1-v 3-s: Apparat filtrlarini umumiy xossalari Apparat funksiyasi – oʻlchov asbobining unda oʻlchangan kattalikni oʻlchanguncha boʻlgan haqiqiy qiymati bilan bogʻlovchi harakteristikam. Koʻp hollarda spektrofotometrlarning Apparat funksiyasi ni bilish talab qilinadi. Oʻlchov asbobining Apparat funksiyasi nazariy yoʻl bilan hisoblab topiladi. Mas, spektrometrning Apparat funksiyasi yoyuvchi element (prizma, difraksion panjara), kolli-mator koʻzgusi, tirqishning optik para-metrlari yordamida hisoblanadi. Spek-trometrning Apparat funksiyasi tajriba yoʻli bilan ham aniqlanishi mumkin. Bunda spektrometr kirish tirqishi v chastotali monoxro-matik nur bilan yoritiladi va spektromet-rda chastota oʻzgartirilganda shu chastota atrofidagi yorugʻlik oqimi taqsimoti oʻlchanadi, bu taqsimot asbobning Apparat funksiyasi ga mos keladi.Tasvir hosil qiluvchi optik asboblar (fotoapparat, teleskop, mikroskop va boshqalar)ning Apparat funksiyasi asbob hosil qilayotgan cheksiz kichik nurlanuvchi nuqtaning tasvirida-gi yoritilganlik taqsimotini koʻrsatadi. Ideal optik asbob nuqtaviy yoritqich tasvirini nuqta shaklida hosil qiladi va uning Apparat funksiyasi nuqtadan tashqarida nolga teng boʻladi. Real optik asboblarda nuqtaviy yoritqich tasviri yorugʻ dogʻ sha-kliga ega boʻladi va asbobning Apparat funksiyasi nuqta atrofida nolga teng emas. Asbobning Apparat funksiyasi uning ajrata olish qobiliyatini ham belgilaydi.
2-v 1-s: Spektral qurilmalarning asosiy xarakteristikalari Difraksion panjara bu spektral asbobdir. Spektral asbobning asosiy xarakteristikasi uning dispersiyasi va ajrata olish kuchidir.
Difraksion panjaraning dispersiyasi deb,bir-biridan to’lqin uzunligi bo’yicha 1 ga farq qiluvchi ikkita spektral chiziq orasidagi burchakli yoki chiziqli masofaga aytiladi. Burchakli dispersiya deb (15.11)
kattalikka aytiladi.
(15.12)
Chizig’iy dispersiya deb
(15.13)
kattalikka aytiladi.
Spektral asbobning ajrata olish kuchi deb quyidagi o’lchamsiz kattalikka aytiladi:
(15.14)
D emak, difraksion panjaraning ajrata olish kuchi spektrning tartibiga va tirqishlarning soniga proporsional bo’ladi.
Ikki yaqin spektral chiziqni ajratish imkoni faqat ular orasidagi masofagagina bog’liq bo’lmasdan balki, spektral maksimumning kengligiga ham bog’liq bo’ladi. Rasmdagi birinchi holatda A va B chiziqlar qo’shilib birta C maksimumni hosil qilali. Reley taklif qilgan kriteriyga asosan, ikkita maksimumni ajratish uchun ular orasidagi minimum maksimumlarning 80% ga yaqin yoki kichik bo’lishi kerak.