1-topshiriq. Jadvalni to‘ldiring: Falsafa fanining predmeti, maqsadi va vazifalari



Download 62,11 Kb.
bet6/12
Sana24.02.2022
Hajmi62,11 Kb.
#201452
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Falsafadan 1- topshiriq

Yangi va eng yangi davr

XVII -XVIII asrlar G’arbiy Evropa taraqqiyotida yangi davr hisoblanadi. Bu davr Evropa mamlakatlarida O’rta asrchilik feodal munosabatlari tugatilib, kapitalistik munosabatlar to’liq qaror topadi va rivojlana boshlaydi. Кapitalistik taraqqiyot tajribaviy bilimlarga ehtiyojni yanada shirib yubordi. Bu esa tabiatni, insonning o’zini, jamiyatni ilmiy o’rganish, bilishni taqazo qiladi va uni o’rganishni tezlashtiradi. Dengizlarda savdo munosabatlarining o’sishi kemasozlikning rivojlanishiga, kemalar Er shari bo’ylab ilmiy ekspedisiyalarning uyushtirilishi, yangi erlar, yangi qit’alarni ochilishiga olib keladi. Yangi geografik kashfiyotlar qilinadi. Natijada, tabiatshunoslik bilimlari, mexanika, matematika, fizika, kimyo, astronomiya sohalarida yangi-yangi tadqiqotlar olib borilib, O’rta asr sxolastikasi va diniy aqidalarni uloqtirib tashlanadi. Yangi ilmiy dunyoqarash shakllana boshlaydi. Bunda nemis olimi Кeplerning sayyoralarning harakati, qonunlarining, ingliz olimi Isaak Nyutonning olamning tortilish qonunlarini kashf etilishi, endi falsafa insonning amaliy hayoti va faoliyati uchun zarur bo’lgan ob’ektiv haqiqatni ochib beruvchi fan deb qarala boshladi.
Ana shu oliyjanob ishga bel bog’lagan ingliz faylasufi F.Bekon (1561-1626) bo’ldi. U falsafaning asosiy masalasi bilishning yangi uslubini yaratishdir deb chiqdi. Shu munosabat bilan Bekon fikricha, ilmiy bilishning maqsadi – insoniyatga foyda keltirishdir. Barcha fanlarning vazifasi insonning tabiat ustidan hukumroligini mumkin qadar ko’proq ta’minlashdir, deydi mutafakkir. Bilim – bu kuchdir, degan shior ham F.Bekonga mansubdir.
Bu yangi davrda tabiatni bilishga intilishning kuchayishi natijasida falsafada empirik va rasionalistik oqimlar vujudga keladi. Empirik oqimning asoschisi F.Bekon hisoblanadi. Uning qarashicha, tabiatni bilshning manbai bu - tajriba, eksperiment, kuzatishdir. Inson sezgi a’zolari orqali tabiat to’g’risida hosil qilingan faktlar, dalillar va ma’lumotlarni tajriba orqali tekshirishi, aniqlashi, undagi hato va kamchiliklarni bartaraf etish zarur. Shu asosda insoning tabiat to’g’risidagi to’g’ri, to’liq bilimlari hosil bo’ladi. Empirik uslubni Bekon yangi fanning quroli deb hisoblaydi. Uning ta’limoticha, muayyan, tanlangan uslubsiz bilishga harakat qilish tunda paypaslab yurishni eslatadi. Bunday holatda to’g’ri yo’lni topishdan oldin har bir narsani paypaslab ko’rishga to’g’ri keladi. Bundan ko’ra kunduz paytini kutish yoki chiroqni yoqish va undan keyin esa yo’lga chiqish afzal emasmi? Bilishning tajribaviy, empirik uslubi o’sha davrda tabiatni bilishga muhtoj bo’lgan fanning manfaatlariga javob beradi. Tasodifiy tajriba emas, balki izchil tarzda tashkil qilingan tajriba fan uchun behad darajada zarurdir. Tabiatni haqiqiy tushuntirish to’g’ri qo’yilgan tajribalarga bog’liq.
Shu bilan birga yana shuni alohida ta’kidlash lozimki, bu davr falsafasida ontologiya, ya’ni borliq va substansiya haqidagi ta’limotga ham katta e’tibor berilgan edi.
Bekon substansiya shakllarining xususiyatlariga tavsif berar ekan, substansiyani muayyan narsalar shakli bilan aynanlashtiradi. Uning fikricha, materiya sariqlik, moviylik, qoramtirlik, iliqlik, og’irlik va boshqa shunga o’xshash xosslaarga ega. Bu xosslarning turli birikmalaridan tabiatning rang-barang narsalari vujudga keladi.
Frensis Bekonning falsafa va fan tarixidagi eng katta hizmati - uning inson bilishining induktiv metodini ishlab chiqishidir. Uning fikricha, fanning xulosalari faqat rad etib bo’lmaydigan dalillardan kelib chiqishi kerak. Lekin tajribada ishonchli bilimga erishish uchun inson o’z ongidagi zararli sharpalardan ozod bo’lishi lozim. Ularni Bekon “urug’ sharpasi”, “g’or sharpasi”, “bozor sharpasi”, teatr sharpasi” deb ataydi.
Urug’ sharpasi – bu kishilik urug’iga tegishli bo’lib, uning natijasida odamlar o’zlarining sub’ektiv xususiyatlarini tabiat predmetlarining xususiyati deb qaraydi.
G’or sharpasi – bu kishilarning olam to’g’risidagi noto’g’ri tushunchasidir.
Bozor sharpasi – bu ko’p tarqalgan so’zlarni noto’g’ri ishlatish natijasida vujudga kelgan tushunchalardir.
Bekon insonni qurshab turgan moddiy dunyo turli tumanligini va uni bilish ham cheksiz ekanligini qayd etadi.
Agar Bekon ilmiy bilishning tajribaga asoslangan induktiv uslubini ishlab echiqib, fanga katta hissa qo’shgan bo’lsa, uning zamondoshi fransuz mutafakkiri Rene Dekаrt (1596-1650) esa, aksincha, ilmiy bilishning deduktiv uslubiga o’z e’tiborini qaratdi.
Dekart ta’limoticha, insonning tabiatni bilishining birdan-bir to’g’ri metodi bu aqlga asoslangan deduktiv metoddir.
Dekart o’zining bu qarashlarini «Metod to’g’risida mulohazalar» asarida bayon qiladi. U o’z asarida insonning tabiatni bilishida quyidagi talablarni ilgari suradi:
1. Haqiqat, deb qaralgan bilim faqat aql nuqtai nazaridan aniq, ravshan, shubhalardan holi bo’lgan nazariy xulosalari asosida chiqarilgan fikrlar bo’lmog’i lozim.
2. Har bir murakkab muammo yoki masalani ularning tarkibini tashkil qilgan muammo va masalalarga ajratish, bo’lish lozim.
3. Bilishda isbot bo’ladigan, ma’lum bilimlardan hali noma’lum va isbot qilinmagan bilimlarga o’tib borish zarur.
4. Tadqiqot haqidagi fikrlar - bilimlarni tashkil etgan mantiqiy xalqalardan xulosa chiqarishda birontasi ham tushirilib yoki e’tiborsiz qoldirmasligi lozim. Dekartning qarashlariga ko’ra inson bilishining birdan-bir manbai - bu tafakkur, aqliy salohiyatidir. Uning qarashicha, insonning sezgi a’zolari, tajribalari hamma vaqt ham to’g’ri bilim beravermaydi, shu sababli ularga inson o’z bilish jarayonida to’liq ishonmasligi zarur.
Yangi davr falsafiy fikrida o’rtaga qo’yilgan muammolardan biri - substansiya masalasi edi.
Bu davrda masalaning turlicha echimini ko’ramiz. Masalan, Dekаrt ruhiy va moddiy substansiya mavjudligini ko’rsatadi. Ruhiy substansiyaning eng muhim belgisi bo’linmaslik bo’lsa, aksincha, moddiy substansiyaning muhim belgisi bo’linuvchanlikdir. Ruhiy substansiyaning atributlari – bu tafakkur va ko’lamlikdir. Uning qolgan atributlari – tasavvur, hissiylik, hohish, fikrlash moduslar bo’lsa, moddiy substansiyaning atributlari – bu shakl, holat, harakat va tortiluvchanlikdir. Bundan ko’rib turibmizki, Dekart substansiya masalasini dualistik mavqedan turib hal qiladi.
Mashhur niderland faylasufi Benedikt Spinoza (1632-1677) Dekart dualizmiga materialistik monizmni qarshi qo’yadi, ya’ni ruhiylik va moddiylikni yagona bir substansiya sifatida talqin etadi. U ongimizdan tashqarida ob’ektiv ravishda mavjud bo’lgan, sabachi kuchga muhtoj bo’lmagan va o’ziga o’zi sabachi bo’lgan yagona substansiyani e’tirof etadi. Tabiat yaratuvchi kuchga va yaratilgan tabiatga bo’linadi. Yaratuvchi tabiat bu (Xudo) – yagona substansiya. Tabiat va Xudoni bir bilib, tabiatdan tashqaridagi, har qanday g’ayritabiiy oliy mohiyatning mavjudligini inkor etadi.
XVIII asrga kelib Evropa falsafiy tafakkuri XVII asr falsafiy g’oyayalarini davom ettirgan bo’lsada, bu davr falsafasini ma’rifat falsafasi deyish mumkin. Chunki, bu davrda, qomuslar va lug’atlar, pamfletlar va boshqa nashrlarda ilmiy va falsafiy g’oyalar keng ommaga tushunarli tarzda atroflicha bayon etilgan edi.

Download 62,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish