Uyg‘onish davri
|
Шарқ фалсафсининг уйғониш даври Ғарбий Европага нисбатан бир неча аср олдинроқ шаклланган бўлса ҳам, улар ўтасидаги умумийлик шундан иборатки, ҳар иккиси ҳам ғарб ва ҳам шарқда асосий эътибор фанга, илм томонга қартилган эди. Табиатни ўрганиш асосий масалалалардан бири бўлиб қолди. Хусусан Табиий-илмий қарашлар Шарқда, хусусан Марказий Осиёда Ибн Сино, Берунийлар ўз қарашларида кўпинча табиат ходисаларини ўрганишга қаратган эдилар. Sharq falsafiy tafakkurining yirik namoyodalri orasida Markiziy Osiyolik mashhur faylasuf, qomuschi-olim, Yaqin va O’rta Sharqda aristootelizm asoschilaridan biri Forobiy, buyuk faylasuf va tabib Ibn Sino, tabiiy-ilmiy yo’nalishda o’z asarlari bilan tanilgan Abu Rahon Beruniy va boshqalar bor. Ғарбда нисбатан уйғониш даври XIV va XVI asrlar G’arbiy Evropada Uyg’onish davri, deb yuritiladi. Bu uyg’onish dastlab Italiyada, so’ngra Evropadagi boshqa mamlakatlarda vujudga keladi. Bu davrda Evropa mamlakatlarida feodal munosabatlari ichida kapitalistik munosabatlar rivojlana boshlaydi. Ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi tabiatni, undagi predmet va hodisalarning qonuniyatlarini o’rganish tabiatshunoslik bilimlarining rivojlanishiga olib keladi. Ilg’or olimlar va mutafakkirlar dunyoviy ilmlarni din va sxolastika hamda cherkov hukumronligidan ozod qilish uchun kurash olib boradilar. Natijada, feodal reaksiyasiga qarshi burjuaziyaning, dinga qarshi fanning, sxolastik falsafaga qarshi yangi uyg’onish davri falsafasining kurashi yuzaga keladi.
Bu davrda astronomiya, matematika, mexanika, fizika, geografiya, fiziologiya sohasida olib borilayotgan ilmiy izlanishlar yanada kuchaydi. Tabiat bilimning yagona manbai va taraqqiyotining asosi bo’lib qoldi. Bularning hammasi inson aqlini o’rta asr sxolastikasidan ozod qilishni, uning e’tiborini tabiiy-ilmiy bilishning muammolariga qaratishni talab qilar edi. Ana shu tarixiy sharoitda o’z asarlari va yangi kashfiyotlari bilan O’rta sar sxolastikasini inkor etuvchi, insonning aql-zakovatini ulug’lovchi falsafiy qarashlarni o’z asarlarida aks ettiruvchi bir qancha ijodkorlar, olimlar va faylasuflar etishib chiqadi. Bunday qarashlarning dastlabki ifodasi sifatida Nikolay Кuzanskiyning (1401-1461) ta’limotini ko’rsatish o’rinlidir. U o’zining bir qator falsafiy g’oyalari bilan ko’zga ko’rindi. Avvalam bor, uning “borliq” haqidagi ta’limoti diqqatga sazovordir. Sxolastik falsafa “borliq” deganda xudoni tushungan bo’lsa, Кuzanskiy borliqdagi barcha predmetlarni tushunadi. “Borliq – bu hamma narsadir”, deydi u.
Nikolay Кuzanskiy ilgari surgan g’oyalar Nikolay Кopernik va Galileo Galileyning qarashlariga zo’r ta’sir ko’rsatdi.
Nikolay Кopernik(1473-1543). U o’zining 25 yil osmon jismlari ustida olib borgan kuzatishlarining natijasi sifatida 1543 yilda e’lon qilgan «Osmon jismlarining gir aylanishi» nomli kitobida Aristotel va Ptolomeyning cherkov rasmiy ravishda qabul qilgan geosentrik nazariyasini o’zining ilgari surgan geliosentrik gipotezasi bilan rad etadi.
Ma’lumki, geosentrik nazariyaga ko’ra, olamning markazi Er, u harakatsiz, boshqa barcha planetalar, yulduzlar, hatto Quyosh ham uning atrofida harakat qiladi va aylanib turadi. N.Кopernikning yaratgan geliosentrik gipotezasiga ko’ra, Er olamning markazi emas, uning harakatsizligi noto’g’ri. Aksincha, Er, avvalo, o’z o’qi atrofida harakat qiladi, bu harakat tufayli kun bilan tun yuzaga keladi; ikkinchidan, olamning markazida Er emas, Quyosh turadi, uning atrofida boshqa sayyoralar bilan birga, Er ham aylanadi, natijada, Erda to’rt fasl sodir bo’ladi. Кopernikning bu kashfiyoti tabiatshunoslik fanlarida juda katta voqea bo’lib, bu tabiatshunoslik fanlari rivoji uchun, dunyoviy ilmlarning rivojlanishi uchun tabiiy ona zamin rolini bajaradi.
Uyg’onish davrida paydo bo’lgan, tabiatni o’rganish asosida yuzaga kelgan falsafiy qarashlar O’rta asrlarda paydo bo’lgan diniy-sxolastik falsafiy qarashlar bilan olib borilgan kurashlari natijasida panteistik falsafiy ta’limot vujudga keladi. Bu oqimning shu davrda etishib chiqqan vakillaridan biri Jordano Brunodir(1548-1600). Uning ta’limoticha, moddiy olam birlamchi bo’lib, ong ikkilamchidir; moddiy olam mangu va abadiydir, uni hech kim yaratgan emas, moddiy olam mangu, u so’ngsiz va cheksiz, u cheksiz turlarda ifoda etiladi, undagi barcha predmet va hodisalar bir-birlari bilan bog’liq va aloqadorlikda. Olamda Quyosh sistemasidan tashqari yana sonsiz-sanoqsiz dunyolar mavjud. Olam bepoyon. Er esa ana shu bepoyon olamning zarrasidir. Brunoning bu qarashlari uchun uni Rim katolik cherkovi dahriylikda ayblab, Rimda olovda yondirib o’ldiradi.
Lekin J.Brunoning tabiiy-ilmiy va falsafiy qarashlari, Uyg’onish davri falsafasi taraqqiyotida muhim rol o’ynaydi. Chunki u O’rta asr diniy-sxolastik falsafaga qarshi dunyoviy bilimlarni din iskanjasidan, cherkov mulohazaronligidan xolos qilish, ozod etish uchun zamin yaratgan edi.
Uyg’onish davrida N.Кopernik J.Bruno izdoshi sifatida maydonga chiqqan buyuk olim, matematik, mexanik, fizik, astronom Galileo Galileyning(1564-1641) falsafiy va tabiiy-ilmiy qarashlari ham muhim rol o’ynaydi. U N.Кopernik gipotezasi, ya’ni Er o’z o’qi atrofida va Quyosh atrofida aylanishi g’oyasini qizg’in targ’ib qilib, u haqda o’zining «Dunyoning ikki sistemasi haqida suhbat» asarini yozadi. Bu asarda dinning va cherkovning diniy-sxolastik aqidalarini keskin tanqib qilib chiqadi.
Galiley o’z tajribalariga asoslangan holda yangi tajribaviy mexanikaga asos soldi. Jismlarning harakati doimiy kuch ta’siri natijasida doimiy harakat bilan amalga oshadi, deb o’ylardilar. Galiley esa, jismlarning harakati bir xil vaqt o’lchovida o’sha darajada oshib boradi, deydi. Uning ta’limoticha, birorta jismga berilgan harakat o’zidan-o’zi yo’qolib ketmaydi, balki uni bironta tashqi predmet qabul qilmaguncha to’g’ri chiziq bo’ylab tekis harakat qiladi.
Uning falsafasi mexanistik xarakterda bo’lib, u mutaasib ilohiyotchilik va sxolastik dunyoqarashga qarshi kurashda muhim rolni o’ynadi.
Cherkov inkvizasiyasi uni ham qamoqqa olib, Rimda sud qilishadi, «tavba qildirishadi». U sud jarayonida, go’yo o’z qarashlari noto’g’ri, ulardan qaytganligini tan oladi. Sud mulohazai o’qilib bo’lganidan keyin, sud zalidan, qamalmasdan, chiqib ketishi oldida, odamlarga qarata: «Baribir, Er o’z o’qi atrofida aylanadi» deb chiqib ketadi. Shunday qilib, Uyg’onish davrida tabiatni, olamni bilishning o’sishi, fanning din hukumronligidan ozod bo’lishida muhim rol o’ynaydi.
|
Шарқ фалсафасининг Ғарб фалсафасидан асосий фарқли жиҳати шундаки, бу ерда Уйғониш даври хусусан, Марказий Осиёдага илғор илмий ва фалсафий қарашлар Ғарбий Европага нисбатан тахминан 6 аср аввал бшланган эди десак, менимча тўғри бўлади. Яъни Шарқда фалсафий тафаккурнинг уйғониш даври 9-12 асрларни ташкил этади. Ғарбий Европадаги ренессанс даври эса 15 асрларга тўғри келади.
Xalifalar al-Mansur (754-776), Xorun ar-Rashid (786-809), Ma’mun (813-833) xukmronligi davrida hind va yunon adabiyotlarining tarjimalariga kizikish ayniqsa kuchaydi, Aristotel, Galen, Gippokrat, Arximed, Evklid kabi yunon faylasuflarining ilmiy merosi o’rganildi. IX asr boshida Bag’dodda «Dor ul hikmat» - «Bilim uyi» tashkil etildi. Bu dargohda xalifalikning turli shaharlaridan taklif qilingan olimlar astronomiya, tibbiyot, tarix, geografiya, kimyo, falsafa va boshka fanlarni sinchiklab o’rgandilar.
Bu davrda al-Xorazmiy, Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, va boshqa buyuk allomalar yashab ijod qildilar. Ular yaratgan asarlar ahamiyatiga ko’ra o’sha davrni Markaziy Osiyo uyg’onish davri deb nomlash mumkin. Uyg’onish davri fani va madaniyatining o’ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat:
birinchidan, barcha odamlarni ma’rifatli kilishga intilish, bu yo’lda o’tmish merosidan va qo’shni mamlakatlarning fan, madaniyat yutuklaridan foydalanish, tabiiy-falsafiy va ijtimoiy fanlarni rivojlantirish;
ikkinchidan, tabiatni o’rganish, tabiiy-ilmiy bilimlarni oqilonalikka tayanib rivojlantirish, aqlning kuchiga ishonish, asosiy e’tiborni haqiqatni bilishga qaratish, haqiqatni inson bilimining negizi deb bilish;
uchinchidan, insoga xos tabiiy, badiiy, ma’naviy fazilatlarni yuksaltirish, insonparvarlikni ulug’lash, barkamol avlodni tarbiyalashda oliy ma’naviy qonunlarga rioya qilish;
to’rtinchidan, universalizm – borliq va ijtimoiy hayotning barcha muammolariga qiziqish, bu davr madaniyatining muhim jihatlaridir.
Sharq falsafiy tafakkurining yirik namoyodalri orasida Markiziy Osiyolik mashhur faylasuf, qomuschi-olim, Yaqin va O’rta Sharqda aristootelizm asoschilaridan biri Forobiy, buyuk faylasuf va tabib Ibn Sino, tabiiy-ilmiy yo’nalishda o’z asarlari bilan tanilgan Abu Rahon Beruniy va boshqalar bor. O’rta asr Sharq falsafsining namoyondalari qarashlariga umumiy baho berib, shuni ham alohida ta’kidlash jizki, ular o’z dunyoqarashlarida panteistik tamoyildan kelib chiqib, tangri va borliq bir-biriga zid, bir-birini inkor etuvchi narsalar emas, aksincha, ular bir butun holda mavjudotni tashkil etadi. Abadiylik tangriga ham, moddiylikka ham xosdir.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |