10-Mavzu: Amir Temur va temuriylar davri madaniyati Reja



Download 214,63 Kb.
Pdf ko'rish
bet24/26
Sana29.04.2022
Hajmi214,63 Kb.
#593319
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
10 mavzu matni (pdf)

Alisher Navoiy 
(1441-1501) ― buyuk o‘zbek shoiri, mutafakkir, 
davlat arbobi. Husayn Boyqaro Alisher Navoiyni dastlab muhrdorlik 
mansabiga, 1472 yilda esa bosh vazir etib tayinlaydi va unga “Amiri kabir” 
unvonini beradi. Alisher Navoiy yangi lavozimda butun kuchini mamlakatda 
tinchlik va osoyishtalik o‘rnatishga qaratadi. Vaqf ishlarini tartibga keltiradi. 
SHaharlarda savdo-sotiqni, hunarmandchilikni rivojlantirishga katta ahamiyat 
beradi. Alisher Navoiyning sa’y-harakati bilan qishloqlarda dehqonchilik 
madaniyati o‘sib boradi. 
Bu davr Hirotda adabiy hayot jo‘sh urgan. Alisher Navoiy atrofida 
SHayxim Suhiyliy, Xoja Osafiy, Binoiy kabi o‘nlab shoirlar, Hasan Noiy, 
Xoja Abdullo Marvorid, Qulmuhammad Udiy, SHohquli G‘ijjakiy kabi 
o‘nlab sozandalar, Mirhond, Xondamir kabi tarixchilar, Sultonali Mashhadiy, 
Abdujamil Kotib, Xoja Hofiz Muhammad, Sultonali Koiniy, Muhammad 
Xandon, Mavlono Hijroniy kabi mashxur kotiblar, Behzod kabi musavvirlar 
qizg‘in ijodiy mehnat bilan band edilar. Hirotda, umuman Xuroson mulkida 
ma’naviy hayotning baqquvat ustunlaridan Abdurahmon Jomiy bilan Alisher 
Navoiy o‘rtasidagi ijodiy hamkorlik ustoz-shogirdlik ko‘p masalalarda 
hamfikrlikka olib keladi, Alisher Navoiyning o‘zbek tilidagi dastlabki yirik 
asarlaridan “Hiloliya” qasidasi Sulton Husayn Boyqaroga bag‘ishlangan 
bo‘lsa, forsiy tilidagi birinchi yirik asari “Tuhfat ul-afkor” (1476) qasidasi 
Abdurahmon Jomiyga bog‘ishlangan edi. 1470 yillarning oxirlarida Alisher 
Navoiy o‘zining o‘zbek tilida yozgan she’rlaridan iborat ilk devoni“Badoe’ 
ul-bidoya” (“
Badiiylik ibtidosi
”)ni tuzdi. Keyingi davrda yozilgan o‘zbekcha 
she’rlari asosida 1480-yillarning oxirida “Navodir un-nihoya” (“
Behad 
nodirliklar
”) devonini tuzdi. 
Alisher Navoiy mansub adabiy hayotda she’riy janrlardan g‘azal, qasida, 
ayniqsa muammo yozishga qiziqish kuchli edi. Alisher Navoiy forsiy 
devoniga 373 muammo kiritgan. SHunday adabiy mayllar tufayli 1485 yil 
muammo yozish qoidalari haqida maxsus “Mufradot” asarini yaratdi. Alisher 
Navoiyda o‘zbek tilida “Xamsa” ―besh doston yaratish maqsadini 1483-


23 
1485 yillarda amalga oshirdi. Asar o‘zbek adabiyoti shuhratini olamga yoyib, 
jahon adabiyoti durdonalaridan biriga aylandi. 
1485 yil o‘zining mashhur “Nazm ul-javohir” asarini yozdi, bunda 
birinchi xalifalardan Hazrati Alining 266 ta hikmatli gapi ruboyi tarona (
to‘rt 
misrasi ham kifoyalangan
) shaklida bayon etilgan. O‘sha davr kitobxonlari, 
shu jumladan, tarixchi Xondamir bu asarni g‘oyat yuksak baholaydi. 
Alisher Navoiy ko‘proq ijodiy va ilmiy ishlar bilan shug‘ullanish, bu 
boradagi rejalarini amalga oshirish xayoli bilan yashardi. Hayot esa uning 
rejalariga o‘z tuzatishlarini kiritar edi. 1488 yilda ustozi Sayyid Hasan 
Ardasher, 1492 yil Abdurahmon Jomiy, 1493 yil olim va shoir Pahlavon 
Muhammad birin-ketin hayotdan ko‘z yumdilar. Alisher Navoiy o‘zi uchun 
qadrdon bo‘lgan bu insonlar xotirasini abadiylashtirish, ularga o‘z hurmatini 
izhor etish uchun “Holoti Sayyid Hasan Ardasher”, “Xamsat ul-
mutahayyirin” 
(“Besh hayrat”)
, “Holoti Pahlavon Muhammad” nomli 
risolalarini yozdi. 
Astrobodda yoza boshlagan “Tarixi muluki Ajam” 
(“Ajam podshohlari 
tarixi”) 
asarini tugalladi (1489). 1490 yil u o‘ziga zamondosh shoirlar haqida 
Abdurahmon Jomiyning “Bahoriston”, Davlatshoh Samarqandiyning 
“Tazkirat ush-shuaro” asarlari shaklida “Majolis un-nafois 
(“Nafislar 
majmuasi”) 
tazkirasini tuzishga kirishib, 1492 yilda tugalladi. SHu vaqtning 
o‘zida Alisher Navoiy o‘zbek tilida she’riyat nazariyasi, aniqrog‘i, aruz vazni 
qoidalari haqida “Mezon ul-avzon” (“
Vaznlar o‘lchovi
”) ilmiy qo‘llanmasini 
yaratdi. 
1494 yilda turkiy tildagi maktublarni to‘plab “Munshaot” 
(“
Maktublar
”) majmuasini tuzdi. 1495 yil Abdurahmon Jomiyning “Nafahot 
ul-uns” 
asaridan foydalanib “Nasoyim ul-muhabbat” (“
Muhabbat 
shabadalari
”) nomi bilan qayta ishlab, turkiy mashoyixlar haqidagi yangi 
ma’lumotlar bilan boyitdi. SHu boisdan “Nasoyim ul-muhabbat”ga Alisher 
Navoiyning mustaqil asari sifatida qarash mumkin. 
Alisher Navoiy 1491-1492 yillardan boshlab turkiy tilda yozilgan 
hamma she’rlaridan yangi, yig‘ma devon tuzishga kirishdi va bu ish 1498-
1499 yillarda nihoyasiga etdi. Devonning umumiy nomi “Hazoyin ul-
maoniy” 
(“Ma’nolar xazinasi”) 
bo‘lib, 4 qismdan iborat bo‘lganligi uchun 
“CHor devon” deb ham atalgan. Devon shoirning butun hayoti davomida 
yozilgan she’rlarini qamrab olgan, ularda Alisher Navoiyning barcha 
davrlardagi kayfiyati, dunyoqarashi, orzu-umidlari ifodalangan. 
Taxminan shu yillarda Alisher Navoiy forsiy she’rlardan tashkil topgan 
“Devoni Foniy” 
(“Foniy devoni”)
ni, forsiy tildagi ikki qasidalar to‘plamini 
tuzib, forsiy she’riyat taraqqiyotiga ham o‘zining munosib hissasini qo‘shdi. 
Xurosonda forsiyzabon xalqlar ko‘pchilikni tashkil etganligi inobatga olinsa, 
Alisher Navoiyning bu tilda ham samarali ijod qilgani, mamlakat ma’naviy 
ehtiyojini yaxshi his etganligini bildiradi. 
Alisher Navoiyning she’riy dahosi XV asr oxirlariga kelib yana jo‘sh 
urdi. U ikki yil mobaynida ikkita yirik asar “Lison ut-tayr” 
(“Qushlar tili”) 


24 
dostonini va “Muhokamat ul-lug‘atayn” 
(“Ikki til muhokamasi”) 
nomli ilmiy 
asarini yaratdi. Alisher Navoiyning so‘nggi buyuk asarlaridan yana biri 
nasriy pandnoma yo‘sinda yozilgan “Mahbub ul-qulub” 
(“Qalblar 
sevgani”)
dir. U SHarq adabiyoti tarixida SHayx Sa’diyning “Guliston”, 
Kaykovusning “Qobusnoma”, Nizomiy Aruziy Samarqandiyning “CHor 
maqola” kabi asarlari qatorida turadi. Bu asarida Alisher Navoiy o‘zining 
hayot yo‘lini, boshidan kechirgan turmush mashaqqatlarini yorqin tasvirlab 
bergan. 
An’ana bo‘yicha, Xuroson va Movarounnahrda asosan fors tili she’r 
tili, umuman, adabiyot tili bo‘lib keldi. Abulqosim Firdavsiy “SHohnomasi”, 
Nizomiy Ganjaviy “Panju ganji”i singari ulkan obidalar, Sa’diy 
SHeroziyning “Guliston”idek pandnomalar, Farididdin Attorning “Mantiq ut-
tayr”idek mo‘‘jizakor ibratli dostonlar, Hofiz SHeroziy g‘azallaridek 
jonbaxsh asarlar shu tilda yaratilgan edi. Bu til ohangdor, ishlangan, 
timsollarga ifoda va tasvir vositalariga boy edi. 
Turkiy tilda she’r yozadigan kishi esa bu tilda hali katta salmoqli 
adabiyot yaratilmagani uchun uzoq izlanmog‘i, har bir so‘z va ibora, ifoda 
ustida bosh qotirmog‘i kerak edi. Bu ishni qiyinlashtirar edi. Buning ustiga, 
turkiy ziyolilarimizning katta qismida o‘z ona tilidan uzoqlashish, hatto unga 
nopisand qarash mayillari kuchli edi. Milliy g‘urur tamom o‘la boshlagan edi. 
Bu tilning imkoniyatlarini ilmiy va amaliy ko‘rsatmoq, millatning g‘ururi va 
sha’nini o‘zining munosib o‘rniga qo‘ymoq sharafi va mas’uliyati Alisher 
Navoiy zimmasiga tushdi. 
Buyuk shoir “Muhokamat ul-lug‘atayn” 
(“Ikki til muhokamasi”) 
nomli 
maxsus asar yozib, turk va fors tillarini qiyoslab ko‘rsatdi. Rad etib 
bo‘lmaydigan ilmiy dalillar bilan turk tilining bitmas-tuganmas 
imkoniyatlarini ko‘rsatib berdi. U turkiy tilning so‘z boyligini, nafisligini, 
ma’nodorligini, ohangdorligini ko‘pdan-ko‘p misollar bilan namoyish qildi. 
Salkam yuz ming misrani tashkil etgan rang-barang she’riy ijodi, birinchi 
navbatda, “Xazoyin ul-maoniy” 
(“Ma’nolar xazinasi”) 
deb atalgan to‘rt 
devoni va “Xamsa”si bilan buni amalda isbot etdi. Yuksak san’at namunasi 
sifatida asrlar sinovidan o‘tib kelgan bu asarlar XV asr turkiy xalqlar 
ma’naviyatining o‘ziga xos qomusi edi. Alisher Navoiy yozadi: 

Download 214,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish