Uilьyam Jeyms
ta’kidlaganidek:
"Obro’-izzatli bo’lish uchun zo’r berib intilish inson tabiatida
makon qurgan eng kuchli
xususiyatdir".
Obro’-izzatga nisbatan ana shu kuchli tashnalik insonlarni butun umri davomida qiynoqqa
solib keladi. Bu tashnalikni kamdan-kam odamgana qondira oladi va bunga erishganlar hayotda
buyuk inson sifatida obro’ va nufuzga ega bo’ladilar.
O’zining salohiyatiga ob’ektiv
baho berolmay, shon-shuhratga
erishishga imkoni
bo’lmaganlar asossiz ravishda o’zini har kuyga soladi, asabiylashishni o’ziga qurol qilib oladi va
oqibatda shu narsa uning umriga zavol bo’ladya.
Ana shunday kishilarni xotirjamlikka chaqiramiz va ular-ga
keyingi mavzuda qeltirilgan
D. Karnegining
"Hayotda qanday qilib xotirjamlikka erishish va to’laqonli yashash mumkinligi
to’g’risidagi maslahatlarini qunt bilan o’qishni tavsiya etamiz.