Turk nazmida chu men
tortib alam, Ayladim ul
mamlakatni yakqalam.
(Men turkiy she’r bayrog‘ini baland ko‘tarib, turkiy dunyoni yakdil va
yaktil qildim).
Zahiriddin Muhammad Bobur
(1483-1530) - o‘zbek mumtoz
adabiyotining yirik vakili, buyuk shoir, tarixchi, geograf, davlat arbobi.
Bobur Mirzoning o‘z
guvohligiga ko‘ra, shoir sifatida
ijodiy faoliyati Samarqandni ikkinchi marta egallagan vaqtda boshlangan; “Ul fursatlarda birar-ikkirar
bayt
aytur
edim”, deb
yozadi u. Bobur
Mirzo
Samarqanddaligining ilk oylarida Alisher Navoiy tashabbusi bilan ular
o‘rtasida yozishma boshlanadi.
Bobur Mirzo atrofida ijodkorlar to‘plana boshlashi ham shu yillarga
25
to‘g‘ri keladi. Jumladan, Binoiy, Abulbaraka va Bobur Mirzo o‘rtasidagi
ruboiy munozarasi Samarqanddagi qizg‘in adabiy hayotdan darak beradi.
Umuman, davlat arbobi va ko‘p vaqti jangu jadallarda o‘tgan sarkarda
sifatida ijtimoiy faoliyatining eng qizg‘in davrida ham, shaxsiy hayoti va
davlati nihoyatda murakkab va xatarli sharoitda qolgan chog‘larda ham
Bobur Mirzo ijodiy ishga vaqt topa bilgan, ilm, san’at va ijod ahlini o‘z
atrofiga to‘plab, homiylik qilgan, ularni rag‘batlantirgan.
O‘tmish adabiyoti va tarixi, musiqa va san’atidan yaxshi xabardor
bo‘lgan, diniy ta’limotga chin ixlos qo‘ygan, har doim olimu fozillar
davrasida bo‘lgan Bobur Mirzo tabiatan ijodkor edi. Yigitlik yillaridan
boshlab to umrining oxirigacha samarali ijodiy ish bilan shug‘ullandi, har
qanday sharoit va vaziyatlarda ham ijoddan to‘xtamadi, natijada, har jihatdan
muhim boy ilmiy va adabiy meros qoldirdi.
Bobur Mirzoning ulkan san’atkorligi shundaki, shaxsiy kechinmalarini
jiddiy umumlashma darajasiga ko‘tara oladi va natijada asarlarida olg‘a
surilgan g‘oyalar umuminsoniy qadriyatlar darajasiga ko‘tariladi. Bobur
26
ijodida, xususan, she’riyatida kindik qoni to‘kilgan ona yurtini dil-dildan
qo‘msash, uning tuprog‘iga talpinish, g‘ariblik azoblaridan o‘tli hasrat, yoru
diyor sog‘inchi va visol ilinji, taqdir zarbalari va turmush uqubatlari, zamona
nosozliklaridan nola badiiy taxlil etiladi.
Bobur ijodida ishq-muxabbat, sevgi-sadoqat, visol va hijron mavzui
ham salmoqli o‘rin tutadi. Uning g‘azal va ruboiylarida, tuyuq va
masnaviylarida ma’shuqaning maftunkor go‘zalligi, beqiyos husnu latofati,
sharqona odobu ahloqi, nozu karashmasi engil va o‘ynoqi, musiqiy va ravon
misralarda, katta mahorat bilan tarannum etiladi.
Hozirda uning 119 g‘azali, bir masnu she’r, 209 ruboiysi, 10 dan ortiq tuyuq
va qit’alari, 50dan ortiq muammo va 60 dan ziyod fardlari aniqlangan.
Devoni tarkibida umumiy hajmi 270 baytdan iborat 8 masnaviy ham o‘rin
olgan. Bobur Mirzo SHarq she’riyatining asosiy masalalaridan biri aruz
vazni, uning nazariyasi va amaliyotiga oid ilmiy risola yaratgan. Bobur
Mirzoni nomini jahonga mashhur qilgan shoh asari “Boburnoma”dir.
Amir Temur va temuriylar davri adabiyoti o‘zbek adabiyoti rivojida
o‘ziga xos alohida bir bosqichni tashkil etadi. Undagi insonparvarlik va
xalqchillik, adolatparvarlik va ma’rifatparvarlik g‘oyalari hamon o‘z
tarovatini yo‘qotgani yo‘q. Bu adabiy meros O‘zbekistonda asrlar davomida
o‘zining boy mazmuni, g‘oyaviy-mafkuraviy teranligi va ilohiyligi bilan
komil insonni tarbiyalashda katta ahamiyat kasb etadi.
Xulosa qilib aytganda, O‘rta Osiyoda temuriylar davrida madaniyat
yuksak rivojlandi va kamol topdi. XIV asr ikkinchi yarmi va XV asrlarda
Movarounnahr va Xurosondagi madaniy taraqqiyotning tamal toshi buyuk
sohibqiron Amir Temur tomonidan qo‘yildi.
Hozirgi zamon fani Amir Temur va temuriylar davrini haqiqiy
Renessans-uyg‘onish davri deb e’tirof etmoqda. Zero, bu davrda o‘tmish
davrlar tajribalarini ijobiy o‘zlashtirishga va yangicha yondashuviga, olimlar,
me’mor va hunarmandlar, miniatyurachi rassomlar, shoirlar oldida turgan
masalalarni hal etishda jiddiy yangiliklar kiritishga asoslangan eng yaxshi
an’analar tiklandi.
27
Do'stlaringiz bilan baham: |