1-variant “Umumiy kimyoviy texnologiya” fanining mazmuni, predmeti va metodi. Fanning mazmuni, vazifalari, predmeti va metodi



Download 0,57 Mb.
bet70/134
Sana17.07.2022
Hajmi0,57 Mb.
#816118
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   134
Bog'liq
X variant 1 dan 90 gacha

2.Gazlarni tozalash - sanoat korxonalaridan ajralib chiqayotgan gazlarni ortiqcha (qattiq, suyuq va gaz holidagi) aralashmalardan xoli qilish jarayoni. I. ch. jarayonlarida hosil boʻladigan gazlar tarkibida har xil qoʻshimcha moddalar boʻlishi tabiiy. G. t. natijasida qimmatbaho mahsulotlar ushlab qolinadi, keyingi qayta ishlash jarayoniga yomon taʼsir qiladigan yoki apparatlarni yemiradigan zararli moddalar ajratiladi, tashqi havoga chiqadigan iflosliklar kamaytiriladi. G. t.da gazlardagi qoʻshimcha moddalarni suyuqliklarga yuttirish (adsorbsiya); elektrostatik kuchlar taʼsirida yoki ogʻirlik kuchi taʼsirida choʻktirish; suv bilan tozalash; filtrlash usullaridan biri; absorber, adsorber va b. apparatlar ishlatiladi.
Tashqi silindming osti konus- simon shaklda bo‘lib, u yerda chang zarralari to'planadi va chiqarib oli­nadi. Changli zarralar katta tezUkda siklon apparatiga maxsus teshikdan kirib aylanib changdan tozalanib ikki silindr orqali apparatdan chiqadi.

Markazdan qochma kuch ta’sirida chang zarralari tashqi silindming ichki devoriga urilib, so‘ngra ostiga yig‘iladi. Bunday siklonlar diametri 6 mkm dan katta bo‘lgan chang zarralarini yaxshi ushlab qoladi.


gazlami filtrlash orqali chang ushlash usulida changlangan gazlar gazlama filtridan o‘tkaziladi. Filtr materiali sifatida paxtajun, sintetik, tola, shisha tola, asbest yoki ular asosida tayyorlangan gazlama hamda g‘ovak keramik va metalokeramik buyumlar ishlatiladi. Bu usulda to‘liq chuqur tozalash imkoniyati tug‘iladi. Bu usulning ustunlik tomoni shundaki, qurilmalarni arzon yuqori darajada tozalaydi. Yuqori haroratli gazni ham agressiv gazlami ham tozalash mumkin. Uning kamchiligi shundaki filtr gaz oqimiga katta gidravlik qarshilik ko‘rsatadi va filtr yuzasi tez chang zarralari bilan bitib qoladi. Shuning uchun ham bu usul tozalashning so‘nggi bosqichida qo'llaniladi.
ho‘l holatda tozalash usuli katta yuzali fazalar kontaktiga gazni suv bilan yuvishga hamda tozalaniladigan gazni suv bilan intensiv aralashtirishga asoslangandir. Bu usul chang, kul zarrachalarini hamda suyuqlikning har qanday kattalikdagi tomchilarini ushlab qolish uchun qo'llaniladi. Bu gazni tozalashning yakuniy bosqichida qo'llaniladigan mexanik tozalashning eng ishonchli usulidir. Ho‘l holatda tozalash konstruksiyaning oddiyligi va ishlatish osonligi bilan ajralib turuvchi maxsus nasadkali minoralarda olib boriladi.

3. Oltingugurt (Sulfur), S - Mendeleyev davriy sistemasining VI guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib rakami 16, atom massasi 32,064. Tabiiy Oltingugurt 4 ta barkaror izotop 32S, 33S, 34S, 36S dan iborat. Sunʼiy radioaktiv izotoplari 3IS, 35S, 37S ham olingan. Yer poʻstining massa jihatdan 5410~2% ini tashkil qiladi. Dengiz suvida 0,08—0,09% Oltingugurt bor. Tabiatda erkin (tugʻma Oltingugurt) va birikmalar holida uchraydi. Oltingugurtning eng muhim tabiiy birikmalari metall sulfidlari, mas, FeS2 — temir kolchedan (pirit), ZnS — aldama pyx, PbS — qoʻrgʻoshin yaltirogʻi yoki glenit, Cu2S — mis yaltirogʻi va h.k. Oltingugurt sulfatlar holida (angidrit CaSO4 gips CaSO4-2H2O, ogʻir shpat BaSO4, glau-ber tuzi va q.k.) ham uchraydi. Bundan tashqari, Oltingugurt kumir, slanets, neft, tabiiy gazlar, hayvon va oʻsimlik organizmlarida organik va anorganik birikmalar xrlida mavjud. Mas, oqsilda 0,8—2,4% Oltingugurt bor. Tugʻma Oltingugurt Meksika, AQSH, Italiya, Yaponiya, MDH mamla-katlarida bir necha allotropik koʻrinishlarda uchraydi. Ulardan muhimlari romb va monoklin singoniyali Oltingugurtdir. Romb panjarali Oltingugurt sariqtusli, zichligi 2,07 g/sm³ (20°da), suyuqlanish temperaturasi 112,8°, qaynash temperaturasi 445°. Sak-kiz burchakli halqasimon Sg tarkibli molekulalardan tuzilgan. Monoklin Oltingugurt prizma shaklidagi tiniq kristallardan iborat, zichligi 1,96 g/sm³, suyuqlanish temperaturasi 118,9°. Oltingugurt qizdirilsa, 112,8° da erib, sariq tusli harakatchan suyuqlikka aylanadi. 160°da qoʻngʻir tusga kirib, qovushoq boʻlib qoladi. Oltingugurt metalloidlar jumlasiga kiradi. U inert gazlar, azot, yod, platina, oltina&n tashqari deyarli barcha elementlar bilan birikadi. Kis-lorodda 250°da, qavoda 360° da alangalanadi. Oltingugurt birikmalarda —2, +4 va +6 valentli. Ishqoriy metallar, mis, kumush va simob bilan xona temperaturasida, qizdirilganda faqat metallar bilan emas, balki metallmaslar bilan ham re-aksiyaga kirishadi. Mas, ftor bilan SF6, kislorod bilan SO2 hosil qiladi. Uning vodorodli birikmasi — vodorod sulfid H2S 350°da Oltingugurt ustidan vodorod oʻtka-zib, shuningdek, SO2 ni qaytarib, H2S ni oksidlab hosil qilinadi. Oltingugurtning juda koʻp birikmalari maʼlum. Oltingugurt konlardan (tugʻma Oltingugurt holida) qazib olinadi. Shoʻrtang gaz kompleksida shu usulda guvalasimon (komovaya) Oltingugurt olinadi. Oltingugurtning 50%ga yaqini sulfat kislota, 25% ga yaqini sulfat sellyuloza, qolgan qismi rezina sanoatiga, sunʼiy tola, portlovchi moddalar ishlab chiqarishga, organik sintez va tibbiyot ehtiyojlariga sarflanadi.[1]



Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   134




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish