10-mavzu: sug‘urtaning rivojlanish tendensiyalari va istiqboli reja


SUG‘URTALOVCHILARNING INVESTITSIYA FAOLIYATI



Download 415,47 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana23.05.2022
Hajmi415,47 Kb.
#606816
1   2   3   4
Bog'liq
10-Mavzu

SUG‘URTALOVCHILARNING INVESTITSIYA FAOLIYATI 


11 
2018 yilda milliy sug‘urta bozoridagi kompaniyalarning investitsiya portfeli hajmi 
o‘tgan yilga nisbatan pasaygan. O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining 
ma’lumotlariga ko‘ra, hisobot davrida kompaniyalar investitsiya portfelining joriy 
hajmi 35,0% ga ortib, 1995,6 mlrd. so‘mga yetdi.
Sug‘urta kompaniyalarning investitsiya faoliyati ularning o‘z mablag‘larining 
o‘sishi bilan, shuningdek, tushumlar hajmi va mos ravishda sug‘urta zaxiralari hajmi 
ortishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Ma’lumki, kompaniyalar investitsiya faoliyatini 
“Sug‘urtalovchilarning sug‘urta zaxiralari to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq 
(15.12.2008 dagi 1882-son bilan ro‘yxatga olingan) amalga oshiradilar, unga ko‘ra 
esa kompaniyaning aktivlarini diversifikatsiya, qaytarishlik, foyda va likvidlik 
tamoyillari asosida joylashtirishni nazarda tutadi. Shu munosabat bilan, 
kompaniyaning investitsiyalari tarkibini tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, ular 
avvalgidek depozit va qimmatli qog‘ozlarni ishonchli investitsiya ob’ektlari deb 
hisoblaydilar. 
2.4-rasm. O‘zbekiston sug‘urtalovchilarining investitsiya hajmi dinamikasi9 
2018 yilga mo‘ljallangan investitsiyalarning aksariyat qismi depozitlarga to‘g‘ri 
keladi. Kompaniyalarning depozitlarga qo‘yilmalari hajmi 54,0% ga ortib, 1034,3 
mlrd. so‘mni tashkil etdi. Qimmatli qog‘ozlarga qo‘yilmalar hajmi 706,6 mlrd. 
so‘mga etdi, bu esa 2017 yildagi ko‘rsatkichdan 10,0 foizga ortiqdir. Natijada jami 
investitsiyalarda depozitlarning ulushi 6,7 foiz punktga o‘sib, 51,8% ni tashkil etdi. 
Qimmatli qog‘ozlarning ulushi 8,0 punktga pasaydi va 35,4% ni tashkil etdi. Bundan 
tashqari, kompaniyalarning ko‘chmas mulk, zayomlar, korxonalarning ustav 
kapitalida ishtirok etish uchun kiritgan investitsiyalari hajmi ham 2017 yildagi 
ko‘rsatkichga nisbatan oshgan. Boshqa yuridik shaxslarning ustav kapitalida ishtirok 
9 Rasm https://www.uzreport.news/economy ma’lumotlari asosida muallif tomonidan ishlangan 


12 
etishi hajmi 2,0 barobar ortib, 125,1 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Zayomlar 44,0% ga 
ortib, 13,9 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Ko‘chmas mulkka kiritilgan mablag‘lar 115,5 
mlrd. so‘mni tashkil etdi, bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan 18,0% ortiq. 
Kompaniyalarning boshqa investitsiyalari 80,0% ga kamaygan va 0,2 mln. so‘mni 
tashkil etgan. 
Umuman olganda, 2018 yilda kompaniyalarning investitsiya portfelida depozitlar 
ulushining sezilarli darajada oshishi va qimmatli qog‘ozlarga kiritilgan 
investitsiyalarning kamayishi kuzatilmoqda. Mazkur o‘zgarishlar kompaniya 
investitsiya portfelining sifat ko‘rsatkichlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatmadi. 
2. Bozor iqtisodiyoti sharoitida milliy sug‘urta bozorida raqobatni rivojlantirish 
istiqbollari
Bozor iqtisodiyoti sharoitida mamlakatimiz rivojlanishining ijtimoiy ustuvor 
yo‘nalishlari fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning 
ishonchli tizimini, mehnatga oid munosabatlarni tartibga solish va aholi turli 
qatlamlarining ijtimoiy himoyasini sug‘urta bozorida huquqiy ta’minlashning 
doirasini yanada kengaytirishni taqozo etmoqda. Sohani rivojlantirish borasida 
amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar, sug‘urta faoliyatiga oid 
qonunchilikning takomillashtirilayotgani aholining sug‘urta kompaniyalariga 
bo‘lgan ishonchini mustahkamlamoqda. Sug‘urta xizmatlarining raqobat bozorini 
yanada rivojlantirish, sug‘urta faoliyatining zamonaviy turlarini takomillashtirish va 
sifatini oshirish, sug‘urtalovchilarning kapitallashuv darajasini ko‘paytirish borasida 
salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, sohani isloh qilish va 
rivojlantirishga qaratilgan ulkan e’tibor natijasida sug‘urta mukofotlari miqdori yil 
sayin ortib bormoqda. 
Sug‘urta xizmatlari bozorini rivojlantirish, aholi keng qatlamlarining va 
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning sug‘urta xizmatlaridan foydalanishini 
rag‘batlantirish maqsadida bir qator engilliklar yaratilgan. Sug‘urta xizmatlari sifati 
haqida gapirganda esa, avvalo, milliy sug‘urtalovchilar tomonidan aholiga 200 dan 
ortiq sug‘urta xizmati taklif etilayotganini aytib o‘tish o‘rinli. Har bir sug‘urta 
kompaniyasi bozor talablari va amaldagi qonunchilikdan kelib chiqqan holda sifatli 
raqobatbardosh xizmat turlarini taklif etishga intilmoqda. Masalan, ayrim sug‘urta 
kompaniyalari 
sug‘urta qoplamalarini to‘lash muddatlarini qisqartirish, 
mijozlarning da’volarini sifatli ko‘rib chiqishini ta’minlash maqsadida 
sug‘urtalanuvchilarga texnik, yuridik va tibbiy assistans xizmatlarini taklif etmoqda.
Sug‘urta mexanizmlarining iqtisodiyotdagi imkoniyatlaridan to‘liq va 
samarali foydalanish maqsadida sohaga oid qonunchilik takomillashtirilmoqda. 
Natijada sug‘urta xizmatlarining raqobat bozori yanada takomillashtirilib, tarmoqlar 


13 
rivojlantirilmoqda. Muhimi, aholining keng qatlami sug‘urta xizmatlari bilan 
ta’minlanmoqda. Sug‘urtaning majburiy tartibda kiritilishi, bir tomondan, sohaning 
eng asosiy muammolaridan biri bo‘lgan aholi sug‘urta madaniyatining ko‘tarilishiga 
xizmat qilsa, ikkinchi tomondan, etkazilgan zararning sug‘urta mexanizmi orqali 
kafolatli qoplanish tizimini yaratadi. Natijada jabrlanuvchilarga to‘lanadigan 
sug‘urta qoplamalarining hajmi keskin oshadi, bu esa aholi ijtimoiy himoyasining 
yanada mustahkamlanishiga xizmat qiladi. 
Juda qisqa vaqt ichida mamlakatimizda sug’urta iqtisodiyotning muhim qismiga 
aylandi. Shuni aytish kerakki, bugungi kunda sug’urta bozorida sug’urta 
munosabatlarining qonuniy, huquqiy bazasi yaratilgan. Milliy sug’urta xizmatlari 
bozori qisqa muddat ichida, g’arb sug’urtalovchilarida bosqichma-bosqich bir necha 
ming yillarda liberizatsiyalashgan va rivojlangan. Buning natijasida esa sug’urta 
xizmatlari turlarining iqtisodiyotda qo’llanilishi, rivojlanishi kuzatildi va sug’urta 
xizmatlari bozorida ishtirok etishini davlat tomonidan nazoratini olib borish tizimi 
yaratildi. 
Bugungi kunda “Sug’urta xizmatlari bozorini rivojlantirish va isloh qilish chora-
tadbirlari to’g’risida”gi 2007 yil 10 apreldagi Qarorga asosan birinchi galdagi vazifa 
etib sug’urta xizmatlari bozorida raqobatni oshirish, zamonaviy sug’urta xizmatlari 
turlarini, ularning sifatini, sug’urtalovchilarning iqtisodiy zahirasini oshirish, 
avtomatlashtirilgan tizimni kengaytirish hamda sug’urtani nazorat qilish 
mexanizmini yaratish yuklatilgan. Sug’urta sohasidagi qonunlar va qonun osti 
hujjatlarga asosan O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining “2007-2010 
yillarda sug’urta xizmatlari bozorini rivojlantirish va isloh qilish” to‘g‘risidagi 
qarori bo’yicha dastur ishlab chiqildi. Bunga asosan ustav kapitalini oshirish, 
sug’urta xizmatlari sifatini kengaytirish, eksport-import operatsiyalari, uzoq 
muddatli hayot sug’urtasi, jamg’ariladigan sug’urta turini rivojlantirish maqsad qilib 
qo’yilgan. 
Shuni ta’kidlash zarurki, sug’urta xizmatlari bozorini rivojlantirishda yuridik va 
jismoniy shaxslarni sug’urtalash qaror bo’yicha belgilangan, unga ko’ra mulkiy 
sug’urta hamda uzoq muddatli hayot sug’urtasi bo’yicha yuridik hamda jismoniy 
shaxslar to’laydigan sug’urta mukofotlari summasi soliqqa tortilmaydi. Bu uzoq 
muddatli hayot sug’urtasini rivojlantirishda, uzoq muddatli investitsiyalarni 
yo’naltirishda uzoq muddatli hayot sug’urtasi mexanizmi bo’yicha amalga 
oshiriladi. Hayot sug’urtasi bizning mamlakatimizda hali unchalik o’rin 
egallamagan, ammo Yevropada sug’urtaning bu turi aholi orasida juda mashhur va 
mustahkam pog’onaga egadir.
Bugungi kunda sug’urta munosabati ishtirokchilarining sug’urta madaniyati 
va moliyaviy savodini oshirish muhim vazifa hisoblanmoqda. Sug’urta xizmatlari 
iste’molchilarini sug’urta tashkilotlarining moliyaviy ahvoli, ular tomonidan taqdim 


14 
etiladigan xizmatlar to’g’risidagi to’liq va to’g’ri ma’lumot bilan ta’minlash, 
aholining sug’urtaga ishonchini oshirish maqsadida: 
- sug’urtalovchilar bo’yicha birlashtirilgan bazani yaratish; 
- sug’urta qoidalarini, sug’urta tariflari bo’yicha ma’lumotlar, sug’urta 
shartnomalarini tuzish va sug’urta to’lovlarini amalga oshirish tartibi bo’yicha 
tushuntirishlarni, sug’urtalovchilarning reytinglarini chop etishning majburiy 
qoidasini joriy etish; 
- kadrlar tayyorlash va sug’urtalovchilar malakasini oshirish tizimini rivojlantirish. 
Kadrlar tayyorlash va sug’urtalovchilar malakasini oshirishning rivojlangan tizimi 
mavjud emasligi ko’rsatilayotgan sug’urta xizmatlarining sifatida o’z aksini topadi. 
Gumanitar yo’nalishdagi oliy va o’rta maxsus ta’lim muassasalarida sug’urta 
tashkilotlari uchun kadrlar tayyorlash tizimini shakllantirish zarur. Bunda alohida 
e’tibor o’quv muassasalarining malakali professor-o’qituvchilar tarkibining 
shakllantirilishiga qaratilishi muhim. Ushbu maqsadda sug’urta mavzusidagi ilmiy-
amaliy anjumanlarni, sotsiologik tadqiqotlarni, dissertatsiya ishlarini tayyorlashni 
tashkil qilish zarur. Kadrlar tayyorlash va sug’urtalovchilar malakasini oshirish sifati 
sug’urtaning nazariyasi va amaliyotini ochib beruvchi o’quv-uslubiy va ilmiy 
adabiyotlarni yaratish bilan chambarchas bog’langan. Sug’urta tashkilotlarining 
rahbarlari va mutaxassislarini sug’urta faoliyatining turli masalalari bo’yicha 
malakalarini oshiruvchi doimiy seminarlar, chet el sug’urta kompaniyalarida 
stajirovkalar o’tkazilishi amaliyotni saqlab qolish va yanada rivojlantirish uchun 
xizmat qiladi.
Sug’urta tashkilotlari faoliyati to’g’risida potentsial sug’urtalanuvchilarning 
xabardorligini oshirish, korxona va tashkilotlar rahbarlari, aholining sug’urta 
madaniyati darajasini tobora oshirish sug’urta tizimida moliyaviy mablag’lar hajmi 
oshishiga hamda fuqarolar va yuridik shaxslarning keng doirasiga sug’urta 
himoyasini taqdim etishga ko’maklashadi. Sug’urta kompaniyalarining 
O’zbekistondagi qulay investitsiya muhitini shakllantirish jarayonlarida faol 
ishtiroki, taqdim etilayotgan sug’urta xizmatlarining sifati oshishiga e’tibor 
qaratilishi muhimdir. 
Sug’urta bozori ishtirokchilariga qo’yiladigan muhim talab – bu uning 
oydinligidir. Potentsial mijoz biror-bir sug’urta xizmatini tanlashdan oldin 
kompaniyaning ishonchliligi va likvidligi, to’lovga layoqatliligi darajasi, 
faoliyatning yo’naltirilganligi va boshqalar to’g’risidagi katta hajmdagi axborotga 
ega bo’lishi kerak. Bu erda mijoz uchun kompaniyani tanlashda, kompaniyaga 
ishonchda va keyinchalik u bilan munosabatlarni qurishda aniqlovchi bo’lgan 
sug’urta kompaniyasi faoliyatining ko’rsatkichlari to’g’risida so’z bormoqda.
Sug’urta kompaniyalari tomonidan reklama sohasiga unchalik e’tibor 
berilmayotganligi. Reklama darajasining pastligi ham respublikamiz sug’urta 


15 
bozorida yaqqol ko’zga tashlanadi. Sug’urta bozorini rivojlantirishda sug’urta 
kompaniyalari muhim rol o’ynaydi, ularni sug’urta bozorida namoyon qilishda esa, 
reklama katta ahamiyatga ega. Reklama qanchalik sifatli va o’ziga jalb qila olish 
xususiyatiga ega bo’lsa, mijozlarni jalb qilish ham shunchalik darajada samarali 
bo’ladi, reklama raqobatni ham keltirib chiqaradi. O’z-o’zidan kelib chiqadiki, 
raqobat bor joyda rivojlanish ham bo’ladi, shuning uchun reklamaga e’tiborni 
kuchaytirish zarur. Xususan televidinie, radio, gazeta va jurnallarda, shahrimiz 
ko’chalarida afishalar qo’yish yo’llari bilan. Albatta bu reklama turlari juda katta 
xarajatni talab qiladi, ammo qachondir ushbu ishlarni amalga oshirish kerak. Chunki 
bu sug’urta sohasining jamiyat ongiga biroz bo’lsa ham kirib borishiga ta’sir 
etmasdan qolmaydi. Sug’urtalovchi uchun o’zining saytini yaratish yoki 
hamkorlarining saytlarida o’zi haqida ma’lumotlarni berishdan maqsad sug’urta 
xizmatlari savdosini rag’batlantirishdir. Sug’urta xizmatlaridan keladigan foydani 
oshirish uchun sug’urta komapaniyalari quyidagilardan: 
- sug’urta kompaniyasining axborot berish xususiyatiga ega saytlaridan; 
- sug’urta kompaniyasining virtual ofisi hisoblanuvchi saytlardan; 
- bir necha sug’urta kompaniyalari xizmatlarini bir vaqtning o’zida taklif qilish 
imkoniyatini beruvchi sug’urta portallaridan foydalanadilar. 
Xizmatlarini bozorga olib chiqishdan manfaatdor sug’urta kompaniyalari
ma’lumotlarni o’z internet sahifalarida joylashtiradilar. Bunda kompaniya faoliyati, 
vakolatxonalari, faoliyatiga daxldor ma’lumotlarni hamda boshqa marketing va 
reklama ma’lumotlarini berishi mumkin. Barcha joylashtirilgan ma’lumotlar faqat 
ma’lumot berish xususiyatiga ega bo’lib, sug’urta xizmatlarni bozorga olib 
chiqishning dastlabki bosqichida mijozlarni jalb qilishda foyda beradi. 
Sug’urta kompaniyasining sayti virtual ofisga aylanishi uchun sayt quyidagilarni, 
ya’ni: 
- tanlangan sug’urta turi va to’ldirilgan arizaga ko’ra sug’urta polisiga buyurtma 
berish, rasmiylashtirish va sotishni o’z ichiga olishi; 
- sug’urtalanuvchi uchun yig’ilgan sug’urta mukofotlari va to’langan sug’urta 
qoplamalari haqidagi ma’lumotlarni o’zida aks ettirishi zarur.
Agar sug’urta kompaniyasining sayti yuqoridagi talabga javob bersa, uni to’laqonli 
virtual ofis deyish mumkin. Internet vakolatxonaga tashrif buyurgan har bir mijoz 
o’zini tizimda ro’yxatdan o’tkazishi lozim, shundan so’ng u sug’urta mukofotini 
hisoblash uchun arizani zarur ma’lumotlar bilan to’ldiradi hamda mijoz o’ziga mos 
to’lov turini tanlaydi, bu plastik kartochka orqali, naqd yoki naqd pulsiz shakllarda 
amalga oshirilishi mumkin. Bundan tashqari mijoz polisni qanday olish usulini ham 
tanlaydi, bu vositachi orqali yoki bevosita kompaniyaning ofisida bo’lishi mumkin. 
Shunday modelga asoslangan saytlar sug’urta xizmatlarni sotishda yaxshi samara 
beradi, deb hisoblaymiz. 


16 
Sotish hajmini oshirish va yangi mijozlarni jalb qilish maqsadida sug’urta 
kompaniyalari o’z takliflarini yirik sug’urta kompaniyalari ma’lumotlarini o’zida 
mujassamlashtirgan portallarda joylashtirishlari mumkin. Portalga kirgan mijoz turli 
sug’urta kompaniyalari tomonidan taklif qilinayotgan aynan bir turdagi sug’urta 
xizmatlari narxini solishtirishi, u yoki bu turdagi sug’urta xizmatlari tarkibiga yana 
qanday qo’shimcha xizmatlar kiritilganligidan xabardor bo’lishlari mumkin bo’ladi. 
Bunday portal savdo ishtirokchilarini on-line tizimda sug’urta polisini sotib olish 
mumkin bo’lgan yagona virtual sug’urta tizimiga birlashtiradi. Bitta portalda turli 
kompaniyalar xizmatlari taklif qilinadi. Odatda portalga tashrif buyurgan mijozga, 
avvalo, o’ziga kerakli sug’urta dasturini tanlash taklif qilinadi, shundan so’ng 
sug’urta kompaniyasi tanlanadi. Shuningdek bitta virtual maydonda bir vaqtning 
o’zida bir nechta sug’urtalovchilarning bir turdagi sug’urta xizmatlarini taklif 
qilishlari orqali sug’urtalanuvchiga tanlash imkoniyati beriladi. Portalning axborot 
tizimi avtomatik tarzda sug’urta mukofotlarini hisoblab, sug’urtalanuvchiga turli 
kompaniyalarda sug’urtalash bo’yicha variantlarni taklif qiladi. Sug’urta portallari 
modeli ommaviy standart hisoblanuvchi risklardan sug’urtalashga juda qulaydir. 
Sug‘urta bozoridagi raqobatda qatnashish juda qiyin, shunday ekan sug‘urta 
kompaniyalari mijozlarni jalb qilish uchun birmuncha qulayliklarni ham yaratishlari 
zarur hisoblanadi. Jumladan, potentsial sug’urtalanuvchining sug’urtalanuvchiga 
aylanishidan maqsad uning ma’lum xavf-xatar turini sezayotgani va kelajakdagi 
xarajatlardan himoyalanishi hisoblanadi. Demak, sug’urta kompaniyalarining 
zimmasiga katta mas’uliyat yuklanmoqda, ya’ni mijozi bilan sodir bo’lgan 
hodisaning oqibatlarini moliyaviy ko’mak bergan holda bartaraf etish kerak, bu esa 
mijozning sug’urta qoplamasini olish bo’yicha da’vosining ijobiy qondirilishini 
anglatadi. Sug’urta da’volarini ko’rib chiqishning optimal variantlarini ishlab 
chiqish zarur, jumladan har bir hodisa bo’yicha kichik hajmdagi sug’urta 
qoplamalarini (masalan, 500 ming so’mgacha) hech qanday hujjatlarni talab 
etmasdan faqat adjasterning dalolatnomasi asosida to’lovni yo’lga qo’yishni taklif 
qilamiz. Bu o’z-o’zidan jarayon tezlashishini, asosiysi esa aholining sohaga bo’lgan 
mavhum va shubhali qarashlari barham topishini ta’minlaydi, pirovard natijada 
sug’urta operatsiyalarining samaradorligiga erishiladi, mamlakat iqtisodiyoti 
ravnaqi uchun muhim dastak hisoblanmish sug’urta sohasi barqaror rivojlanadi.
Mamlakat sug’urta bozorida keng turdagi majburiy sug’urta turlarini joriy 
etish zarur. Mamlakatimiz aholisining ko’p qismi majburiy sug’urta bo’yicha 
undiriladigan sug’urta mukofotlariga soliq yig’imlari sifatida qaraydilar va unga 
tenglashtiradilar, ammo bu mutlaqo noto’g’riligini ularga tushuntirish zarur. Chunki 
soliq yig’imlari davlat byudjetiga yo’naltiriladi va u fuqarolarning manfaatlari uchun 
xizmat qilmaydi, majburiy sug’urta bo’yicha to’lanadigan sug’urta mukofotlari esa 
mijozlar zarar ko’rganda bir necha barobar miqdorida ularga qaytariladi. Shuni 


17 
unutmaslik kerakki, majburiy sug’urtani joriy qilishdan maqsad aholini ijtimoiy 
muhofaza qilish, ularni turli kutilmagan xarajatlardan moliyaviy jihatdan himoya 
qilish, eng asosiysi esa majburiy ravishda sug’urta shartnomasini tuzgan holda 
mijozlarga sug’urtaning afzalligini, uning zarurligini anglatish va ularda sug’urta 
sohasiga ishonchlilikni shakllantirish hisoblanadi.
O‘zbekiston sug‘urta bozorida qaror topgan raqobat muhitini cheklashga qaratilgan 
sug‘urtalovchilarning xatti-harakatlaridan biri mijozlarni jalb etish maqsadida 
asossiz ravishda demping narxlarni qo‘llash hisoblanadi. Demping narxlarni, ya’ni 
sug‘urta xizmatlariga belgilangan narxni uning haqiqiy tannarxidan ham past 
o‘rnatish orqali mijozlarni jalb etish insofsiz raqobat sirasiga kiradi. Bunga yo‘l 
qo‘yib bo‘lmaydi. Aslida sug‘urta bozoridagi narxlarni unifikatsiyalash zarur, ya’ni 
bir turdagi xizmatning narxini xuddi shu yo‘nalishda faoliyat yuritadigan 
tashkilotlarda bir xillashtirish maqsadga muvofiq. Potensial sug‘urtalanuvchilarni 
sug‘urta xizmatining past narxi bilan emas, uning sifati va servis holatlarining 
qulayligi bilan jalb etish muhimdir. Sug‘urta tashkilotlarining demping narxlardan 
foydalangan holda sug‘urta portfelini shakllantirishi oqibatda to‘lovga layoqatlilikni 
sekin-asta yo‘qotib borishiga, pirovardida sug‘urtalanuvchilarning ishonchsizligi va 
raqobat bozoridan chiqib ketishiga olib keladi. Sug‘urta xizmatlarining tannarxini 
belgilash aktuariylarning funksional vazifasi hisoblanadi va bu me’yorga amal qilish 
yetarlicha zahira fondlarini shakllantirish va marketing tadqiqotlariin olib borish 
imkoniyatlarini yaratadi.
Mamlakatimizda sug‘urta bozorining tubdan isloh qilinib, izchil 
rivojlantirilishi aholining sug‘urtaga bo‘lgan qiziqishi ortishi va sug‘urta madaniyati 
yuksalishida muhim omil bo‘lmoqda. Ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan majburiy 
sug‘urta turlari joriy qilinayotgan bu boradagi ishlarni yangi bosqichga ko‘taradi va 
sug‘urta tashkilotlarining kapitallashuv darajasini yanada oshiradi. Bu iqtisodiyotga 
kiritiladigan investitsiyalar hajmi va miqdori ko‘payishiga, pirovardida xalqimiz 
farovonligiga xizmat qiladi.

Download 415,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish