g`risidagi konventsiya, havo kemasi ortida ruy beradigan jinoyatlar va ba`zi xatti-harakatlar to`g`risidagi konventsiya, havo kemalarida xalqaro yuk tashishga doir ba`zi qoidalarni uyg`unlashtirish konventsiyalari ratifikatsiya qilindi.
Hozirgi kunga kelib, aviatsiyada yulovchi va yuklarni xalqaro tashish sohasidagi qo`shma korxonalar sirasiga: «Osiyo Rianta» (Irlandiyaning «Er Rianta interneyshenl» kompaniyasi va Shennon aeroporti bilan birga); «Askon» (Amerikaning «Konkord» korporatsiyasi bilan birga); «Aero Abda» (Malayziyaning «Abdi APR vreyg SND VXL» bilan birga); «Inter servis Kargo» (Birlashgan Arab amirliklari) va boshqalar kiradi. O`zbekistonning avtomobil transportida xalqaro yulovchi va yuk tashuvchilar Uyushmasi («ASMAP») doirasida ham, shunday transport korxonalarini tashkil etish sohasida ham samarali transport siyosatini amalga oshirishga yordam bermoqda. U respublikaning milliy manfaatlari himoya qilinishini ta`minlamoqda.
3. Xalqaro moliya munosabatlari sohasida mutaxassis kadrlarni tayyorlash.
Xalqaro moliya munosabatlariga kadrlar tayyorlash sohasida ham, bir qancha murakkab vazifalar qo`yilgan edi. Bu vazifalarga quyidagilarni kiritish mumkin:
respublikamizda faoliyat yuritayotgan institut va universitetlarning tashqi iqtisodiy munosabatlari, xalqaro marketing va menejment bulimlarida qo`shimcha o`quv-konsalting markazlarini tashkil etish;
universitet va unstitutlarning ukituvchi kadrlarini tayyorlash va malakasini oshirish;
iqtisodiyotning turli sohalarida faoliyat ko`rsatyotagan raxbar xodimlar va mutaxassislarni tashqi iqtisodiy tarkibda ish olib borishlarini ta`minlash, malakasini oshirish;
chet el universitetlarida va kompaniyalarida ukish va amaliyotga borishni tashkil etish va hokazolar.
O`zbekistonda ta`lim sohasida ham juda katta o`zgarishlar ruy berdi. Respublikaning «Ta`lim to`g`risida»gi qonuni qabul qilindi va o`tgan davr mobaynida 300 ta yangi turdagi ta`lim muassasalari ochildi. Respublikada bozor munosabatlarini rivojlantirish, xo`jalik yuritishning ilg`or usullari va ishlab chiqarishni ilmiy-texnikaviy rivojlantirish, tashqi iqtisodiy faoliyat bilan bog`liq bilim sohalari bo`yicha mutaxassislar tayyorlash kengaymoqda.
Tashqi iqtisodiy faoliyatning yangi strategiyasi iqtisodiyotning tarkibiy qismidagi inqirozni yengib o`tish, iqtisodiy taraqqiyot va xalqaro mehnat taqsimotida, jahon savdosida yuqori sifatli mahsulotlar bilan ishtirok etish hamda tashqi iqtisodiy faoliyatni takomillashtirish asosiy vazifalardandir. Buning uchun:
Do'stlaringiz bilan baham: |