Ishlab chiqarish usullari. Sulfat kislota X asrdan boshlab olinib kelinmoqda. U temir kuporosini yoki achchiqtoshni qattiq qizdirish natijasida olingan. Hosil bo'lgan og'ir moysimon suyuqlik sulfat kislota kuporos moyi deb atalgan.
2FeSO4 + 2H2O→ 2FeO+ 2H2SO4
XV asrda kimyogarlar oltingugurt va selitra aralashmasini yoqib, sulfat kislota olish mumkinligmi aniqlaganlar. Shu usulda 300 yildan ko'proq vaqt mobaynida sulfat kislota oz miqdorda shisha qolbalar va retortalarda faqat laboratoriyalardagina olingan. XVIII asr o'rtalarida sulfat kislotaga chidamli material - qo'rg'oshin topilgach sulfat kislota qo'rg'oshin idishlar - kameralarda sanoat miqyosida olina boshlangan.
Bunday usul kamerali usul deb ataldi. Bu kameralarda oltingugurt va selitra aralashmasi yoqilgan. Bunda hosil bo'lgan sulfat angidrid kameraga qo'yilgan suv yoki kislota eritmasidayutiladi. Keyinchalik selitra o'rniga nitrat kislota, kameralar o'miga esa minoralardan (XX asrning boshlarida) foydalanilmoqda. Shuninguchun ham kamerali usulni nitrozali yoki minorali usul deb ataladi.
Kontakt usuli bilan sulfat kislota ishlab chiqarish
Sulfat kislota ishlab chiqarish beshta bo'limni o'z ichiga oladi:
Pech bo'limi (bunda quruq SO2 hosil bo'ladi).
Yuvish bo'limi (bunda SO2 gazi ho'l usul bilan tarkibidagi qo'shimchalardan, ya'ni H2SO4 ning tomchilaridan, suv bug'laridan va kontakt zaharlaridan to'liq tozalanadi).
Kompressor bo'limi (bunda tozalangan gaz so'rib olinib, kontakt apparatiga yuboriladi).
Kontakt bo'limi (bunda SO2, gazi katalizator bilan ta'sirlashib — to'qnashib SO3, ga aylanadi).
Absorbsiya bo'limi (bunda S03suvga yuttiriladi va H2SO4 ga aylantiriladi).
3. SULFAT KISLOTA ISHLAB CHIQARISHDAGI O’CHOQ GAZINING XOM ASHYOLARI
Sulfat kislota ishlab chiqarish uchun xomashyolarni yoqishning fizik- kimyoviy asoslari.
Sulfat angidridini oksidlash statistikasi, kinetikasi.
Qaynovchi qavatli pech tuzilishi oddiy bo'lishiga qaramay jarayonning yuqori jadalligini ta'minlaydi. Ular donador materiallarni quritish uchun, kolchedanni kuydirish va qattiq yoqilg'ini yarim kokslash uchun hamda katalitik jarayonlarda ishlatiladi. Tipik qaynovchi (muallaq turuvchi) qavatda kuydirish pechlariga kolchedan kuydirish pechlari misol bo'ladi. Muallaq turuvchi (qaynovchi) qavat hosil bo'lishi uchun gazni ostdan maydalangan qattiq material orqali shunday tezlikda o'tkaziladiki, qattiq zarracha biroz yuqoriga uchib ham ketmaydi, ostga ham tushmaydi, go'yo «suzib» yuradi. Gaz oqimi tezligi 3- 4 marta oshirilganda ham pechdan chiqib ketmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |