1
10-Mavzu: Amir Temur va temuriylar davri madaniyati
Reja:
1. Amir Temur va temuriylar davrida ilm-fan ravnaqi
2. Me`morchilik va san`at
3. Movarounnahr va Xuroson adabiyotshunoslik yutuqlari
Tayanch so‘z va iboralar
Amir Temur, SHarq uyg‘onish davrining ikkinchi bosqichi, “Temur
tuzuklari”, Zafarnoma, Klavixo, ibn Arabshoh, Mirzo Ulug‘bek, Ziji
Ko‘ragoniy, me’morlik, Oqsaroy, SHohi Zinda,
Zangiota, Ahmad YAssaviy
majmuasi, Amir Temur maqbarasi, Bibixonim jome masjidi, Ulug‘bek
rasadxonasi, Bog‘i Dilkusho, adabiyot rivoji, Lutfiy, Jomiy,
Alisher Navoiy,
Zaxriddin Bobur.
10.1. Amir Temur va temuriylar davrida ilm-fan ravnaqi
Amir Temur va temuriylar davri SHarq uyg‘onish davrining ikkinchi
bosqichi bo‘lib tarixga kirdi. O‘sha davrda Markaziy Osiyoda moddiy va
ma’naviy madaniyatning gurkirab o‘sishi uchun shart-sharoit yaratildi. Bu
Turon xalqlarining faxri, g‘ururi,sohibqiron Amir Temur nomi va faoliyati bilan
bog‘liq.
Hofiz Abruning yozishicha Amir Temur turk, arab va eronliklar tarixini
chuqur bilgan. Amaliy jihatdan foyda keltiradigan har qandy bilimni qadrlagan.
Odatda
u tibbiyot, riyoziyot, falakiyot, tarix, adabiyot, tilshunoslik ulamolari,
shuningdek, ilohiyot va diniy sohadagi mashhur ulamolar bilan suhbatlar
o‘tkazardi. Amir Temur va temuriylar davrida, Sayid Amir Kulol, Muhammad
Porso,
Zayniddin Toyobodiy, Bahouddin Naqshband kabi aziz-avliyolar,
ulamolardan Mavlono Abdujabbor Xorazmiy, Mavlono SHamsuddin Munshiy,
Sa’ididdin Taftazoniy, Sayid SHarif Jurjoniy, Ali YAzdiy, Nizomiddin SHomiy,
Abdurazzoq Samarqandiy, G‘iyosiddin Ali, G‘iyosiddin Naqqosh, Jamshid
Koshiy,
Jaloliddin Davoniy, Sayid Qosim Anvar, Kamol Xo‘jandiy, Xofiz
SHeroziy, Mir Muhammad, G‘iyosiddin Muhammad, Mirhond, Xondamir,
Abduraxmon Jomiy va boshqalar ijod qildilar.
Amur Temur va temuriylar davrini yoritishga
oid asarlardan muhim
ahamiyatga egalari quyidagilar: “Temur tuzuklari”, Nizomiddin SHomiyning
“Zafarnoma”,
Mu’inuddin
Natanziyning
“Muntaxib
ut-tavorixi
Mu’iniy”
(“Saylanma tarixi”)
; Rui Gonsales de Klavixoning “Samarqandga-
Amir Temur saroyiga sayohat kundaligi” (
1403-1406 yillar
), SHarafiddun Ali
YAzdiyning “Zafarnoma”; Hofizi Abruning “Zubdat ut-tavorix”; Ibn
Arabshohning “Ajoib ul-maqdur fi axbori Temur” (
“Temur haqidagi
xabarlarda taqdir ajoyibotlari”
); Abdurazzoq Samarqandiyning “Matlai
sa’dayn va majmai bahrayn”
(“Ikki saodatli yulduzning chiqishi va ikki
dengizning qo‘shilish joyi”);
Mir Muhammad Mirxondning “Ravzat us-safo fi
siyratul-anbiyo val muluk val-xulafo” (
“Payg‘ambarlar, podsholar va
xalifalarning tarjimai holi haqida jannat bog‘i”)
Davlatshoh Samarqandiyning
2
“Tazkirat ush-shuaro”asarlari ijod qilingan.
Ulug‘ ajdodlarimiz, garchi buyuk bunyodkor va jahongir bo‘lsa–da, kuch-
qudrat zurlik va zo‘ravonlikda emas,
aksincha, adolatda, hamjihatlik va
hamkorlikda ekanligini nihoyatda chuqur anglagan. Sohibqironning davlatni
oqilona boshqarish, o‘ta mushkul va imkoniyatsiz vaziyatda ham to‘g‘ri yo‘l,
tadbir topa olish qobiliyati, noyob aql-zakovati har qanday odamni ajablantiradi.
Amir Temurdek buyuk va betakror siymoni har tomonlama tushunish, u barpo
etgan
qudratli saltanatning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-mafkuraviy
asoslarini, davlat boshqaruvi borasidagi ulkan salohiyati, mahorati, bilim va
tajribalarini o‘rganishda, umuman aytganda, hayot
sirlarini anglab etishda
“Temur tuzuklari” bebaho qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi.