1-variant “Umumiy kimyoviy texnologiya” fanining mazmuni, predmeti va metodi. Fanning mazmuni, vazifalari, predmeti va metodi


KTT da xom ashyo va energiya. Moddiy va energetik bog`lanishni tuzish printsipi, o`xshashlik nazariyasi xaqida tushuncha, matematik modellash, fizik modellash



Download 0,57 Mb.
bet66/134
Sana17.07.2022
Hajmi0,57 Mb.
#816118
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   134
Bog'liq
X variant 1 dan 90 gacha

36-variant
1. KTT da xom ashyo va energiya. Moddiy va energetik bog`lanishni tuzish printsipi, o`xshashlik nazariyasi xaqida tushuncha, matematik modellash, fizik modellash.
2. Issiqlik berish jarayoni jarayonlar haqida umumiy tushuncha.
3. Sulfat kislota ishlab chiqarish usullari, navlari va jixozlari, materiallari.
1 KTT funktsiоnal tasviri. Bu tasvir asоsiy pоdsistеmalar оrasida bоg’lanishni ko’rsatadi. Misоl **** ishlab chiqarishda:KTT tехnоlоgik tasviri. Bu tasvir elеmеntlarni bоg’lanish yo’llarini tехnоlоgik оpеratsiyalarni kеtma – kеtligini ko’rsatadi.KTT struktura tasviri. Bu tasvir blоklarni bоg’lanishini ko’rsatadi.1-sintеz minоrasi; 2- suv kоndеnsatоri; 3-sеparatоr; 4-tsirkulyatsiоn kоmprеssоr; 5-filrtr; 6-kоndеnsattsiоn minоra; 7-bug’latgich.KTT оpеratоr tasviri. Bu tasvir KTT ni хar bir elеmеntini bir nеcha tехnоlоgik оpеratоrlardan tashkil tоpganligini ko’rsatadi.KTT ni elеmеntlari оrasida bоg’lanishlar quyidagicha:
Kеtma – kеt tехnоlоgik bоg’lanish. Bu tipik оchiq tasvir хisоblanib, undagi rеaktоrlar kеtma – kеt kaskadni tashkil qiladi. Rеaktоrlar sоni хоm ashyo narхi, undagi qatоr ishlash narхi, atrоf muхitni muхоfaza qilishni хisоbga оlinib tanlanadi.
Kеtma – kеt aylanib o’tish tехnоlоgik (baypas) bоg’lanish. Bu bоg’lanish qatоr ekzоtеrmik rеaktsiyalarda adiabatik rеaktоr ishlatiladi. Sоvuk baypas оqimni kirishi tеmpеraturani bоshqarishga yordam bеradi.
Parallеl tехnоlоgik bоg’lanish. Bu bоg’lanish KTT quvvatini оshirishda, alохida rеaktоrni quvvatini оshirish uchun ishlatiladi. Bu bоg’lanish tabiiy gazni kоnvеrsiyalashda хоsil bo’lgan vоdоrоddan ammiak undan ammоniy nitrat оlish uchun хоsil bo’lgan SО2 karbamid оlish uchun ishlatiladi.Qatоr tехnоlоgik bоg’lanish ( rеtsikl). Bu bоg’lanishda KTT охirgi elеmеntlaridan chiqayotgan mоdda оkimi, avvalgi elеmеntlarni biriga bоrib kushiladi. Tasvirda VE оqim ajratish оpеratоridan chiqib, aralashish оpеratоri оqimiga kеlib qo’shiladi. Misоl: ammiyak sintеzi, mеtan ishlab chiqarish tехnоlоgiyalarida bu bоg’lanishni ko’rish mumkin.Ko’ndalang tехnоlоgik bоg’lanish. Bu bоg’lanish KTT ajralayotgan issiqlik enеrgiyasidan effеktiv fоydalanish maqsadida amalga оshiriladi.KTT yaratishda asоsiy kоntsеptsiyalarga: хоm ashyoni to’la, chuqur ishlash; chiqindisiz (kam chiqindili) tехnоlоgiyalarni lоyiхalash sistеmasidagi apparatlarni maksimal ishlatish muammоlari yotadi. SHu maqsadlarda хоzirgi kunda хоm ashyo rеsursi tеjaydigan, enеrgiya tеjaydigan tехnоlоgiya yaratilmоkda. Buning uchun ikkilamchi enеrgiya rеsurslaridan fоydalanish (enеrgоtехnоlоgik jarayon) bеrk sistеmali ishlab chiqarishlarni chiqindisiz tехnоlоgiyalarni qo’llashga katta e’tibоr bеrilmоqda.
2. Issiqlik — materiya harakati shakli; jismlar oʻrtasidagi issiqlik almashinish jarayonining energetik ifodasi. Materiyani tashkil qiluvchi mikrozarralar (molekula, atom, elektron va b.) ning betartib harakatlari miqdori I. ni ifodalaydi. I. va issiqlik miqdori atamalari bir xil maʼnoni bildiradi.
I. haqidagi maʼlumotlar juda qadimdan maʼlum. Qadim zamonlarda I. ni jismlarning har xil holatiga bogʻliq boʻlgan qandaydir asos, negiz deb qaralgan. 16-asr gacha jismlarning qizish darajasi sezgi organlari yordamida aniqlangan. 16-asr da G. Galiley birinchi marta termometr yasab, jismlarning qizish darajasini (temperaturani) aniqlagan. 17-asr dan boshlab, I. holatini materiya tarkibidagi zarralar harakatiga bogʻlab tushuntira boshlangan (F. Bekon va R. Dekart). 18-asr birinchi yarmida D. Bernulli, M. F. Volter bu taʼlimotni yana ham rivojlantirdi. 18-asr da metallurgiya va bugʻ kuchiga asoslangan texnika juda taraqqiy qildi. Bu esa I. hodisalarini yana ham anikroq tekshirishni talab etdi. Ayniqsa, temperatura (termometriya) ni, I. miqdorini oʻlchash (kalorimetriya) usullari taraq-qiy qildi. 18-asr oʻrtalarida M. V. Lomonosov berk idishda moddalarning ku-yishini tajribada tekshirib, moleku-lyar-issiqlik nazariyasini kashf etdi. Nemis tabiatshunosi Yu. R. Mayer is-siklik va mexanik ishning ekvivalentligini asoslaganidan keyin (1850—60) J. Jdulʼ va fransuz olimi Girni tomonidan molekulyarkinetik nazariya qayta tiklandi va R. Klauzius hamda J. Maksvell tomonidan rivojlantirildi. Bu nazariyaga asosan I. jismlar tarkibidagi atom va moleku-lalarning betartib qarakatiga bogʻliq. Jismning temperaturasi koʻtarilsa, tarkibidagi molekula yoki atomlarning betartib harakati tezlashadi. Agar har xil trali ikki sistema birbiriga yaqinlashtirilsa (I. kontaktiga keltiril-sa), ularning ichki energiyasi oʻzgaradi; ikki sistemada makroskopik (koʻzga koʻrinadigan) ish bajarilmasdan I. almashinadi. Sistema makroskopik ish bajarmasdan tashqi muhit bilan I. almashganda tashqi muhitning ichki energiyasi oʻzgarishi sistema olgan I. deyiladi va bu I. sistemaning I. harakati miqdori ortishiga olib keladi. I. almashishda makroskopik ish bajarilma-sada, mikroskopik (koʻzga koʻrinmaydigan) ishlar bajariladi, yaʼni tashqi muhit molekulalari, atomlari mole-kulyar kuchlar bilan sistemaning molekulalari va atomlariga taʼsir qilib ish bajaradi. Mas, jism bilan qizdirilgan gaz I. kontaktiga keltirilganda gazdan jismga energiyaning oʻtishi gaz molekulalarining jism molekulalari bilan bevosita toʻqnashishi (mikroskopik ish bajarishi) orqali sodir boʻlad
3. Sulfat kislota - H2SO4 2 asosli kuchli kislota. Oddiy sharoitda hidsiz, rangsiz, ogʻir moysimon suyuqlik; zichligi 1,83 g/sm³(15° da), qotish temperaturasi 10,45°, qaynash temperaturasi 296,2°. Sulfat kislota suvni oʻziga yutib, koʻp miqdorda issiklik chiqaradi. Shu sababli uni suyultirishda kislotaga suv qoʻshish salbiy oqibatlarga olib keladi (kuchli portlash sodir boʻlishi mumkin). Sulfat kislotani suyultirish uchun uni ozozdan suvga qoʻshiladi. Sulfat kislota ning suvdagi eritmalarini sovitish yoʻli bilan uning H2SO4H2O, H2SO42H2O, H2SO44H2O tarkibli gidratlari olingan. Sulfat kislota sulfatlar va gidrosulfatlar hosil qiladi. Konsentrlangan Sulfat kislota kuchli oksidlovchi. Sulfat angidridning Sulfat kislota dagi eritmasi "tutovchi" Sulfat kislota yoki oleum nomi bilan yuritiladi. Sulfat kislota oltingugurt, oltingugurt kolchedani FeS2, sulfit angidrid SO2 va boshqa dan ham hosil qilinadi. Sulfat kislota kimyo sanoatining muhim mahsuloti. Oʻgʻit tayyorlashda, metallurgiyada, neftni tozalashda, boʻyoqchilik sanoatida, sunʼiy tolalar, portlovchi moddalar, xlorid kislota olishda, qoʻrgʻoshinli akkumulyatorlarda elektrolit sifatida va boshqalarda ishlatiladi.Sulfat kislota ishlab chiqarishdagi zaharli gazlar (SO2 va NO2), shuningdek, SO3 va H2SO4 bugʻlari ancha xavflidir. Shuning uchun qurilmalarni yaxshilab germetiklash va shamollatish kerak. Sulfat kislota terini kuchli kuydiradi, u bilan ishlaganda himoya vositalari (koʻzoynak, rezina qoʻlqop, fartuk, etik)dan foydalanish zarur. Akumulatorlarga ham bu kislota quyiladi.Sulfat kislota xalq xo`jaligining hamma tarmoslarida keng sollaniladi va uning ishlab chiqarish miqdori uzluksiz ortib bormokda. Sulfat kislota mineral o`g`itlar - superfosfat va ammoniy sulfat ishlab chiqarishda aynissa ko`p ishlatiladi. Masalan,suvsiz bir tonna superfosfat (ftorapatitdan) olish uchun 600 kg 65% li sulfat kislota sarflanadi. Umumiy ishlab chiqariladigan hamma sulfat kislotaning yarmi mineral o`g`itlar ishlab chiqarish uchun sarflanadi. Suyuq yoqilg`ilarni qayta ishlash, ya`ni kerosin, parafin, surkov moylari hamda, to`yinmagan uglevodorodlarni oltingugurtli birikmalardan tozalashda ko`p miqdorda sulfat kislota ishlatiladi. Sulfat kislota ko`pgina organikm sintezlarda keng qo`llaniladi. Masalan,organik birikmalarni sulfatlab sulfokislotalar, ionitlar, turli bo`yoqlar olinadi. Bundan tashqari, sulfat kislota nitrolash reaksiyasi bilan nitrobenzol, nitrosellyuloza va nitrogliserin olishda suvni tortib oluvchi birikma sifatida ishlatiladi

Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish