10-Mavzu: Amir Temur va temuriylar davri madaniyati Reja



Download 214,63 Kb.
Pdf ko'rish
bet19/26
Sana29.04.2022
Hajmi214,63 Kb.
#593319
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   26
Bog'liq
10 mavzu matni (pdf)

10.3. 
Movarounnahr 
va 
Xurosonda 
adabiyotshunoslik sohasida erishilgan yutuqlar 
Amir Temur va temuriylar davrida xalq og‘zaki ijodi rivoj topdi. 
Adabiyot badiiy uslub jihatdan takomillashdi, adabiyotshunoslik va 
tilshunoslikka oid ilmiy asarlar yaratildi. O‘zbek tarjima adabiyoti vujudga 
keldi. Bu davrda etuk ijodkorlar SHayx Ozoray, Ali YAzdiy, Mavlono 
Gadoiy, Mavlono Sakkokiy, Davlatshoh Samarqandiy, Mavlono Atoiy, 
Mavlono Lutfiy, Abdurahmon Jomiy, Zaxiriddin Muhammad Bobur, Mirzo 
Haydar, Kamoliddin Bexzod, va boshqalar yashab, ijod qildi. Ayniqsa, 
o‘zbek yozma adabiyotining dunyoviy ko‘lamini Alisher Navoiyning ijodi 
kamolot bosqichiga ko‘tardi. 
Movarounnahr va Xurosonda o‘zbek tili, adabiyoti va madaniyatining 
mavqei orta bordi. Xurosondagi turkiyzabon xalqlar va ularning ziyolilari 
Samarqand, Buxoro, Turkiston va boshqa shaharlardagi olimlar, shoirlar va 
san’atkorlar bilan o‘zaro juda yaqin munosabatda bo‘la boshladilar. 
SHuningdek, Amir Temur va avlodlari adabiyot va san’atga, ilm-fanga yaqin 


18 
kishilar edi. Temuriylardan 22 ta ijodkor-shoir chiqqan bo‘lib, ular o‘zlari 
she’r yozish bilan birga qalam ahliga homiylik ham qilganlar. Xalil Sulton va 
Xusayn Boyqaro kabilar o‘z she’rlaridan devon tuzganlar. 
Movarounnahrda Ulug‘bek Mirzo davrida ko‘plab forsiy va turkiy 
ijodkorlar to‘plandi. Adabiy muhitni bevosita Ulug‘bek Mirzoning o‘zi 
boshqarar, shoirlarning sardori 
(“Malik ul-kalom”) 
sifatida Mavlono Kamol 
Badaxshiy tayinlangan edi. Mavlono Sakkokiy o‘z qasidalarining birida 
Ulug‘bek Mirzoning she’r yozishini va uning she’r haqidagi tushunchasi 
yuqori bo‘lganligini ta’kidlaydi. XV asrning ikkinchi yarmi o‘zbek 
adabiyotining eng rivojlangan davri bo‘lib, bu yuksalish sulton Husayn ibn 
Mansur va o‘zbek adabiyotining porloq quyoshi Alisher Navoiy nomlari 
bilan bog‘liq. 
Mavlono Gadoiy 
(1402-XV asr oxiri) – shoir. G‘azal janri, aruz ilmi
va she’riyat qoidalarini yaxshi bilgan. Asosan chig‘atoy va qisman fors tilida 
g‘azal, qit’a, tuyuk, mustazod, kasidalar yaratgan. SHe’riyatda CHarx jafosi”, 
“Ro‘zg‘or javri”dan fig‘on, “g‘urbat mehnati” va “rohiblar tazyikidan” 
shikoyat ohanglari seziladi. Mavlono Gadoiy she’rlari aruzning xalq 
qo‘shiqlariga yaqin ramal, hazaj bahrlarida yozilgan: tili xalqona sodda, vazni 
engil, sho‘x va o‘ynoqi. Mavlono Gadoiyning XV asr ikkinchi yarmi XVI asr 
boshlarida ko‘chirilgan “Devoni Gado” asariga 2974 misradan iborat 230 
g‘azal, 1 mustazod, 1 qasida, 5 qit’a, tuyuq kirgan. 

Download 214,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish