2.
Vazifalarning o’zaro bog’likligi. U bir odam yoki guruh vazifani bajarishda
boshqa odam yoki guruhga bog’lik bo’lgan barcha yerda mavjud bo’ladi.
3.Maqsadlardagi farqlar. Korxona borgan sari ixtisoslashayotgan bo’linmalarga bo’lingan
vaqtda nizoli vaziyatlar vujudga keladilar. Ular o’z maqsadlarini o’zlari shakllantiradilar va
ularga erishishga, butun tashkilot maqsadlariga erishishga qaraganda ko’proq e’tibor qaratishlari
mumkin.
4.Vaziyat va fikrlarni baholashdagi farqlar. Qandaydir vaziyat haqidagi tasavvur ma’lum
maksadga erishish istagiga bog’liqdir. Vaziyatni ob’ektiv baholashning o’rniga, odamlar,
ularning fikrlariga ko’ra, faqat o’zlarining guruhlari va shaxsiy extiyojlari uchun qulayroq
vaziyatning muqobilligi va jihatlarini kurib chiqishlari mumkin. Masalan, qo’l ostidagi kishi
o’zini hamma vaqt ham o’z fikrini ifodalash huquqiga ega deb hisoblaydi, shu bilan bir vaqtda
rahbar, qo’l ostidagi kishi faqat undan so’ralgan paytdagina o’z fikrini ifodalash huquqiga ega va
unga aytilgan narsani so’zsiz bajarishi kerak deb hisoblaydi.
5.Hulqning odatlar va hayot tajribasidagi farqlar. Tadqiqotlar shuni ko’rsatadilarki, har xil
hayot tajribasi (ma’lumot, ish staji, yoshi va ijtimoiy ta’riflar)ga ega odamlar hamma vaqt ham
to’liq o’zaro bir birlarini tushunishga erisha olmaydilar. Ularning hamkorlik qilishlarida nizolar
vujudga keladi.
6. Qoniqarsiz kommunikatsion aloqa. Axborotlarga ega bo’lmagan xodimlar vaziyat yoki
boshqalarning nuqtai nazarini tushina olmaydilar, bu nizoning sababi bo’ladi.
7. Xodimlarning lavozimli yo’riqnomalari, hamda bo’linmalar haqi- dagi qoidalarning
yo’qligi, noaniqligi yoki takrorlanishi.
8. Xodimning huquqlari, uning faoliyat natijalari uchun javobgarligining mutanosib yetarli
emasligi.
9. Jamoa a’zolari mehnatini baholashning o’ylab ko’rilmagan mezon- lari.
10. Mehnatni yomon tashkil qilinishi va sharoitlari.
11. Rahbarlik lavozimiga yangi kelgan odamda rahbarlik faoliyati, odamlar bilan ishlash
qobiliyati va ko’nikmalarini yo’qligi. Bunday rahbar odamlarni uyushtira olmaydi. Xatto uning
qo’l ostidagilarga ko’pgina qonuniy talablarni ham e’tiroz, salbiy reaktsiyani, ba’zida esa nizoni
keltirib chiqadi.
12.SHaxsning atrofdagilar bilan to’qnashuvga beriluvchi barqaror sifatlari, xarakteri
alomatlarining mavjudligi, masalan o’z so’zida qattiq turib olishga moyillik, boshqalarning
kamchiligiga chidamaslik, o’zini o’zi tanqid qilishni pasayishi, manmanlik va tarbiyasizlik.
13.Boshqa odamning hususiyatlari yoki hulqiga nisbatan yanglish munosabatga asoslangan
psixologik chidamaslik. Masalan, qandaydir kamchi- liklarni u yoki bu yosh, millat, kasb,
Do'stlaringiz bilan baham: