2. Mukammal va nomukammal raqobat.
Mukammal raqobat – bu erkin bozordagi ko’pchilikdan iborat sotuvchilar va xaridorlarning har biri cheklanmagan holda bozor qonun qoidalariga binoan va bir xil usul bilan olib boradigan raqobatidir.
Bu tabiatan sof raqobat hsioblanadi, chunki hech bir cheklanishlarsiz yuz beradi, unda ixtiyoriy ravishda mutlaqo mustaqil ish ko’rayotgan sotuvchilar va xaridorlar qatnashadi.Uning 3 ta asosiy belgisi bor:
1. Raqobatlashuvchilar ozchilik emas, balki ko’pchilik bo’ladi.
2. Raqobatlashuvchilar bir turdagi tovarni bozorga taklif etadilar, shu bois ular xaridor uchun kurashadilar.
3. Raqobatda qatnashish ixtiyoriy, chunki bozorga o’z tovari bilan xoxlagan vaqtda kirib kelish mumkin.
Mukammal raqobat iqtisodiy yutuqdan ham iste’molchini, ham ishlab chiqaruvchini bahramand qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |