35-variant
1. KTT elementlarining texnologik aloqalari, ularning vazifalari, ketma-ketligi, parallelligi, baypastligi, qaytarmaligi, tarmoqqa aloqadorligi.
2. Gazlarni yuvib tozalash.
3. Sulfat kislota ishlab chiqarishning fizik – kimyoviy asoslari.
1. KTTni tasvirini ifоdalashni bir nеcha usul bоr.
KTT funktsiоnal tasviri. Bu tasvir asоsiy pоdsistеmalar оrasida bоg’lanishni ko’rsatadi. Misоl **** ishlab chiqarishda:KTT tехnоlоgik tasviri. Bu tasvir elеmеntlarni bоg’lanish yo’llarini tехnоlоgik оpеratsiyalarni kеtma – kеtligini ko’rsatadi.KTT struktura tasviri. Bu tasvir blоklarni bоg’lanishini ko’rsatadi.1-sintеz minоrasi; 2- suv kоndеnsatоri; 3-sеparatоr; 4-tsirkulyatsiоn kоmprеssоr; 5-filrtr; 6-kоndеnsattsiоn minоra; 7-bug’latgich.KTT оpеratоr tasviri. Bu tasvir KTT ni хar bir elеmеntini bir nеcha tехnоlоgik оpеratоrlardan tashkil tоpganligini ko’rsatadi.KTT ni elеmеntlari оrasida bоg’lanishlar quyidagicha:
Kеtma – kеt tехnоlоgik bоg’lanish. Bu tipik оchiq tasvir хisоblanib, undagi rеaktоrlar kеtma – kеt kaskadni tashkil qiladi. Rеaktоrlar sоni хоm ashyo narхi, undagi qatоr ishlash narхi, atrоf muхitni muхоfaza qilishni хisоbga оlinib tanlanadi.
Kеtma – kеt aylanib o’tish tехnоlоgik (baypas) bоg’lanish. Bu bоg’lanish qatоr ekzоtеrmik rеaktsiyalarda adiabatik rеaktоr ishlatiladi. Sоvuk baypas оqimni kirishi tеmpеraturani bоshqarishga yordam bеradi.
Parallеl tехnоlоgik bоg’lanish. Bu bоg’lanish KTT quvvatini оshirishda, alохida rеaktоrni quvvatini оshirish uchun ishlatiladi. Bu bоg’lanish tabiiy gazni kоnvеrsiyalashda хоsil bo’lgan vоdоrоddan ammiak undan ammоniy nitrat оlish uchun хоsil bo’lgan SО2 karbamid оlish uchun ishlatiladi.Qatоr tехnоlоgik bоg’lanish ( rеtsikl). Bu bоg’lanishda KTT охirgi elеmеntlaridan chiqayotgan mоdda оkimi, avvalgi elеmеntlarni biriga bоrib kushiladi. Tasvirda VE оqim ajratish оpеratоridan chiqib, aralashish оpеratоri оqimiga kеlib qo’shiladi. Misоl: ammiyak sintеzi, mеtan ishlab chiqarish tехnоlоgiyalarida bu bоg’lanishni ko’rish mumkin.Ko’ndalang tехnоlоgik bоg’lanish. Bu bоg’lanish KTT ajralayotgan issiqlik enеrgiyasidan effеktiv fоydalanish maqsadida amalga оshiriladi.KTT yaratishda asоsiy kоntsеptsiyalarga: хоm ashyoni to’la, chuqur ishlash; chiqindisiz (kam chiqindili) tехnоlоgiyalarni lоyiхalash sistеmasidagi apparatlarni maksimal ishlatish muammоlari yotadi. SHu maqsadlarda хоzirgi kunda хоm ashyo rеsursi tеjaydigan, enеrgiya tеjaydigan tехnоlоgiya yaratilmоkda. Buning uchun ikkilamchi enеrgiya rеsurslaridan fоydalanish (enеrgоtехnоlоgik jarayon) bеrk sistеmali ishlab chiqarishlarni chiqindisiz tехnоlоgiyalarni qo’llashga katta e’tibоr bеrilmоqda.
2. Gazlarni tozalash - sanoat korxonalaridan ajralib chiqayotgan gazlarni ortiqcha (qattiq, suyuq va gaz holidagi) aralashmalardan xoli qilish jarayoni. I. ch. jarayonlarida hosil boʻladigan gazlar tarkibida har xil qoʻshimcha moddalar boʻlishi tabiiy. G. t. natijasida qimmatbaho mahsulotlar ushlab qolinadi, keyingi qayta ishlash jarayoniga yomon taʼsir qiladigan yoki apparatlarni yemiradigan zararli moddalar ajratiladi, tashqi havoga chiqadigan iflosliklar kamaytiriladi. G. t.da gazlardagi qoʻshimcha moddalarni suyuqliklarga yuttirish (adsorbsiya); elektrostatik kuchlar taʼsirida yoki ogʻirlik kuchi taʼsirida choʻktirish; suv bilan tozalash; filtrlash usullaridan biri; absorber, adsorber va b. apparatlar ishlatiladi.Gazlarni tozalash usuUari. Gazlami tozaalash usullarini tanlash, aralashmalaming fizik-kimyoviy xossalari, konsentratsiyalari, agregat holatlari, dispersligi, harorati, namligi va boshqa shu kabilar bilan aniqlanadi. Sanoatda gazlami aerozollardan tozalash usullari: mexanik va elekrostatikga bo'linadi. Mexanik moddani tozalash quruq va ho‘l holatda bo'lishi mumkin.Mexanik tozalash quyidagi usullarda olib boriladi.gravitatsion ushlab qolish kichik tezlikda changlatilgan gaz oqimidagi chang zarrachalarining og‘irlik kuchi ta’sirida cho'kishiga asoslangan. Bu usul faqat gazni taxminiy dag‘al tozalash uchungina foydalaniladi. Buning uchun tindirgichli gaz mo‘rilari va chang cho‘ktirgich kameralari qo‘llaniladi.inersion usulda chang ushlash, boshlang'ich harakat yo‘nalishini saqlab qolishga intiluvchi gaz oqimining yo'nalishi o‘zgartirilganda, gazga aralashgan muallaq chang zarrachalarining inersiya kuchi ta’siriga asoslangan bo'ladi. Bu usul changlanish darajasi kichik (1,5 g/sm3 gacha) bo‘lgan gazni changdan taxminiy dag‘al tozalashda qo‘llaniladi. Bunda yog‘och pardali va konus xalqali nasadkasi bo‘lgan inersion chang ushlagichlardan foydalaniladi. Tozalash darajasi zarrachalarining dispersligiga bog‘liq holda, 20— 70 foizgacha bo‘ladi. Bu ikki usul ko‘pchilik hollarda alohida mustaqil foydalanilmay, balki gaz chiqindilarini qattiq aralashmalaridan tozalanishning bosqichlaridan biri sifatida foydalaniladi.
3. Sulfat kislota - H2SO4 2 asosli kuchli kislota. Oddiy sharoitda hidsiz, rangsiz, ogʻir moysimon suyuqlik; zichligi 1,83 g/sm³(15° da), qotish temperaturasi 10,45°, qaynash temperaturasi 296,2°. Sulfat kislota suvni oʻziga yutib, koʻp miqdorda issiklik chiqaradi. Shu sababli uni suyultirishda kislotaga suv qoʻshish salbiy oqibatlarga olib keladi (kuchli portlash sodir boʻlishi mumkin). Sulfat kislotani suyultirish uchun uni ozozdan suvga qoʻshiladi. Sulfat kislota ning suvdagi eritmalarini sovitish yoʻli bilan uning H2SO4H2O, H2SO42H2O, H2SO44H2O tarkibli gidratlari olingan. Sulfat kislota sulfatlar va gidrosulfatlar hosil qiladi. Konsentrlangan Sulfat kislota kuchli oksidlovchi. Sulfat angidridning Sulfat kislota dagi eritmasi "tutovchi" Sulfat kislota yoki oleum nomi bilan yuritiladi. Sulfat kislota oltingugurt, oltingugurt kolchedani FeS2, sulfit angidrid SO2 va boshqa dan ham hosil qilinadi. Sulfat kislota kimyo sanoatining muhim mahsuloti. Oʻgʻit tayyorlashda, metallurgiyada, neftni tozalashda, boʻyoqchilik sanoatida, sunʼiy tolalar, portlovchi moddalar, xlorid kislota olishda, qoʻrgʻoshinli akkumulyatorlarda elektrolit sifatida va boshqalarda ishlatiladi.Sulfat kislota ishlab chiqarishdagi zaharli gazlar (SO2 va NO2), shuningdek, SO3 va H2SO4 bugʻlari ancha xavflidir. Shuning uchun qurilmalarni yaxshilab germetiklash va shamollatish kerak. Sulfat kislota terini kuchli kuydiradi, u bilan ishlaganda himoya vositalari (koʻzoynak, rezina qoʻlqop, fartuk, etik)dan foydalanish zarur. Akumulatorlarga ham bu kislota quyiladi.Sulfat kislota xalq xo`jaligining hamma tarmoslarida keng sollaniladi va uning ishlab chiqarish miqdori uzluksiz ortib bormokda. Sulfat kislota mineral o`g`itlar - superfosfat va ammoniy sulfat ishlab chiqarishda aynissa ko`p ishlatiladi. Masalan,suvsiz bir tonna superfosfat (ftorapatitdan) olish uchun 600 kg 65% li sulfat kislota sarflanadi. Umumiy ishlab chiqariladigan hamma sulfat kislotaning yarmi mineral o`g`itlar ishlab chiqarish uchun sarflanadi. Suyuq yoqilg`ilarni qayta ishlash, ya`ni kerosin, parafin, surkov moylari hamda, to`yinmagan uglevodorodlarni oltingugurtli birikmalardan tozalashda ko`p miqdorda sulfat kislota ishlatiladi. Sulfat kislota ko`pgina organikm sintezlarda keng qo`llaniladi. Masalan,organik birikmalarni sulfatlab sulfokislotalar, ionitlar, turli bo`yoqlar olinadi. Bundan tashqari, sulfat kislota nitrolash reaksiyasi bilan nitrobenzol, nitrosellyuloza va nitrogliserin olishda suvni tortib oluvchi birikma sifatida ishlatiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |