1-chizma. Yorug’lik filtriga tushayotgan va chiqayotgan oqimlar. Absorbsion yorug’lik filtrlar. Spektrning ko’rinadigan sohasidan u yoki bu qisimni ajratib olish uchun ko’p miqdordagi absorbsion yorug’lik filtrlari mavjud.
2 -v 3-s: optik tadqiqotlarda apparat funksiyaning ta’sirini e’tiborga olish va uning zamonaviy usullari 3-v 1-s: Spektral qurilmalarning optik sxemalari va ishlash tamoyillari
3-v 2-s: yorug’lik filtlarini amaliyotda qo’llanishi Yorug’lik filtrlari spektridan ma’lum bir spektral qismini ajratib olish uchun xizmat qiladi. Ko’p hollarda ular bo’yalgan jihatdan plyonkalar, bo’yalgan shishilar yoki plastiklar organik shishalar ko’rinishidagi yutuvchi muhitlarda yoki yorug’likni yutuvchi eritmalardan tayyorlanadi. Absobrsion yorug’lik filtrlaridan tashqari hozirgi vaqtda laboratoriya amaliyotida interfirension yorug’lik filtrlari kirib kelayapti. Dispersimon va qaytaruvchi yorug’lik filtrlari kamroq ishlatiladi. Absorbsion yorug’lik filtrlari o’tkazuvchanlikning spektral egriligini va integral koeffitsiyentlari bilan xarakterlanadi. Bu narsa tushayotgan yorug’lik oqimining yorug’lik filtri qay darajada susaytirayotganini aniqlash uchun kerak bo’ladi. Berilgan tushayotgan nurlanish uchun o’tkazishining integral koeffitsiyenti. Yorug’lik filtrlarini o’tkazuvchanlik spektral sohasining yarim kengligini aniqlashga maksimumdan o’tkazuvchanlik koeffisientini aniqlashga yorug’lik filtri egriligini aniqlashga imkon beradi. Filtr spektrning tor sohasini ajratish uchun ishlatilganda o’tkazuvchanligi spektral egriligi tushayotgan uchlari tushadi, imkon boricha kengroq bo’lishi kerak. Afsuski, absorbsion filtrlar bilan ishlaganda egrilik odatda juda kichik bo’ladi.
Absorbsion yorug’lik filtrlari spektrning ko’rinadigan sohasidan u yoki bu qismni ajratib olish uchun ko’p miqdordagi absorbsion yorug’lik filtrlari mavjud. Masalan, simob lampasi uchun shisha va jilatin yorug’lik filtrlarining kombinatsiyalaridan iborat bo’lgan yorug’lik filtrlari ishlab chiqilgan. Ular simobning alohida chiziqlarini ajratib beradi va o’tkazuvchanlikni katta integral koeffitsiyenti bilan xarakterlanadi.Yaqin vaqtlargacha spektrning ultrabinafsha sohasi uchun suyuq yorug’lik filtrlaridan foydalanishga to’g’ri kelyapti. Buning uchun suyuqliklarning o’zi yoki ba`zi moddalarning suyuqlikdagi eritmasi ishlatiladi.Spektrning ultrabinafsha sohasi uchun ultrabinafsha qisqa sohasining u yoki bu qismini ajratuvchi yorug’lik filtrlari tayyorlash osonroq. Ultrabinafshani tor sohasi uchun shaffof bo’lgan ya`ni spektrning o’z to’lqinli sohasini ham ajratuvchi yorug’lik filtrlari tayyorlash biroz qiyinroq. Faqat ultrabinafsha uchun butunlay yoki kerakli darajada kuchli saqlab qoluvchi absorbsion yorug’lik filtrlarini tayyorlash undan qiyinroq. Ba`zan bu maqsadda brom va xlorning eritmalari ishlatiladi, 5 sm qalinlikdagi to’yingan brom bug’lari xona tempraturasida spektrning ko’k qismi uchun shaffofmas va yashil qismi uchun qariyib shaffofmas bo’lib hisoblanadi .
3-v 3-s:fabri-pero interferometri Yorug’lik interferensiyasi hodisasidan texnikada keng foydalaniladi. Bu hodisaga asosan ishlovchi asboblarga interferometrlar deyiladi. Interferometrlar yordamida sirtlarning tekisligi, ularning qalinligi, sindirish ko’rsatkichi, yorug’lik to’lqin uzunligi va boshqakattaliklarni aniqlash mumkin. Fabri-P’yero etaloni. Bu asbob odatda havo qatlamli yassi parallel plastinkadan iborat. Bu plastinka yaxshilab silliqlangan va jilolangan shisha yokm kvars plastinkalarning ikki yassi sirti orasida hosil bo’ladi. Plastinkalarning bir-biriga qaragan sirtlari qat’iy parallel qilib o’rnatiladi. Tashqi sirtlar odatda ichki sirtlarga bir oz burchak tashkil qilali (ponasimon), bunday qilganda tashqi sirtlardan qaytgan yorug’lik asosiy manzarani kuzatishga xalaqit bermaydi.
Yorug’lik yutilgan holda (yutilish koeffitsiyenti A) maksimumlar intensivligi kamayadi. Maksimumdagi intensivlik:
(11.10)
ko’rinishda bo’ladi.