10-MAVZU. Raqobat va yakkahokimlik
REJA
1.Raqobat tushunchasi va uning usullari.
2. Mukammal va nomukammal raqobat.
2.Korxonalarning oligopoliya sharoitidagi xatti-harakatlari.
3. Monopol bozorda ishlab chiqarish hajmi, narxni belgilash.
Tayanch iboralar:Raqobatlashgan monopol bozor muvozanati, duopolik bozor, narxlar “jangi”, Kurno modeli, Kurno muvozanati, kontrakt chizig’i, “qattiq narx” siyosati, lider firma, ergashuvchi firma.
1.Raqobat tushunchasi va uning usullari.
Bozor iqtisodiyotida raqobat asosiy tartibga soluvchi mexanizm hisoblanadi.Bu ishlab chiqaruvchilar va resurslarni yetkazib beruvchilarni o’ziga bo’ysundiradigan yagona kuchdir.Bozor tizimiga bo’ysunadigan ishlab chiqaruvchilar raqobat natijasida foyda olishni rejalashtiradi. Kimki bu qonunni buzsa, zarar ko’radi va inqirozga yuz tutadi. Raqobat sharoitida iste’molchi – xo’jayin, bozor – uning ta’minotchisi (agenti), firma esa uning xizmatkori hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |