birinchidan, tarmoqda faoliyat ko’rsatayotgan firmalarning kamligi;
ikkinchidan, tarmoqga kiruvchi firmalar uchun kuchli to’siqlarning mavjudligi;
uchinchidan, oligopolik bozordagi firmalarning harakati bir-biriga bog’liqligi.
Oligopolik bozorning uchinchi xususiyatiga ko’ra, firmalarning iqtisodiy harakatlari bir-biriga bog’liq, ya’ni har bir firma biror iqtisodiy strategiyani tanlaganda, boshqa firmalarning ushbu strategiyaga bo’lgan munosabatini e’tiborga olish kerak bo’ladi.
Masalan, bir firma o’z mahsulotiga talabni rag’batlantirish uchun mahsulotining narxini 10 foizga kamaytirsa, u asosan raqobatlashuvchi firmalar hisobidan o’z mahsulotini sotish hajmini anchaga oshirishi mumkin va ular hisobidan o’z foydasini oshirishi mumkin.
Lekin firmaning bu narx siyosatiga javoban boshqa raqobatlashuvchi firmalar har xil iqtisodiy siyosat olib borishi mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |