2-savolgajavob. Кимё саноатида газларни трубалар оркали узатиш ва сийраклантириш учун улар сиқилади. Бу сиқилган газлар суюқликларни аралаштириш, сочиб бериш учун ишлатилади. Газларни сиқиш ва узатиш учун компрессорлар ишлатилади. Сиқилган газ босими Р2 нинг сиқилмаган газ босими Р1 га нисбати сиқиш даражаси дейилади. Сиқиш даражаси катталигига караб компрессор машиналар куйидаги турларга бўлинади: 1. Вентиляторлар (Р2 / Р1 =1,1) - кўп микдордаги газларни узатиш учун ишлатилади. 2. Газодувкалар (1,1< Р2 / Р1 3) - юқори босим хосил килиш учун ишлатилади. 4. Вакуум насослар - босими атмосфера босимидан паст бўлган газларни суриш учун ишлатилади. Ишлаш принципига кура компрессорлар хажмий ва парракли бўлади. Хажмий компрессорларда газ босими унинг хажмини мажбурий камайтириш хисобига ортади. Улар трубокомпрессорлар ҳам дейилади ва марказдан қочма куч таoсирида ишлайдиган вентилятор ва турбогазодувкаларга бўлинади. Поршенли компрессорлар кам микдордаги газларни катта босимларгача сиқишда ишлатилади. Трубокомпрессорлар эса аксинча, катта микдордаги газларни нисбатан паст босимларда узатиб беришга мулжалланган. Газларни сиқиш натижасида унинг хажми, босими узгариши билан харорати кутарилиб, иссиклик ажралиб чикади. Назарий жихатдан газ икки хил жараёнда сиқилади. Сиқиш вактида ажралиб чиккан иссиклик ташки муҳитга тортиб олинса изотермик, агар факат газни иситиш учун сарфланса адиабатик жараён дейилади. Изотермик жараёнда иссиклик ажратиб олиниб турилгани учун, газнинг ва жараённинг харорати узгармас бўлади. Адиабатик жараёнда ташки муҳит билан иссиклик алмашмайди. Хакикатда эса сиқиш вактида ажралган иссикликнинг бир кисми ташки муҳитга таркалади ва колган кисми газни иситишга сарфланади.
3-savolgajavob. Har bir modda harorat va bosim oʻzgarishiga qarab qattiq, suyuq va gaz holatda boʻladi. Mac, suv qattiq (muz), suyuq (suv) yoki gaz (bugʻ) holatda boʻlishi mumkin. Gazlar molekulalari siqiluvchan, harakatchan, zichligi juda kichik, birbiri bilan tez aralashadi. Gazlar tashqi taʼsir boʻlmaganda idish hajmining hammasini egallaydi. Gazlar molekulalari orasidagi tortishish kuchi qattiq va suyuq jism molekulalarinikidan ancha kichikdir. Normal bosim va temperaturadagi Gazlar holati Klapeyron tenglamasi ifodalanadi Bu tenglamada molekulalarning oʻzaro taʼsir kuchi va xususiy hajmi hisobga olinmagan, shuning uchun bu qonunga boʻysunuvchan Gazlar ideal Gazlar deyiladi. Tabiatda ideal Gazlar yoʻq, lekin normal sharoitdagi va yana ham yuqori temperatura va past bosimdagi Gazlarga Klapeyron tenglamasini tatbiq qilish mumkin. Van-der-Vaals tenglamasiga boʻysunuvchi Gazlar real Gazlar deyiladi. Normal sharoitda Gazlarda issiqlik oʻtkazuvchanlik, diffuziya hodisalari va boshqa ichki hodisalar kuzatiladi Adiabatik jarayon – tashqi muhit bilan issiqlik almashinuvisiz oʻtadigan termodinamik jarayon. Adiabatik jarayon oʻtishi uchun jism butunlay issiqpik oʻtkazmaydigan qatlam (chegara) bilan ajratilgan boʻlishi kerak. Tashqi muhit bilan sezilarli 192miqdorda issiqlik almashinib ulgura olmaydigan darajada tez oʻtadigan ja-rayonlar ham Adiabatik jarayonga juda yaqin boʻladi. Tovushning gazlar va boshqa jismlarda tarqalishi bunga misol boʻla oladi. Jism Adiabatik jarayon davomida ish bajarganda uning ichki energiyasi kamayadi. Ideal gaz Adiabatik jarayon davomida ish bajarganda (ken-gayganda) uning temperaturasi pasayadi. Aynan shu hodisadan gazlarni suyultirishda foydalaniladi. Toʻyingan bugʻ adiabatik kengayganida hoʻllanadi. Atmosferada sodir boʻladigan koʻpgina jarayonlarni Adiabatik jarayon deb qarash mumkin.Izotermik jarayon deb oʻzgarmas haroratda tizim holatining oʻzgarishiga aytiladi.[1] Bu jarayonda harorat sobit qoladi: ΔT = 0. Havoning asta-sekin siqilishini yoki meshdan gazni soʻrib chiqarganda nasos porsheni ostida gazning kengayishini taxminiy oʻlaroq izotermik jarayon, deb hisoblash mumkin. Izotermik jarayonni oʻtkazish uchun odatda tizimga termostat oʻrnatiladi. Bunda jarayonning kechishi yanada tezlashadi. Tizim harorati esa termostat haroratidan farq etmaydi.