Osiyosentrizm. XX asrlarga kelib tarixiy faktik materiallar asosida ma’naviyat, ma’rifat, madaniyatning o’choqlari Evropa emas balki Osiyodir degan g’oyalar shakllana boshladi. Biz bunday qarashlarni shartli ravishda “osiyosentrizm” deb atashimiz mumkin. Umumiy va general fikr shundan iboratki, butun tarix davomida insoniyat rivojining eng asosiy xududi Osiyo ekanligidadir. Asosiy va muhim madaniy yutuqlar ilk marta Evropada emas, balki aynan osiyo mamlakatlariga tegishlidir. Jamiyatning rivojlangan va murakkab shakli bo’lmish davlatning ham shakllanishi Osiyo kontinetining bir qancha joylarida paydo bo’lgan edi.
Iudaizm, zardo’shtiylik, dunyoviy dinlradan: buddaviylik, xristianlik va islom dinlarining kelib chiqqan joyi ham Osiyo mamlakatlaridir. Diniy munosabatlarda ham Evropa ancha vaqtgacha majusiylik holatlarini saqlab turgan edi. Eropada Osiyodagi kabi diniy faollik kuzatilmaydi. Mohiyatan, oz-moz mustaqil dinlarning shakllanishi Evropada keingi davrlarga to’g’ri keladi.
Falsafa va fan sohalarida ham ustunlik Osiyo mintaqalariga to’g’ri kelar ekan. Fanning vatani tarixadan ma’lumki Ikki daryo oralig’i hisoblanadi, shumerlar bir qator fanlarning, ya’ni matematika, astronomiya, tibbiyot, metallurgiya bilmlarning asoslarini shakllantirgan edilar. Qadimgi Hindiston, Xitoy va Yaqin Sharq xalqlari fanlarning taraqqiyotiga juda katta hissa qo’shganlar. Bungao’xshash misollarni juda ko’plab keltirishmiz mumkin. Xullas, mana shu kabi Osiyo xalqllari tomonidan fan va madaniyatga qo’shgan salmoqlqli hissalarini o’ta jarada mutlaqlashtirib yuborish va agarda Osiyodagi sivilizasiya bo’lmaganda Evropada ham sivilizasiya bo’lmas edi degan g’oya Osiyosentrizmning mohiyatini tashkil etadi.
Panislomizm oqimining vujudga kelishi o’sha davrda musulmon mamlakatlarida boshlangan muhim ijtimoiy-siyosiy o’zgarishlar, Evropa kapitalizmning imperialistik bosqichlarga o’tishi va Sharq mamlakatlaridagi ekspansiyaning kuchayishi, Sharq xalqlari o’rtasida mustalakachilar siyosatiga qarshi norozilik g’oyalarining tug’ilishi va unga qarshilik ko’rsatishining boshlanishi, Evropa kapitalizmining ta’siri ostida ayrim Sharq mamlakatlarida burjua munosabatlarining shakllanishi va rivojlanishi bilan bog’liq edi.
Panislomizmning g’oyaviy otalaridan biri Jamol Ad-din Al-Afg’oniy edi. Al-Afg’oniy faoliyatida ma’rifatparvarlik katta o’rin egallagan bo’lsa-da, lekin u asosan diniy islohchilik mafkurchisi bo’lgan.
Al-Afg’oniy mustamlakachilik siyosatiga qarshi kurash va Sharq xalqlaining mustaqilligini g’oyaviy sohada ta’lim-tarbiya, ilm-fanni rivojlantirish va ma’rifatparvarlik masalalari bilan bog’lar edi. Siyosiy sohada esa mustamlakachilarga qarshilik ko’rsatish maslasini Sharq xalqlarining birlashishi bilan bog’lar edi. Shu munosabat bilan u yagona islom davlatini vujudga keltirish, ya’ni “Islomiston” davlatini barpo etish g’oyalarini ilgari surdi. Кeyinchalik bu g’oya va u bilan bog’liq bo’lgan, Al-Afg’oniy asos solgan diniy-siyosiy oqim adabiyotda “panislomizm” deb nom oldi.
“Islomiston” nazariyasi tahlil qilinar ekan, uning ikki tomonini ob’ektiv nuqtai nazardan ko’rib chiqmoq lozim. O’rta asrdagi arab xalifaligi tipidagi islom teokratik davlatni tiklash va XIX asrning ikkinchi yarmida mustaqil davlatlarning hududlarida yashab kelayotgan barcha musulmon xalqlarni bir davlat qilib birlashtirishni ko’zda tutgan bu nazariya bir tomondan amalga oshmaydigan xayoldan iborat bo’lsa, ikkinchi tomondan, xalqlar o’rtasida o’rta asr tartibini o’rnatishga bo’lgan intilish sifatida o’ta salbiy xaraterga ega edi. O’sha davrda musulmonlar xalifasi unvonini o’zida saqlab kelgan Turkiya sultoni Abdul Hamid musulmon xalqlari ustidan o’z hukumronligini o’rnatish uchun ana shu nazariyadan foydalanishga urindi. Panislomizm g’oyalari panturkizm g’oyalari bilan chatishib ketdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |