Moliyaviy oqimlar va ularni boshqarish
Moliyaviy oqimlar va ularni boshqarish
Korxonalarning jamg'armalari, daromadlari hamda markazlash
tirilgan va markazlashtirilmagan moliyaviy resurslar fondlarini
shakllantirish va ulardan foydalanish jarayonidagi pul mablag'lari
ning miqdoriy va sifat jihatidan harakatiga aytiladi.
MOLIYAVIY OQIMLAR
DEB
Moliyaviy oqimlaming hajmi ular asosida shakllanishi lozim bo'lgan
moliyaviy resurslar fondiarining o'lchamiga bog'liq.
Mamlakatning
iqtisodiy qudrati qancha kuchli bo'lsa, uning o'sishiga xizmat
qiluvchi moliyaviy resurslar fondi va moliyaviy oqimlar hajmi
shuncha katta bo'ladi.
Moliyaviy oqimlaming sifat jihatdan tavsifnomasi ular shakllantiruvchi moliyaviy resurslar fondining nimaga mo'ljallanganligi bilan bevosita bog'liq. Masalan, soliqli moliyaviy oqim bilan korxonaning tushumini shakllantiruvchi moliyaviy oqim sifat jihatidan bir-biridan
farqlanadi. Shuning uchun ham ularni boshqarish metodlari ham turlichadir.
O'z sifat mazmuniga ko'ra quyidagilarni farqlash maqsadga muvofiq
byudjetli-soliqli moliyaviy oqimlar — barcha darajalardagi
byudjetlarning mablag'larini shakllantirish va ulardan foydalanish
jarayonida vujudga keladi
tijorat moliyaviy oqimlari — tadbirkorlik xo'jalik sub’ektlari
tomonidan amalga oshiriladi
byudjetdan tashqari moliyaviy oqimlar — notijorat tashkilotlari
fondlarini shakllantiradi
Moliyaviy oqimlarni boshqarish funksiyalari quyidagilardan iborat:
Qonunchilik - Oliy Majlisning vakolatida
Nazoratchilik - Hisob palatasi va
mamlakatning boshqa nazorat organlari tomonidan amalga oshiriladi
Boshqaruvchanlik Korxona va korporatsiyalar, banklar, soliq
organlari, G'aznachilik apparati va Moliya vaziriigining hisob-kitob kassa va boshqa xizmatlari vakolatida
Nazorat kuzatuv -Korxonalarning moliyaviy jihatdan kasodga
uchraganligigi to'g'risidagi ishlarni ko'radigan va bu holda moliyaviy oqimlar ustidan nazoratni amalga oshiruvchi arbitrajlik sudlari
tomonidan bajariladi.
Agar moliyaviy oqimlar moliyaviy resurslar aylanishi qonuniyat-
lariga muvofiq ravishda, ko'zda tutilgan tartibda va rejada aks
ettirilgan hajmda, ishlab chiqarish va ijtimoiy vazifalarni samarali
yechish uchun zarur bo'lgan tarzda va takror ishlab chiqarish siklini
pul mablag'lari bilan to'liq ta’minlash tarzida amal qilsa, bularning
barchasi, moliyaviy oqimlaming samarah ekanligidan dalolat beradi.
Moliyaviy oqimlaming samaradorligi pul mablag'larining yetarli
b o'lm agan hajmda va o 'z vaqtida tushmaganligida pasayadi.
Moliyaviy oqimlar me’yori buzilishi resurslarning doiraviy aylanishi
va daromadlar olinishida uzilishlar chiqishiga, moliyaviy-iqtisodiy
faoliyatda keskin yo'qotmalarga sabab bo'ladi.
http://fayllar.org
Do'stlaringiz bilan baham: |