33-variant
1. Kimyo texnologik tizimi.KTT haqida tushuncha.
2. Issiqlik o‘tkazish asoslari jarayonlar haqida umumiy tushuncha.
3. Metan konversiyasi jarayonini tushuntiring.
1. Kimyoviy texnologiya - tabi iy xom ashyo, sanoat chiqindilari, shuningdek, sintetik yarim mahsulotlarni kimyoviy yoʻl bilan qayta ishlab, isteʼmol mahsulotlari va ishlab chiqarish vositalariga aylantirishning iqtisodiy va ekologik jihatdan qulay usullari va jarayonlari haqidagi fan. Kimyoviy texnologiya usullari va jarayonlarining fizik-kimyoviy sharoitlarini tekshirish, texnologik jarayonlarning sxemalarini ishlab chiqish, asbob va uskunalarning tuzilishi va ularni tayyorlash uchun zarur materiallarni aniqlash Kimyoviy texnologiya ning vazifasidir. Har qanday Kimyoviy texnologiya jarayonining asosiy elementlari — xom ashyo, energiya, asbob va uskunalardir. Kimyo, metallurgiya, qurilish materiallari, yoqilgʻi, toʻqimachilik, koʻn, oziq-ovqat va boshqa sanoat tarmoqlarida Kimyoviy texnologiya usullaridan foydalaniladi. Bundan tashqari, ishlab chiqarish usullari va jarayonlarining umumiy, muhim asoslari va qonuniyatlarini oʻrganadigan umumiy Kimyoviy texnologiya ham mavjud. Kimyoviy texnologiya tayyor mahsulot olish maqsadida xom ashyo va yarim mahsulotni tayyorlash, uning holati, xossalari, shaklini maʼlum ishlab chiqarish vositalari yordamida oʻzgartirish usullari va jarayonlarini oʻrganadi. Kimyoviy texnologiya anorganiq moddalar texnologiyasi (kislota, ishqor, soda, tuz, mineral oʻgʻitlar va boshqa sanoati) va organiq moddalar texnologiyasi (sintetik kauchuk, plastmassa, kimyoviy tolalar, boʻyagich moddalar, spirt, organiq kislotalar va boshqa sanoati)ga boʻlinadi.
2. Issiqlik oʻtkazuvchanlik - biror muhitda uning turli qismlaridagi temperaturaning muvozanat qiymatidan chetlashishi natijasida issiqlik oqimining vujudga kelishi hodisasi. I. oʻ. issiqlik oqimi zichligi bilan uni vujudga keltirgan moddadagi temperatura gradiyenti orasidagi proporsionallik koeffitsiyenti — I. oʻ. koeffitsiyenti % bilan ifodalanadi. Har xil jism is-siqlikni turlicha oʻtkazadi. Baland haroratli muhitda termik qo‘zg‘algan metall atomlari o‘ziga qo‘shni bo‘lgan atomlar bilan ham to‘qnasha boshlaydi va issiqlik harakati energiyasini o‘ziga qo‘shni atomga uzatadi. Shu tarzda, qo‘shni atomlar ham tez qizib, muhit haroratigacha isiydi. o‘z energiyasini qo‘shni atomga bergani hamonoq, olovga eng yaqin turgan atomlar ushbu energiyani yana tezkorlik bilan olovdan kelayotgan issiqlik energiyasi hisobidan kompensatsiyalaydi va yana qo‘shnisiga energiya uzatadi.Shu tarzda, atomlararo zanjir orqali issiqlik metall bo‘ylab tezkorlik bilan tarqaladi va butun metall bo‘ylab yoyiladi. Shunday qilib, issiqlik o‘tkazuvchanlik bu - issiqlik o‘tkazuvchan moddani tashkil qiluvchi atom yoki molekulalarning o‘zaro to‘qnashishi orqali issiqlik uzatilishi va issiqlik almashinishi jarayonlarini asoslab berar ekan. Ya'ni, issiqlik harakati butun jism bo‘ylab tarqaladi; lekin, bu jarayonda issiqlikni bir-biriga uzatadigan atom va molekulalarning o‘zi harakatlanmaydi. Ular o‘z joyida mustahkam o‘rnashgan holda, issiqlikni qo‘shnisidan olib qo‘shnisiga uzatadi va shu tarzda, issiqlik almashinish jarayonida ishtirok etadi. Biz yuqorida keltirgan misolda, ΔT - qoshiqning sho‘rvaga botib turgan qismidagi harorat va uning tashqarida, xona haroratida turgan qismi, ya'ni, sopidagi harorat ko‘rsatkichlari ayirmasiga teng bo‘ladi. A - qoshiqning ko‘ndalang kesim yuzasi; R esa har bir metall uchun o‘ziga xos bo‘lib, maxsus ma'lumotnoma-jadvallardan aniqlanadi. Formulaga qarab shu narsani oson payqash mumkinki, haroratlar farqi va metallning ko‘ndalang kesim yuzasi qanchalik katta bo‘lsa, ushbu metall orqali shunchalik ko‘p issiqlik miqdori o‘tkaziladi. Shu bilan birga, agar haroratlar farqi va metallning ko‘ndalang kesim yuzasi ma'lum bo‘lsa, unda bunday metall orqali issiqlik o‘tkazuvchanlik ko‘rsatkichi, mazkur metallning issiqlik qarshiligiga teskari proporsional bo‘ladi. Ya'ni, metallning issiqlik qarshiligi qanchalik baland bo‘lsa, uning issiqlik o‘tkazuvchanligi shunchalik yomon bo‘ladi
3. Metanning konversiya jarayonini avtomatlashtirishtirilgan funksional sxemasini tuzish hamda metanni konversiyalash jarayonida nazorat qilinadigan, rostlanadigan va boshqariladigan parametrlarni o’rganish.
Zavod kollektoridan kelayotgan tabiiy gaz 1,2 MPa bosim ostida ammiakni sintez qilish bo`limidan kelayotgan azot vodorod aralashmasi (AVA) bilan 10:1 nisbatda aralashadi va keyin trubasimon pech 1 ga yo`naladi , u erda gazlar aralashmasi tutun gazlari bilan ≈ 400°S gacha isitiladi. Keyin u oltingugurtli organik birikmalarni vodorod sul’fitgacha gidratlovchi apparat 2 ga yo`naltiriladi. Keyin vodorod sul’fiddan tozalangan tabiiy gaz suv bug’i bilan bug’-gazning 4 ga teng nisbatida aralashtiriladi.Olingan bug’ - gaz aralashmasi trubasimon pechning konvektiv qismida joylashgan isitkichga yo`naltiriladi, u erda aralashma temperaturasi tutun gazlari issiqligi hisobiga 500-550°S gacha ko`tariladi.Isitilgan bug’-gaz aralashmasi keyin trubasimon pechning radiatsion kamerasiga o`rnatilgan reaktsion trubalarga kelib tushadi, ularda nikelli katalizatorda tabiiy gazning suv bug’i bilan konversiyasi yuz beradi. Reaktsiya uchun zarur issiqlikni trubasimon pechda tabiiy gazni yoqib olinadi. Trubasimon pechda yoqilg’i yonishi natijasida hosil bo`ladigan tutunli gazlar atmosferaga tutun so`rgich 9 bilan chiqarib tashlanadi. Reaktsion trubalarda qoldiq metanning taqriban 10% ini ichiga olgan konvertirlangan gaz 800-830°S temperaturada shaxta reaktori 3 aralashtirgichiga keladi. SHu erga 3 MPa bosim ostida trubasimon pechning konvektiv qismida 500°S gacha qizdirilgan texnologik havo uzatiladi.Shaxtali reaktor 3 da trubasimon pechdan so`ng gazda qolgan metannng deyarli to`la konversiyasi amalga oshiriladi va olinadigan texnologik gaz tarkibiga ammiakni sintez qilish bosqichi uchun zarur azot kiritiladi.Shaxta reaktorining yuqori qismining bo`sh fazosida trubasimon pechdan kelayotgan konvertirlangan gazdagi vodorod va metanning bir qismi havodagi kislorod bilan birga yonib ketadi; bunda qolgan metanning shaxta reaktoridagi nikelli katalizatoridagi suv bug’i bilan endotermik reaktsiya uchun zarur issiqlik ajraladi.Shaxta reaktorining chiqishida 980-1000°C temperaturada qoldiq metan miqdori ≈ 0,5% bo`lgan konvertirlangan gaz olinadi.Metan konversiyasining ketma-ket ikki bosqichli konversiya jarayonini amalga oshirishda, unda birinchi bosqichda bug’ konversiyasi o`tadi (trubasimon pechda), ikkinchi bosqichda bug’-xavo konversiyasi (shaxtali konversiyagacha) o`tadi, shaxta reaktori chiqishidagi konversiyalangan gazning tarkibi trubasimon pechning chiqishidagi konversiyalangan gazning tarkibi, bosimi va temperaturasi bilan aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |