4-Mavzu: Moliyaviy tizim va moliyaviy oqimlar.
Reja.
1.Zamonaviy(amaliy) moliyaviy tizim: tarifi, mazmun-mohiyati.
2. Zamonaviy(amaliy) moliyaviy oqimlarning ahamiyati.
Jarayonida turli pul fondlari(dan) shakllanadigan va foydalaniladigan moliyaviy munosabatlar turli sohalarining majmuiga moliya tizimi deyiladi. Unga boshqacha ham tahrif berish mumkin: davlat va korxonalarning pul fondlarini shakllantirish, taqsimlash va foydalanish borasidagi shakl va metodlar tizimiga moliya tizimi deyiladi. “Moliya tizimi” tushunchasi keng mahnodagi “moliya” tushunchasining taraqqiyoti natijasidir.Mamlakatda bozor islohotlarining amalga oshirilishi va printsipial jihatdan butunlay yangi bo‘lgan iqtisodiy va moliyaviy siyosatning hayotga tadbiq etilishi moliya tizimining sohalari va bo‘g‘inlariga nisbatan obhektiv ravishda yangicha yondashuvni taqazo etdi.
Korporatsiyalar faoliyatini tadqiq qiladigan olimlar bahzida boshqaruv xodimlarining asosiy vazifasi firma foydasini maksimallashtirishdan iborat, degan fikrni bildiradilar. Mahlum sharoitda aktsiyadorlarning foydasini ham, boyligini ham imkon qadar ko‘paytirishdan maqsad bir xil moliyaviy qarorlarning qabul qilinishini taqozo etadi.
Odatda, firma foydasini ko‘paytirish uchun mutaxassislar ikkita eng muhim muammoga bilan duch keladilar. Bu muammolarning sababi esa vaqt va ehtimoliy mezonlarning noaniqligidadir:
-agar ishlab chiqarish jarayoni bir necha vaqt oralig‘idan iborat bo‘lsa, u
holda aynan qaysi vaqt oralig‘ida foyda maksimallashtirilishi kerak?
-agar daromad va xarajatlar – noaniq ko‘rsatkichlar bo‘lsa, u holda, foydaning o‘zi ehtimollik qiymati bo‘lgan taqdirda “foydani maksimal-lashtirish” tushunchasining mahnosi nimada?
Endi keling, foydani maksimallashtirish mezonlari bilan bog‘liq bo‘lgan shu ikkala muammoni ko‘rib chiqamiz. Birinchi muammo foydani ishlab chiqarish jarayonining davomiyligi bilan bog‘lashdan iborat.
Faraz qilaylik, firma ikkita loyihadan birini tanlashi kerak.
Ikkala loyihani amalga oshirishni boshlash uchun 100,0 million so‘m miqdorida xarajat qilish kerak. Ammo ikkinchi loyihaning uzoqroq davom etishi ko‘zda tutilgan. “A” loyihaning bir yildan keyin 105,0 million so‘m miqdorida daromad keltirishi mo‘ljallangan va shundan keyin u yopiladi. SHunday qilib, undan ko‘riladigan foyda 5,0 million so‘mni tashkil etadi (105,0 mln. so‘m – 100,0 mln. so‘m). “B” loyiha esa 2 yil davom etishi kerak va birinchi yili hech qanday daromad keltirmaydi, ikki yil o‘tgach esa loyihadan olingan foyda 10,0 mln. so‘mni tashkil etadi. SHunday qilib, tabiiy savol tug‘iladi: mazkur vaziyatda foydani maksimallashtirish mezoni qanday qilib qo‘llanilishi mumkin?
Bunda, foydani maksimallashtirish mezonlaridan noaniq vaziyatda foydalanish murakkabligi nimadan iboratligini ko‘rib chiqamiz. Faraz qiling, Siz firma menejerisiz. Firma ikkita investitsion loyihadan bittasini tanlashi lozim.
Loyihalarni amalga oshirish uchun 100,0 million so‘m miqdorida xarajat talab etiladi va sarflangan kapital(sarmoya) mahlum vaqt o‘tgach, o‘zini qoplashi kerak.
Xuddi yuqorida keltirilgan misoldagi singari “A” loyiha 105,0 million so‘m miqdorida kafolatlangan daromad keltiradi, yahni aniq aytish mumkinki, “A” loyiha bo‘yicha foyda 5,0 million so‘mni (105,0 mln. so‘m – 100,0 mln. so‘m) tashkil etadi.
“V” loyiha bo‘yicha foyda miqdori aniq emas – ushbu loyiha bo‘yicha olinadigan daromad 120,0 million so‘m yoki 90,0 million so‘m bo‘lishi mumkin va har ikkala variantning amalga oshish ehtimoli 0,5 ga teng. SHunday qilib, “V” loyiha firmaga yoki 20,0 million so‘m miqdorida foyda keltiradi yoki firma 10,0 mln. so‘m yo‘qotadi. Mazkur kontektda “foydani maksimal darajada oshiradigan loyiha” degan tavsiya nimani anglatishi mumkin?
Foyda ko‘rsatkichlaridan farqli o‘laroq, aktsiyadorlik kapitalining joriy bozor qiymatini aniq hisoblab chiqish mumkin(masalan, IBM korporatsiyasining kelgusi daromadi – noaniq ko‘rsatkich, unga tegishli bo‘lgan aktsiyalarning joriy bahosi esa bizga mahlum).
Demak, foydani maksimallashtirish qoidasidan farqli o‘laroq, aktsiyadorlar boyligini maksimallashtirish qoidasi firmaning bo‘lajak xarajatlari va daromadlari noaniqligi sharoitida menejerlarning asosiy vazifalarini aniq belgilab beradi.
4-nazorat uchun savol:
Nima uchun korporatsiya menejerlari foydani maksimallashtirish qoidasiga emas, balki aktsiyadorlar boyligini maksimallashtirish qoidasiga rioya qilishlari kerak?
5-nazorat uchun savol.
Samarali faoliyat yurituvchi mavjud fond bozori qanday qilib firmaga mulkka egalik huquqini uni boshqarishdan ajratishga yordam beradi?
Korporatsiyalarning moliyaviy rahbarlarini birlashtiruvchi ko‘ngilli tashkilot bo‘lgan “Moliyaviy rahbarlar instituti” bu kasbga juda keng tahrif beradi. Unga muvofiq quyida keltirilgan funktsiyalardan hech bo‘lmasa bittasini bajarish vakolatini o‘z zimmasiga olgan kishi moliyaviy rahbar hisoblanadi:
Korporatsiyada moliyaviy rahbarning funktsiyalari.
1. Rejalashtirish.
Umumiy boshqaruvning ajralmas qismi hisoblangan moliyaviy operatsiyalarni boshqarish rejasini ishlab chiqish, muvofiqlashtirish va amalga oshirish. SHu kabi rejani biznes ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqish quyidagi elementlarni o‘z ichiga oladi:
a) uzoq va qisqa muddatli moliyaviy va korporativ rejalarni tuzish;
b) kapital qo‘yilmalar yoki joriy operatsiyalar smetasini tuzish;
v) sotuv hajmini bashorat qilish (prognozlash);
g) firma faoliyati samaradorligini baholash;
d) baholarni shakllantirish siyosatini ishlab chiqish;
e) firmaga iqtisodiy baho berish;
j) boshqa firmalar qanday “yutib yuborilganini” tahlil qilish va o‘z
bo‘linmalarini amalga oshirish (realizatsiya qilish).
2. Kapital bilan tahminlash.
Biznesni muvaffaqiyatli olib borish uchun zarur kapital bilan tahminlash dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish.
3. Pul fondlarini boshqarish.
a) pul mablag‘larini boshqarish;
b) zarur bank xizmati bilan tahminlash;
v) kompaniyaning pul mablag‘lari va qimmatli qog‘ozlarini olish, saqlash va sarflash;
g) kredit va inkassatsiyalarni boshqarish;
d) pensiya fondlarini boshqarish;
e) investitsiyalarni boshqarish;
j) g‘aznachilik majburiyatlarini bajarish.
4. Buxgalteriya hisobi.
a) buxgalteriya hisobini olib borish,hisob siyosatini ishlab chiqish;
b) firmaning buxgalteriya hisoboti uchun mahlumotlar to‘plash va hisobot tuzish;
v) resurslarni sarflash mehyorlarini ishlab chiqish;
g) ichki auditorlik tekshiruvlari o‘tkazish;
d) buxgalteriya tizimlari va tartibini ishlab chiqish;
e) davlat organlariga topshiriladigan hisobotlar;
j) boshqaruv xodimlariga hisobot berish va moliyaviy operatsiyalar
natijalarini tushuntirish;
z) firma ishi samaradorligining haqiqiy ko‘rsatkichlarini joriy
moliyaviy rejalar va standartlar ko‘rsatkichlari bilan taqqoslash.
5. Korporatsiya aktivlarini himoya qilish.
a) zarur sug‘urta shartnomalarini tuzish;
b) ichki nazorat va audit yordamida ishlab chiqarish aktivlarining himoyalanishini tahminlash va firmani zararlardan himoya qilish;
v) ko‘chmas mulkni boshqarish;
6. Soliqlarni boshqarish.
a) soliq siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish;
b) soliq organlari bilan aloqalar;
v) soliq hisobotlarini tayyorlash;
g) soliqlarni rejalashtirish.
7. Investorlar bilan o‘zaro munosabatlar.
a) investorlar bilan aloqa o‘rnatish va ushlab turish;
b) kompaniya aktsiyadorlariga axborot yetkazish tizimini yo‘lga qo‘yish va ushlab turish;
v) moliyaviy tahlilchilar tavsiyalarini va umumiy tusga ega moliyaviy
axborotlarni olish;
8. Baholash va konsalting.
a) moliyaviy siyosat, moliyaviy operatsiyalar masalalari hamda asosiy maqsadlar va ish qay darajada samaradorligini aniqlash bo‘yicha korpo-ratsiyaning boshqa rahbarlari bilan maslahatlashish va ularning tavsiya-larini olish.
9. Boshqaruvning axborot tizimlari.
a) mahlumotlarni elektron qayta ishlash vositalarini yaratish va ulardan foydalanish;
b) boshqaruvning axborot tizimlarini yaratish va ulardan foydalanish;
v) tegishli tizim va tartiblar yaratish va ulardan foydalanish.
Moliya bo‘limining tashkiliy tuzilmasi va firmaning boshqa bo‘limlari bilan o‘zaro aloqalari turli firmalarda turlicha bo‘lishi mumkin.
Quyida zamonaviy yirik korporatsiyaning namunaviy tashkiliy tuzilmasi ko‘rsatilgan.
1.Direktorlar kengashi.
Ijrochi direktor.
A) Ishlab chiqarish bo‘yicha vitse-prezident.
B) Moliya bo‘yicha bosh boshqaruvchi (birinchi vitse-prezident)
V) Marketing bo‘yicha vitse-prezident.
Moliya bo‘yicha bosh boshqaruvchi (birinchi vitse-prezident)
A) G‘aznachilik.
B) Moliyaviy rejalashtirish bo‘limi
V) Buxgalteriya.
1.Moliyaviy tizim.
Moliyaviy tizimga, yo‘l-yo‘lakay, “Moliyaviy bitimlar tuzish, aktivlar va riskni almashishda foydalaniladigan bozorlar va boshqa institutlar majmuiga moliyaviy tizim deyiladi”, - deb tahrif berish mumkin.
Moliyaviy tizim moliyaviy xizmatlar ko‘rsatuvchi bozorlar, vositachilar va firmalar hamda uy xo‘jaliklari, xususiy kompaniyalar va hukumat tashkilotlari o‘zlari tomonidan qabul qilinayotgan moliyaviy qarorlarni ular yordamida amalga oshiradigan boshqa institutlarni o‘z ichiga oladi. Ushbuni chizmali tarzda quyidagicha tasavvur qilish mumkin.
Ayrim hollarda bozor aniq moliyaviy vositalar bilan ishlashi uchun mahlum bir joyda joylashgan bo‘ladi. Bu, masalan, Nyu-York fond birjasiga yoki fyuchers va opsionlarning Osaka birjasiga, shuningdek, “Toshkent” fond birjasiga va boshqalarga tegishli.
Moliyaviy tizim.
Moliyaviy xizmatlar taqdim etuvchi.
1.Bozorlar.
2.Vositachilar.
3.Firmalar.
4. Boshqa institutlar.
Ularni qamrab oladiki, ular yordamida.
1.uy xo‘jaliklari.
2.Xususiy korxonalar.
3.Davlat tashkilotlari.
Xususiy korxonalar.
2. Zamonaviy(amaliy) moliyaviy oqimlarning ahamiyati.
Resurslarning moliyaviy resurslari ortiqcha bo‘lgan iqtisodiy subhektlar dan moliyaviy resurslari defitsit bo‘lgan iqtisodiy subhektlarga oqib o‘tishiga moliyaviy oqim deyiladi. Moliyaviy oqimlarsiz moliyaviy tizimni tasavvur etib bo‘lmaydi. Ularsiz moliyaviy tizim “bo‘sh”ligicha qolaveradi. Moliyaviy oqimlar bo‘lmasa, moliyaviy tizimga ham hojat yo‘q. Bunday vaziyatda u “bir tiyinga qimmat” narsaga aylanadi-qoladi. Unga ko‘ra moliyaviy mablag‘lar moliyaviy tizim tuzilmalarining turli elementlari orqali moliyaviy mablag‘lari ortiq bo‘lgan kompaniyalardan mablag‘ defitsiti kuzatilayotgan kompaniyalarga oqib o‘tadi.
Masalan, ahzolari o‘z joriy daromadlarining bir qismini undan kelajakda pensiya tahminoti sifatida foydalanish maqsadida to‘plagan(jamg‘argan) bir oila erkin moliyaviy mablag‘larga egalik qiladi. Yangi uy sotib olmoqchi bo‘lgan boshqa oila esa, shunday mablag‘ga muhtojlik sezadi.
Investitsion loyihalarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan moliyaviy resurslarda ehtiyojlaridan daromadlari ko‘proq firmalarni ortiq mablag‘ga ega bo‘lgan subhektlar deb ataydilar; kelgusidagi sarmoyalar uchun resursi yetishmaydigan firmalar resurslari defitsit bo‘lgan subhektlar deb ataladi.
Bozorlar
Moliyaviy resurslari ortiqcha bo‘lgan iqtisodiy sub’ektlar
Moliyaviy resurslari defitsit bo‘lgan iqtisodiy sub’ektlar
Moliyaviy vositachilar
Ko‘rinib turibdiki, ayrim moliyaviy oqimlar bir iqtisodiy subhektlardan(ortiq mablag‘larga ega) boshqa (defitsit) subhektlarga moliyaviy vositachilar orqali yo‘naltirilgan, masalan, banklar orqali amalga oshiriladi. Ayni paytda boshqa moliyaviy oqimlar ushbu vositachilar xizmatidan foydalanmagan holda ham, yahni moliyaviy bozorlar orqali ko‘chib o‘tadilar.
Dunyo moliyaviy oqimlari haqida fikr yuritganda albatta dunyo moliya markazlarini aytib o‘tish o‘rinli deb hisoblaymiz. Moliya markazlari deganda, oltin savdosi, qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha bitimlar amalga oshiriluvchi, kredit va moliyaviy, xalqaro valyuta operatsiyalarini amalga oshiriluvchi maxsus kredit-moliya institutlari, banklar joylashgan markazlar tushuniladi. Xalqaro valyuta fondiga ko‘ra moliya markazlari uch kategoriyalarga bo‘linadi. Bular, London, Nyu-York va Tokio. Hududiy moliya markazlari SHanxay, SHenchjen, Frankfurt, Sidney va Moskva hisoblanadi. Bundan tashqari, ofshor moliya markazlari Kayman orollari, Dublin, Lyuksemburg, TSyurix, Singapur va Gonkong hisoblanadi.
Birinchi jahon urushiga qadar London muhim moliya markazi hisoblangan. CHunki, Buyuk Britaniya o‘sha davrda kapitalizm rivojlanishining cho‘qqisida bo‘lgan, boshqa mamlakatlar bilan keng va kuchli savdo munosabatlariga va rivojlangan kredit tizimiga ega, Funt-sterling ham barqaror bo‘lgan.
Ikkinchi jahon urushidan keyin xalqaro moliya markazi AQSHga ko‘chdi. XX asrning 60-yillariga kelib, AQSHning monopol moliya markazi sifatidagi ahamiyati kuchsizlanib, G‘arbiy Yevropa va Yaponiyada yangi markazilar vujudga keldi.
G‘arbiy Yevropa mamlakatlari uzoq davr mobaynida o‘zining moliya markazlariga ega bo‘lish uchun intilib, 1999 yilda yevroni muomalaga kiritib, mashtabi bo‘yicha AQSHdan keyingi o‘rinda turuvchi fond bozoriga ega bo‘ldi. Keyingi davrlarda London moliya markazi sifatida ayrim ko‘rsatqichlar bo‘yicha dunyoda yetakchilikni namoyon etmoqda.
Xalqaro birjalar Federatsiyasi taqvimiga ko‘ra, 2020 yilda aktsiya savdosi yakuniga ko‘ra quyidagi markazlar reytingi tuzildi:
NYSE (Nyu-York) – 19.81 trln.$