Duopoliya – ikki firma hukmronligi bo’lib, oligopoliyaning sodda ko’rinishidir. Hamkorlik zarurati ikki firmani bitimga kelib kartel hosil etishini bildiradi. Bunda ikki tomondan har biri qancha tovar ishlab chiqarishi va necha puldan sotishini belgilab oladi.
Oligopoliya monopoliya singari ishlab chiqarish hajmini cheklaydi, lekin uning narxi sof monopoliya narxidan pastroq, ammo erkin bozor narxidan yuqori bo’ladi.
Oligopoliya'>2.Korxonalarning oligopoliya sharoitidagi xatti-harakatlari.
Oligopoliya - bu shunday bozor turiki, undagi tovar taklifining hammasi, yoki deyarli hammasi bir necha ishlab chiqaruvchi firmalar tomonidan bo’lib olingan va bu bozorga yangi firmalarning kirishi katta to’siq orqali cheklangan bo’ladi.
Oligopoliya so’zi grekcha bo’lib (oligos - bir necha, poleo - sotaman) sotuvchilarning kamligini bildiradi. Oligopol tarmoqlarga misol sifatida AQSHning avtomobil sanoati, po’lat, alyumin, elektrouskunalar va kompyuter tarmoqlarini keltirish mumkin. Bu tarmoqlarda ishlab chiqariladigan umumiy mahsulot hajmi bir necha firmalar hissasiga to’g’ri keladi.
Oligopolik bozorni uning quyidagi uchta xususiyati ajratib turadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |