Мавзу: ELEKTRON POCHTA VA FAKSIMAL ALOQA STRUKTURASI VA ISHLASH PRINSIPI
Mundarija:
KIRISH............................................................................................... 3
1. TARMOQ XIZMATLARI VA ULARNING TURLARI.......... 6
1.1. Tarmoq serveri …………………………………………………… 8
1.2. Tarmoq topologiyalari………………………………………......... 9
2. ELEKTRON POCHTA VA UNING IMKONIYATLARI......... 15
2.1. Elektron pochta................................................................................. 15
2.2. Elektron pochta xizmatidan foydalanish........................................ 16
2.3. Elektron pochta va undan foydalanish........................................... 21
3. FAKS – MODEM VA FAKSIMAL ALOQA............................... 32 3.1. Ma'lumotlarni uzatish bayonnomalari............................................ 33
3.2. Telefonli aloqa kanalari bo'yicha ma'lumotlarni uzatish bayonnomalari.......................................................................................... 34
3.3. Modemlarning turlari...................................................................... 36
3.4. Modemni tanlash bo'yicha qisqacha tavsiyalar............................. 41 XULOSA.............................................................................................. 44 ADABIYOTLAR RO`YXATI........................................................... 46
Kirish
O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so’ng uning oldida iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish uchun, madaniy va ma’naviy yangilanish uchun keng yo’llar ochildi. Mustaqillikning birinchi kunidan boshlab bozor iqtisodiyoti, ishlab chiqarish, zamonaviy texnalogiyani tadbiq etish va jahon iqtisodiy aloqalari tizimiga kirishning eng maqbul yo’llarini qidirish bilan bog’liq bo’lgan muammolarni mustaqil yechishga to’g’ri keladi.
Shu bois respublikaning barcha sohalarini texnik qayta qurollantirish, zamonaviy texnika va texnologiya bilan ta’minlash hamda xalqaro zamonaviy talablarga javob beruvchi telekommunikasiyali va kompyuterli aloqa tizimini rivojlantirish dolzarb masalalardan biri bo’lib qoldi. 1991 – 1994 yillarda O’zbekiston hamdos’tlik davlatlari orasida birinchilardan bo’lib axborotlashning yaxlit davlat siyosatini amalgam oshirishga asos soldi.
“Axborotlash haqida”gi, “EHM uchun dastur va ma’lumotlar bazasini huquqiy himoyasi haqidagi”, “Aloqalar haqidagi” qonunlar bilan O’zbekiston Respublikasini 2010 yilgacha axborotlash, qayta qurishning milliy dasturi va telekommunikasion tarmoqni rivojlanishining normativ huquqiy asoslari yaratildi va axborot resurslari rivojlanishi uchun iqtisodiy, tashkiliy shart-sharoit va kafillik ta’minlandi.
O’zbekiston uchun mulkchilikning xususiy va aralash shakllariga o’tish, energetik, xomashyoviy resurslaridan unumli foydalanish davrida kompyuter texnologiyalaridan milliy iqtisodni boshqarishda foydalanish tobora muhim bo’lib bormoqda. 1993 – 1995 yillarda davlat boshqaruvi va bank muassasalarining informatsion tizimlarini kompyuterlashtirishga asosiy etibor beriladi.
Soliq qo’mitasida ma’lumotlarni yig’ish va tahlil qilishning yagona tizimi, abiturentlarni testlar asosida qabul qilish uchun kompyuter tizimi yaratildi. Hisob va statistikaning halqaro tizimga mos tahlil qilsih va statistika davlat muassasalarida kompyuter tarmog’ini yangi texnik darajda tashkil etmoqda. Vazirlar Mahkamasiga xizmat ko’rsatish tizimi avtomatlashtirilgan, xususiylashtirish va mablag’ ajratish jarayonlarini ma’lumot bilan ta’minlash va telekommunikasion fondli tizimlar yaratilgan. Banklarga Prezident farmoni asosida soliq imtiyozlari berislishi O’zbekiston banklar tizimini kompyuterlerlar bilan jihozlashga imkon berdi. Deyarli barcha tijorat banklari respublika miqyosidagi electron tizimga bog’langan. Ishbilarmonlikning takomillashishi kompyuter texnikasidan xomashyo va Tovar maxsulotlarini hisoblash sohasida foydalanishga sharoit yaratib berdi.
“O’zbekiston havo yo’llari” aviakompaniyasi, “O’zbekiston temir yo’llari” davlat temir yo’l aksionerlik korxonasida chiptalarni sotishga va bronlashga avtomatlashgan tizim tatbiq etilgan.
Ishlab chiqarish va texnologik jarayonlarni kompyuterlar yordamida boshqarish texnologiyalari xorijiy mablag’lar bilan ishga tushurilgan yetuk sanoat korxonalarida foydalanildi. Ayniqsa “Zarafshon-N’yumont” birlashmasi, “SamKochAvto” va “UzDEU” avtomobil zavodlari, “UzDEU elektronkasi” zavodi, “Buxoro naftni qayta ishlash birlshmasi” dagi texnologik jarayonlarni zamonaviy kompyuterlar yordamida boshqarish usullari yaratildi.
Toshkent shahri va ayrim viloyatlarda avtomatlashgan daiotelefon va peydjing aloqa tizimlari ishlatilmoqda. Oxirgi 3 yil moboynida kompyuter sanoati xalqaro ko’rsatkichlar bo’yicha ishlashga o’tmoqda. O’zbekistonda kompyuterni jon boshiga hisoblash ko’rsatkichi Hindiston va Xitoydan yuqori va Rossiyaga yaqinlashmoqda.
Siz, aziz o’quvchi, ahamiyat bergan bo’lsangiz, ta’lim va ma’rifatga butun davlat, millat va istiqlol kelajagi sifatida qaralmoqda. Respublikamizda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan tub islohatlar, O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni, “Kadrlar tayorlash milliy dasturi” ta’lim tizimidagi o’quv muassasalari pedagoglari va o’quvchilari oldida dolzarb vazifalarni qo’ymoqda.
Ushbu malakaviy bitiruv ishida internet tarmog’ining imkoniyatlari bilan birgalikda ma’lumotlarni uzatish va qabul qilib olishning hozirgi kundagi eng maqbul va samarali usullaridan biri haqida to`xtalib o`tamiz.
Electron pochta ma’lumotlarni katta tezlik va ishonchli tarzda yetkazish imkonini bermoqda. Shuning uchun ko`plab rivojlangan mamlakatlar electron pochta imkoniyatlaridan samarali foydalanishadi. Barcha hujjatlar electron pochta orqali o`zaro almashinadi.
Internetning yana bir qulayliklaridan bir bu faks- modemlardir. Bu qurilmalar yordamida ma’lumotlarni tezlik bilan olibgina qolmasdan, hujjatlarning qog’oz ko`rinishida ham qabul qilish mumkin.
-
TARMOQ XIZMATLARI VA ULARNING TURLARI
Kompyuter tarmoqlarining paydo bo’lish sabablaridan biri resurslaridan hamkorlikda foydalanish, alohida kompyuter imkoniyatini kengaytirishdir. Tarmoq orqali foydalanuvchilar bir vaqtning o’zida bir xil ma’lumot va fayl nusxalari, amaliy dasturlar bilan ishlashi mumkin. Bu holat axborot tashuvchilardagi joyni tejaydi. Bundan tashqari, printer, skaner, modem, lazer disklar majmuining birgalikda ishlatilishi qo’shimcha mablag’ni asraydi.
Tarmoqdan foydalanganda axborotni saqlash ishonchliligi ortadi, chunki juda oddiy usulda qimmatli axborotlarni qayta nusxalash mumkin va alohida foydalanuvchilar o’rtasida axborot almashish engillashtiriladi. Tarmoq foydalanuvchilar so’rovini mujassamlashtiradi, bir vaqtning o’zida axborotdan ko’plab mijozlar foydalanish imkonini beradi.
Apparat qurilmalari va tarmoq dastur ta’minoti orqali o’zaro bir-birlari bilan hamohang ishlay oladigan kompyuterlar majmuiga tarmoq deyiladi.
Tarmoqlarni turli me’yorlarga ko’ra sinflarga ajratish mumkin. Bular:
1) o’tkazish qobiliyati, ya’ni ma’lumotlarni tarmoqqa uzatish tezligiga muvofiq:
- past 100 Kbit/ s gacha;
- o’rta 0,5-10 Mbit/s gacha;
- yuqori 10 Mbit/s dan ortiq.
2) uzoq kommunikatsiya tarmoqlari bilan ishlash tezligi, ularning fizik o’lchoviga muvofiq:
- LAN ( Local-Area Network) lokal tarmoq (bir ofis, bino ichidagi aloqa);
- CAN (Campus-Area Network) - kampus tarmoq, bir-biri bilan telefon yoki modemlar bilan ulanish, ammo yetarlicha bir-birlaridan uzoqda joylashgan kompyuter lokal ` tarmoq;
- MAN (Metropolitan-Area Network) katta tezlik bilan aloqa uzatish (100 Mbit/s) imkoniyatiga, katta radiusga (bir necha o’n km) axborot uzatuvchi kengaytirilgan tarmoq;
- WAN (Wide-Area Network) keng masshtabli (mintaqaviy) maxsus qurilma va dasturlar bilan ta’minlangan alohida tarmoqlarni birlashtiruvchi yirik tarmoq;
- GAN (Global-Agea Network) global (xalqaro, qit’alararo) tarmoq;
3) tarmoq tugunlari turi bo’yicha (tugun - hisoblash tarmoqlari va ularning alohida elementlari ulangan joyi). Boshqacha aytganda, tugunga shaxsiy, mini- va katta kompyuterlar, alohida tarmoq ham kiradi. Masalan, umumiy foydalanish tarmoqlaridagi alohida kompyuterlar (boshqachasiga ularni stantsiyalar deb ham yuritishadi) tugunlarga misol bo’la oladi. Unchalik katta bo’lmagan alohida tarmoqlar kampus tarmog’i uchun tugun bo’ladi.
4) tugunlar munosabatiga ko’ra:
- bir xil rangli (peer-to-peer), uncha katta bo’lmagan, bir xil mavqega ega kompyuterlar (bu erda hamma kompyuterlar ham «mijoz», ya’ni tarmoqning oddiy foydalanuvchisi, ham «server», ya’ni tarmoq foydalanuvchilariga xizmat ko’rsatishni ta’minlovchi bo’lishi mumkin). Macalan, WINDOWS 95 OS tarmog’i tarqatilgan (Distributed) tarmoqlar. Bunda serverlar tarmoq foydalanuvchilariga xizmat ko’rsatadi, biroq tarmoqni boshqarmaydi;
-server (Server based) yoki markazlashgan boshqarishga ega tarmoqlar. Bu erda tarmoqning bosh elementi serverdir. Qolgan tugunlar serverning resurslaridan foydalanishi mumkin (masalan, Novell NetWare, Microsoft LAN Mananger va boshqalar).
5) tarmoq operatsion sistemalarini ishlatish bo’yicha (tarmoq OS):
gomogenli - hamma tugunlarda bir xil yoki yaqin operatsion sistemalardan foydalaniladi (masalan, WINDOWS OS tarmog’i);
geterogenli - bir vaqtning o’zida bir nechta tarmoq operatsion sistemalari ishlatiladi (masalan, Novell NetWare va WINDOWS).
1.1. Tarmoq serveri
Tarmoqda bir necha xil serverlar bo’lishi mumkin. Kompyuter tarmog’i o’z mijozlariga qanday xizmatlar turkumini taklif etishi, ularning servisi qanday bo’lishi juda muhimdir. Ular bilan tanishamiz:
-fayl - server - mijozga axborot saqlash qurilmalarida saqlanuvchi fayllardan foydalanish imkonini beradi. Bunda server barcha ishchi stantsiyalaridan fayllarga kirish imkonini berishi zarur. Shunigdek, axborotlarni himoya qila olish vazifasi ijobiy hal etiladi;
- print - server umumiy holda ko’pgina mijozlarga bir nechta printer orqali xizmat ko’rsatishni ta’minlaydi. Bunda server chop etiluvchi axborotlarni qabul qila olishi va ularni navbati bilan chop etishga chiqarishi kerak;
-faks – server-mijozlarga faks-modem telefon tarmoqlari bilan mujassam tarmoqli xizmat ko’rsatishni ta’minlaydi. Bu go’yo axborot chiqarishga o’xshaydi (printer kabi). Faks-server olgan faksimal xabarlar alohida tarmoqda qayta ishlanadi.
-elektron pochta (E-mail) - mijozlar o’rtasida, ular bir-birlaridan qancha uzoqlikda joylashganligidan qat’iy nazar, axborot almashishni ta’minlaydi. Bu erda jarayon xuddi oddiy pochta kabi kechadi. Elektron xat o’z adresiga ega. Uni jo’natuvchi desak, qabul qiluvchi xam o’z adresiga ega. «Xat» pochta qutisiga tashlanadi (ya’ni pochta serveri) va pochta serverlar sistemasi yordamida qabul qiluvchi pochta qutisiga etkaziladi, ya’ni bu erda uzatuvchi va qabul qiluvchining maxsus kataloglari mijozga xizmat qiluvchi kompyuterda joylashtirilgan bo’ladi. Shu tariqa xatlar fayllar sifatida uzatiladi.
-bevosita muloqot (Chat), bunda aniq vaqtda maxsus dastur ta’minoti yordamida ikki yoki undan ortiq mijozlar o’zaro axborot (matnli, tovush, video) almashinishi tushuniladi. Raqamli videokameralar, tovushli kartalar, mikrofonlar, multimedia vositalarini qo’llaganda, videokonferentsiyalar o’tkazish imkoniyati tug’iladi. Bunday holatlarda kompyuterlar yuksak unumdor va tarmoqning o’tkazish qobiliyati kuchli bo’lishi lozim. MS Net Meeting – dasturi orqali bevosita muloqotni amalga oshirish mumkin.
Lokal kompyuter tarmoqlari
Global tarmoqlar, ma’lumki, yirik shaharlar, mamlakat, qit’alarni qamrab oladi. Lokal tarmoqlar esa yetarlicha kichik maydonni o’z ichiga oladi. Ular 10, 100, 1000 metr chamasi radiusda 1000 nafarga etar-etmas mijozlarga xizmat qilishga mo’ljallanadi. Bunday hajm LKT 10 Mbayt/s va undan ortiq tezlanishda ishlash imkonini beradi. Odatda LKT ishchi stantsiyalar (IS) va maxsus kompyuterlarni (fayl, print serverlari va boshqalar) o’zaro kabel bilan bog’lashdan iborat. Ular o’z navbatida tarmoq adapterlari yordamida (tarmoq kartalari) ulanadi.
1.2. Tarmoq topologiyalari
Alohida tugunlarni tarmoqda ulash usullari tarmoq topologiyasi deyiladi. Odatda uchta topologiya qo’llaniladi:
1. Umumiy shina. Bu holda lokal tarmoqdagi barcha kompyuterlar bitta aloqa chizig’iga parallel bog’lanadi. Bunday shinalarni boshqarish ham alohida, ham markazlashgan bo’lishi mumkin. Markazlashgan boshqaruvda tarmoqqa maxsus kompyuter-server ulanadi, uning vazifasi tarmoqda axborotni uzatishni boshqarishdir. Alohida boshqaruvda hamma kompyuterlar bir xil maqomga ega, ular mustaqil ma’lumotlarni uzatish imkoniyatiga ega.
2. Halqa. Bu holatda barcha kompyuterlar yopiq halqasimon, ketma-ket bog’lanadilar. Bunda xabar birin-ketin kompyuterdan-kompyuterga uzatiladi. Xabarni uzatgan kompyuter yana o’sha xabarni qayta qabul qilmaguncha, jarayon davom etaveradi.
3. Yulduzcha. Yulduzcha topologiyaga ega tarmoqlar markaziy tugunga ega (kommutator yoki kontsentrator). Mazkur markaziy tugunga barcha qolgan kompyuterlar ulanadi. Dastlab uzatilgan xabar ana shu qurilmaga kelib tushadi, so’ng boshqa kompyuterlarga uzatiladi.
Bog’lash uchun qo’llaniladigan kabellar uzatish muhiti deb yuritiladi.
Kabellar asosan uchga bo’linadi:
-koaksial kabellar (coaxial cable), ular televizion antennaga juda o’xshash. O’tkazish tezligi: 10 Mbit/sek. Asosan bino ichidagi tarmoqni hosil qilishda foydalaniladi.
-juftli o’ram kabellari (tvisted pair) telefon simini eslatadi. O’tkazish tezligi: 100 Mbit/sek. Asosan bino ichidagi tarmoqni hosil qilishda foydalaniladi
.
-optiktolali kabel (fider-optic cable). Eng ishonchli va tez, shu bilan birga juda qimmat kabel turi. Oralig’i 100 km masofadagi tarmoq uchun qo’llaniladi. O’tkazish tezligi: 2 Gbit/sek.
Tarmoq kabellarini texnik ko’rsatkichi
-
Kabel turi
|
O’tkazish tezligi,
Mbit/sek
|
Tarmoqni hosil qiluvchi nuqtalar orasidagi masofa
|
Kabel uzilganda tiklash mukinligi
|
Narxi
|
Koaksial kabellar
|
10 Mbit/sek
|
500 m
|
Past
|
100 so’m/metr
|
Juftli o’ram kabellari
|
100 Mbit/sek
|
100 m
|
yaxshi
|
200 so’m/metr
|
Optiktolali kabellar
|
1-2 Gbit/sek
|
100 km
|
Maxsus qurilmalar talab qilinadi
|
1000-3600 so’m/metr
|
Lokal tarmoqlarning qo’llanish sohasi juda keng. Bunga ofis ishlarini avtomatlashtirish, korxona boshqaruv sistemalari, loyihalarni avtomatlashtirish texnologik jarayonlari va robototexnika komplekslari, bank va axborot sistemalari, elektron pochta sistemalarini boshqarish kiradi.
WINDOWS OSda lokal tarmog’ni sozlash va ishlatish uchun juda qulayligini albatta e’tirof etish kerak. Tarmoq bilan ishlashdan avval, agar Sizning kompyuteringiz lokal tarmoqqa ulanmagan bo’lsa, sozlash ishlari olib boriladi. Kompyuter tarmoqda ishlashi uchun uni sozlash jarayoni quyidagicha:
Avvalo kompyuterda tarmoq plata (karta) borligiga ishonch hosil qilish darkor.
RJ-45 raz’yomiga maxsus konnektor orqali simlar ulanadi. -konnektor.
Boot Rom mikrosxemasi tarmoqdagi boshqa kompyuterdan foydalanib, operatsion sistemani yuklash imkonini beradi. Simlar HUBlarga ulanib tarmoq hosil qilinadi.
HUB (Switch) qurilmasidan foydalangan holda kompyuterni tarmoqqa ulash. Hub lar xonadagi kompyuterlarni bir-biri bilan bog’lash uchun kerak bo’lsa, Switchlar binolar orasiga qo’yiladi.
Tarmoqda ishlovchi har qanday kompyuter o’z nomi, maxsus TCP-IP adresi va ishchi guruhiga ega bo’lishi kerak. Boshqa tarmoq ishtirokchilari unga shu nom va TCP-IP adres bilan murojaat qilishlari mumkin (fayl va papka, xabar jo’natish). Windows OC o’rnatilgan kompyuterlar orasida aloqa mavjudligini tekshirish uchun ping (bu erda TCP-IP tarmoqdagi tekshirilayotgan kompyuter adresi) buyrug’i ishlatiladi. Masalan, ping 10.1.14.27.
BlueTooth –kabelsiz tarmoq.
BlueTooth - kabelsiz tarmoq standartidir. Ishlash radiusi 10- 100 metr oralig’i bo’lib, 2.5 GGts chastotada ishlaydi. O’tkazish tezligi 1Mbit/sek. Albatta qurilmalar ham bu standart uchun mo’ljallangan bo’lishi shart. Shuningdek, qo’l (mobilniy) telefoni bilan aloqa bog’lash mumkin. Agar telefon operatori (masalan, Uzdunrobita) Internetga bog’lash imkonini bersa, u holda kompyuterdan va qo’l telefonidan foydalangan holda simsiz Internetga bog’lanish mumkin (noutbuklar uchun juda qulay).
2. ELEKTRON POCHTA VA UNING IMKONIYATLARI
- Internetning asosiy xizmat turlaridan biri bu Elektron pochtadir. Hozirgi paytda internetdan foydalanuvchilarning aksariyati elektron pochtadan foydalanishadilar. Lekin Elektron pochtadan to’g’ri va unimli foydalanish talab etiladi. Sizlarga taqdim etadigan ko`rsatmalarimiz elektron pochtadan foydalanish bo`yicha tavsiyalar o`rin olgan.
2.1. Elektron pochta
Elektron pochta (e-mail-electronic mail) oddiy pochta vazifasini bajaradi.U bir manzildan ikkinchisiga ma’lumotlar jo’natilishini ta’minlaydi. Uning asosiy afzalligi vaqtga bog’liq emasligida. Elektron xatlar jo’natilgan zahotiyoq manzilga boradi va egasi olguniga qadar uning pochta qutisida saqlanadi. Matnli xat, grafikli va tovushli fayllarni, programm fayllarni o’z ichiga olishi mumkin. Elektron xatlar bir vaqtning o’zida bir necha adreslar bo’yicha jo’natilishi mumkin. Internet foydalanuvchisi elektron pochta orqali tarmoqning turli xizmatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo’ladi, chunki Internetning asosiy xizmat programmalari bilan interfeysga ega. Bunday yondashuvning mohiyati shundaki, xost-kompyuterga talab elektron xat ko’rinishida jo’natiladi. Xat matni zarur funksiyalarga kirishni ta’minlovchi standart yozuvlar to’plamidan tuziladi. Bunday axborotni kompyuter komanda sifatida qabul qiladi va bajaradi.
2.2. Elektron pochta xizmatidan foydalanish.
Internet elektron pochta xizmatini ko’rsatadi. Elektron pochta nima? Elektron pochta maxsus programma bo’lib, uning yordamida siz dunyoning ixtiyoriy joyidagi elektron adresga xat, hujjat, va umuman ixtiyoriy faylni jo’natishingiz va qabul qilib olishingiz mumkin. Eng asosiysi xat bir zumda manzilga yetib boradi. Lekin undan foydalanish uchun siz maxsus pochta tarmog’i yoki Internet tarmog’iga bog’langan bo’lishingiz va elektron adresga ega bo’lishingiz kerak. Elektron adresni provayder beradi. Yoki Internetda bepul elektron pochta xizmatlari mavjud. Ular yordamida o’zingizga elektron adres ochishingiz mumkin. Quyidagi rasm orqali http://www.mail.ru sistemasi orqali pochta ochilishini ko`rishingiz mumkin. Uning uchun biz avval registrasiya ya’ni ro`yxatdandan o`tishimiz lozim.
http://www.mail.ru sistemasi orqali "Регистрация в почте" ilovasini bosamiz. Natijada quyidagi anketalarni to`ldirish lozim bo`ladi:
Shundan so`ng "Зарегистрировать почтовый ящык" tugmasi bosiladi. Agar biz tanlagan login oldindan registratsiyadan o`tmagan bo`lsa, to`gridan to`gri pochta ochiladi. Aks holda boshqa login tanlash haqida ogohlantiradi:
Biz tanlagan loginimiz oldindan kiritilganligini eslatib boshqa login tanlashimizga ruxsat beradi. Shundan so`ng biz boshqa login tanlab "Зарегистрировать почтовый ящык" tugmasini bosamiz va natijada yangi elektron pochtaga ega bo`lamiz.
Mana o`zimizning shaxsiy elektron pochtamizga ega bo`ldik. Elektron adres odatda e-mail deb ko’rsatiladi. Elektron pochta yuborganda siz xuddi xatni yuborayotgandek, uning kimga, qayerga va kimdanligini yozishingiz shart. Siz xatni bir necha adreslarga yuborishingiz mumkin. Elektron xatni yuborganingizdan so’ng u elektron pochta qutisiga tushadi, so’ng xat ko’rsatilgan manzil pochta qutisiga yetkaziladi va undan xat egasi xatni oladi. Ya’ni har bir foydalanuvchi o’zining pochta qutisiga ega. Umimiy pochta qutisidan xat shaxsiy qutichalarga muntazam ravishda jo`natiladi.
Xat yozish tartibi
Pochtangizga kirib, "Написать письмо" tugmasini bosamiz va quyidagilarni bajaramiz. Кому maydonida tanishingizni elektron adresini yozasiz. masalan, Azizim@mail.ru
Kопия maydonida xat nusxalari yuborilgan mualliflar adreslarini yozish lozim. Ya'ni xatni bir necha kishiga yuborish zarur bo`lgan holda
Тема maydonida xat mavzusini yozamiz. Masalan, "Tabrik" Pastki katta darchada esa xat matni yoziladi. Masalan, "Assalomu alaykum hurmatli aziz do`stim. Sizni yetuk mutaxasis bo`lib, institutni namunali yakunlayotganingiz bilan tabriklayman.
Do`stingiz!"
Xatni to`g'ri yozganingizni quyidagi rasm orqali solishtirib, tekshirib ko`rishingiz mumkin.
So`ngra "Отправить" tugmasini bosamiz. Natijada xat jo`natilganlik haqida ma'lumotni ko`rishingiz mumkin.
Demak, Siz internetda elektron pochtadan foydalanmoqchi bo`lsangiz mail.ru sistemasidan boshqa elektron pochta xizmat turlari mavjud. Bulardan- www.hotmail.com, www.yahoo.com, www.yandex.ru, www.rambler.ru vahokozolar. Hozirgi kunda O`zbekistonda ham ko`plab serverlar xizmat ko`rsatmoqda (www.doda.uz, www.iguzar.com), ushbu sahifalariga kirib elektron pochtasidan foydalanishingiz mumkin.
2.3. Elektron pochta va undan foydalanish
- Elektron pochta – bu internetning noyob imkoniyatlaridan biri bo`lib, u quyidagi xususiyatlarga ega :
- ma’lumotni yetkazish va almashish vositasi;
- muloqatning samarali vositasi;
- tez va samarali ravishda axborot almashishga imkon beruvchi texnik vositadir.
Elektron xatlarni yetkazish juda tez suratda amalga oshiriladi.
e-mail imkoniyatlari:
- har qanday turdagi ma’lumot (matn, audio, video, grafika) almashish; (ilova qilingan fayllar shaklida)
- O`qitish imkoniyati; (masofali o`qitish jarayonida elektron pochtadan foydalanish)
- Har xil turdagi ma’lumot bilan tanishish; (yuboriladigan turli yangiliklarga obuna bo`lish)
- Reklama. (reklama bloklarini yuborish)
Pochta xizmatlari ikki xil bo`ladi:
· pullik
· bepul
Pullik elektron pochta xizmatlari bepul elektron pochta xizmatlaridan har xil turdagi xizmat xususiyatlari bilan farq qiladi (pochta uchun alohida ajratilgan joy, ishonchliligi va boshqalar). Lekin aslida bepul pochta xizmati ko`p foydalanuvchiga mos keladi.
Bepul pochta xizmatlarini taklif qiluvchi mashhur serverlar:
· www.rambler.ru
· www.mail.ru
· www.yahoo.com
· www.hotmail.com
· www.yandex.ru
Bizning misolimizda biz ramblerdagi elektron pochta (www.rambler.ru) bilan ishlashni ko`rib chiqamiz:
1. Internet explorer dasturini ishga tushuring;
2. Dasturning adreslar satrida quyidagini yozish kerak:
www.rambler.ru
3. Enter tugmasini bosing. Shu bilan Rambler qidiruv serverini ochamiz
Ramblerning umumiy ko'rinishi:
Qayd qilinish uchun sichqoncha kursorini "Получить адрес" yozuvi ustiga keltiring va sichqonchaning chap tugmasini bosing.
Ramblerga qayd qilinish
Agar siz to`g'ri qayd qilingan bo`lsangiz, demak siz o`zingizga pochta qutisini ochdingiz:
Pochta xizmatiga kirish
1. Ramblerning asosiy saxifasini (http://rambler.ru) yoki Rambler pochta saxifasini (http://mail.rambler.ru) oching
2. "Pochta" blokida o`z pochta qutingizning adresini va parolingizni kiriting. Buni kiritishda qayd qilinishdagi kabi registrga (yozma/satr harflari) va klaviaturaning til taqsimotiga (rus/lotin) rioya qilish lozim
3. "Войти" tugmachasini bosing
Pochta xizmati bilan ishlashni yakunlash uchun asosiy menyuda "Выход" tugmasini bosish kerak. Pochta xizmatida qayd qilingandan so`ng pochta qutingizda avtomatik tarzda quyidagi papkalar yaratiladi:
-"Входящие"- barcha qabul qilingan xatlarni o`z ichiga oladi;
- "Черновики"- agar xatni tamomlamagan bo'lsangiz va uni keyinroq to`ldirishni xohlasangiz, xatingizni ushbu papkada saqlang;
- "Отправленные"- barcha siz jo`natgan xatlar bu papkada saqlanadi;
- "Удаленные"- barcha o`chirilgan xatlarni saqlaydi. Bu papka Windows tizimidagi kabi o`ziga xos savat bo`lib, u o`chirilgan xatlarni keyinchalik asliga keltirish imkoniyatini beradi.
"Все папки" bo`limiga kirishda quyidagilarni ko`rsatgan holda barcha papkalaringizning holati aks etadi:
* papkalarning har biridagi yangi xabarlar soni;
* papkadagi xabarlarning umumiy soni;
* papka egallagan disk maydonining hajmi.
Papka tarkibini ko`rib chiqish uchun uning ichiga kirib, undagi xatlar ro`yxatini ko`rish lozim.
Kelayotgan xabarlar bilan bajariladigan amallar
1. Xatning to`liq sarlavhasini ko`rib chiqish
* xatni ochish
* sarlavhaning o`ng tomonidagi piktogrammani bosish ("Просмотреть полный заголовок" yoki "View Full Headers")
2. Ilova qilingan fayllar bilan ishlash.
Xatga ilova qilingan fayllar xabarni ko`rish darchasining quyi qismida ko`rinadi. Xatga ilova qilingan fayllar bilan bajarish mumkin bo`lgan amallar:
* diskda saqlash
* xabarni ko`rish darchasida ochish
3. Xatga javob yozish
* "Ответить" menyu punktiga bosish
Javobingizda asos bo`lgan xat mazmuni keltiriladi.
4. Xatni boshqa manzilga yuborish
* "Переслать с редактированием" menyu punktini tanlash;
* papkadagi xabarlar ro`yxati bilan ishlashda "По адресам" shaklida manzilni ko`rsatish
* [Переслать] tugmachasini bosish
5. Xabarlarni o`chirish
* xat ochilgan holatda "Удалить" menyu punktini tanlash;
Xabarlar ro`yxati bilan ishlashda:
* ro`yxatning chap qismida keraksiz xatlarni belgilash:
* [Удалить] tugmachasini bosish.
Sahiifadagi barcha xatlarni o`chirish:
* xabarlar ro`yxatining chekka chap ustunidagi "yulduzchani" bosish;
* [Удалить] tugmachasini bosish.
6. Bitta papkadan boshqa papkaga ko`chirish yoki nusxa ko`chirish
* xabarni belgilash;
* "Переместить в" yoki "Скопировать в" punktida kerakli papkani tanlash
* "Переместить в" yoki "Скопировать в" tugmachasini bosish
7. Adreslar kitobiga xat jo`natuvchining adresini qo`shish
Xat yozish va uni jo`natish
1. Menyuda "Написать писмо" buyrug'ini tanlang.
2. Yangi xat formasini to`ldiring.
* sizning ma'lumotlaringiz xat sarlavhasiga avtomatik tarzda kiritiladi.
* "Кому" maydonida tanishingizni elektron adresini yozasiz. masalan, guzalina_05@mail.ru
* "Kопия" maydonida xat nusxalari yuborilgan mualliflar adreslarini yozish lozim. Ya'ni xatni bir necha kishiga yuborish zarur bo`lganda * "Скрытая" maydoni "Кому" maydoni singari to`ldiriladi ("Кому" maydonida ko`rsatilgan xat oluvchilar xat nusxasi "yashirin" adresatga ham jo`natilganini bilmaydilar).
Тема maydonida xat mavzusini yozamiz. Masalan, "Tabrik"
Pastki katta darchada esa xat matni yoziladi. Masalan, "Assalomu alaykum hurmatli Guzalina opa Sizni kirib kelayotgan yangi yil bayrami bilan tabriklayman.
Hurmat bilan Munisaxon.Navoiy shahri
Fayllarni ilova qilish (agar bu zarur bo`lsa)
* [Browse] yoki "Обзор" tugmasini bosing
* faylni tanlang
Xatni to`g'ri yozganingizni quyidagi rasm orqali solishtirib, tekshirib ko`rishingiz mumkin.
So`gra "Отправить" tugmasini bosamiz. Natijada xat junatilganlik haqida ma'lumotni ko`rishingiz mumkin.
O`ylaymanki, Siz ushbu safiha orqali internetda elektron pochta bilan ishlash va undan foydalanish bo`yicha ma'lumotlar olasiz degan umiddaman.
3. FAKS – MODEM VA FAKSIMAL ALOQA
MODEM (MOdulyator-DEModulyator) — aniq bir aloqa kanalida ishlatish uchun qabul qilingan signallarni to'g'ri (modulyator) va teskari (demodulyator) o'zgartirish qurilmasidir.
Modem telefon tarmog`I orqali boshqa kompyuterlar bilan ma`lum almashish imkonini beruvchi maxsus qurilmadir.
Faks-modem shunday qurilmaki, oddiy modemning barcha imkoniyatlariga ega bo`lib, qo`shimcha rasmli telefaks ma`lumotlarni kompyuterlarari almashish imkoniyatini yaratadi. Ayni vaqtda ishlatilayotgan ko`pchilik modemlar fak-modemlar bo`lib, ularning ayrimlari, ovoz almashish imkoniyatlariga ham ega. Modemlar ichki (electron platali) va tashqi (alohida turdagi qurilma) bo`lishi mumkin. Modemlar bir-biridan ma`lumot uzatish tezligi bilan farqlanadi. Ular odatda sekundiga 2400 dan 33600 bitgacha ma`lumotni uzatish imkoniyatiga ega.
Еng avvalo modem quyidagi vazifalarni bajarish uchun mo'ljallangan:
• uzatishda: keng polosali impulslarni (raqamli kodni) tor polosaliga (analog signallarga) o'zgartirish;
• qabul qilishda: qabul qilingan signalni holaqitlardan filtrlash va detektorlash uchun, ya'ni tor polosali analogli signalni raqamli kodga teskari o'zgartirish.
Ma'lumotlarni uzatishda bajariladigan o'zgartirish odatda ularning modulyatsiyasi bilan bog'langan.
Modulyatsiya — bu signalning biror parametrini aloqa kanalida (modulyatsiya qilinadigan signalni) uzatilayotgan ma'lumotlarning joriy qiymatlariga mos ravishda (modulyatsiya qiladigan signalni) o'zgartirishdir.
Demodulyatsiya — bu modulyatsiya qilingan signalni (balki aloqa kanalidan o'tish paytida halaqitlar bilan buzilgan signalni) modulyatsiya qiladigan signalga teskari o'zgartirishdir.
Zamonaviy modemlarda ko'pincha modulyatsiyaning uchta turi ishlatiladi:
•chastotali - FSK (Frequence Shift Keying);
• fazali — PSK (Rpake Shift Keying);
• kvadraturali amplitudali — QAM (Quadrature Amplitude Modulation).
Chastotali modulyatsiyada modulyatsiya qilinadigan signalning (uzatilayotgan ma'lumotlarning) joriy qiymatlariga mos ravishda fizik signalning (odatda sinusoidali) chastotasi o'zgaradi, bunda uning amplitudasi o'zgarmaydi. Еng sodda holda ma'lumotlar bitining 1 va 0 qiymatlariga, ma'lumotlarni uzatishning birinchi bayonnomalari V.21 da qabul qilingani kabi, chastotaning ikkita qiymati mos keladi, masalan, 980 Gc va 1180 Gc. CHastotali modulyatsiya holaqitlarga juda turg'undir, uzatishda signalning faqat amplitudasi buziladi.
Fazali modulyatsiyada modulyatsiya qilinadigan kattalik bo'lib signal fazasi hisoblanadi, bunda uning chastotasi va amplitudasi o'zgarmaydi; faza-modulyatsiya qilingan signalning halaqitlarga chidamliligi ham yuqoridir.
Signalning sof amplitudali modulyatsiyasida uning halaqitlardan himoyalanganligi juda pastdir, shuning uchun halaqitlarga chidamliroq, lekin yanada murakkabroq kvadraturali amplitudali modulyatsiya qo'llaniladi, bunda uzatilayotgan ma'lumotlar taktida bir vaqtning o'zida signalning ham fazasi, ham amplitudasi o'zgaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |