BUYRUQ KO’RINISHLARI. FARMOYISH YOZISH TARTIBI. KO’RSATMA VA GUVOHNOMA YOZILISHI.
REJA.
1. Buyruq va farmoyish yozish tartibi
2. Ko`rsatma va guvohnoma yozilishi.
3. Majlis bayonnomasi ko`rinishlari, ma`lumotnoma turlari va yozilishi.
Tayanch so’z va iboralar: buyruq, farmoyish, ko’rsatma, guvohnoma, majlis bayonnomasi, ma`lumotnoma, taklifnoma, hisobot, dalolatnoma.
Davlat boshqaruv organi rahbarlarning yakka hokimligiga asoslangan huquqiy hujjat, muayyan muassasa oldida turgan asosiy va kundalik vazifalarni hal qilish maqsadida qo’llanadi. Mohiyat –e’tibori bilan buyruqlar ikkiga bo’linadi: asosiy faoliyatga oid va kadrlar shaxsiy tarkibiga oid. Ular ketma-ket tartibda alohida raqamlanadi va ayrim saqlanadi.
Asosiy faoliyatga oid buyruqlar doimiy, kadrlarning shaxsiy tarkibiga oid buyruqlar esa 40 yilgacha muddatda saqlanadi(shuning uchun ularga alohida –alohida tartib raqamlari qo’yiladi).
Asosiy faoliyatiga oid buyruqlar ishni tashkil qilish, muassasa yoki uning bo’limlari faoliyatni tartibga solishda qo’llanadi. Ularda odatda, yuqori tashkilotlardan kelgan ko’rsatmaviy hujjatlar hodimlarga yetkaziladi, bularning ijrosi yuzasidan aniq tadbir-choralar belgilanadi, mas’ul shaxslar bajarish muddati tayinlanadi.
Ichki mehnat tartibi qoidalari, mukofotlash nizomi va shu kabilarni tasdiqlash bilan bog’liq normativ buyruqlar ham asosiy faoliyatga oid buyruqlarga kiradi. Bunday buyruqlar umumiy tarzda bo’lib muayyan bir shaxsga emas , balki butun jamoaga qaratiladi.
Farmoyish hujjatlari asosan tashkilot rahbari (dirеktor)ning buyruq, ko‘rmatma, farmoyishlari asosida vujudga kеladi.
B U Y R U Q
Mazkur huquqiy hujjat muayyan muassasa oldida turgan asosiy va kundalik vazifalarni hal qilish maqsadida qo‘llaniladi. Mohiyat-e’tibori bilan buyruqlar ikkiga bo‘linadi: asosiy faoliyatga oid va kadrlar shaxsiy tarkibiga oid.
Asosiy faoliyatga oid buyruqlar ishni tashkil qilish, muassasa yoki uning bo‘limlari faoliyatini tartibga solishda qo‘llanadi.
Buyruq loyihasi bosh mutaxassislar, huquq maslahatchisi, bosh hisobchi bilan kelishilgan holda tuziladi.
Buyruq matni muassasa blankasida yozilib, asoslovchi (kirish) va farmoyish qismlardan tashkil topadi. Asoslovchi qismda buyruqdan maqsad,
shart-sharoit ko‘rsatiladi, asos qilingan buyruqqa (hujjatga) havola qilinadi.
Asoslashga ehtiyoj bo‘lmagan hollarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri buyruqning farmoyish qismi beriladi.
Buyruqning farmoyish qismi yangi satrdan «BUYURAMAN:» so‘zini bosh harflar bilan ikki nuqta qo‘yib yozishdan boshlanadi. Shundan so‘ng farmoyish yoziladi. Agar farmoyish bir nechta bo‘lsa, bandlarga ajratilib, arabcha raqamlar bilan belgilanadi.
Farmoyishlarda biror vazifani kim, qanday va qachon bajarishi majhul nisbatdagi fe’lning buyruq (III shaxs, birlik) shakli bilan ifodalanadi (tayinlansin, belgilansin, o‘tkazilsin, qabul qilinsin kabi).
Farmoyish oxirida buyruqni nazorat qilish kimga yuklatilgani qayd etiladi.
Ba’zan farmoyishdan so‘ng buyruqqa asos bo‘lgan hujjat nomi ham ko‘rsatiladi.
Hujjat matnini tuzishda quyidagilarga amal qiling:
— hujjat jo‘natilayotgan (yozilayotgan) tashkilot nomini, mansabdor shaxs ismi, otasining ismi va familiyasini rasmiy nomlanishlariga to‘la muvofiq holda yozish;
— hujjat matniga aniq sarlavha qo‘yib, sarlavhani bosh harflar bilan yozish; masalan: Xizmat safari haqida;
— hujjat turiga muvofiq uning zaruriy qismlarini o‘rniga muvofiq joylashtirish, tartibi, harflar hajmini to‘g‘ri belgilash;
— gap qurilishida so‘zlar tartibiga qat’iy rioya qilish; matnda ko‘chma ma’noli so‘z va iboralarni, qochiriq yoki kinoyaga ishora qiluvchi birikmalarni, mavhum ma’noli so‘zlarni qo‘llamaslik;
— murakkab tuzilishdagi jumlalardan, ritorik va his-hayajon mazmunidagi gaplardan foydalanmaslik;
— norasmiy va asoslanmagan ma’lumot yoki dalillarni kiritmaslik;
— muayyan andozaga solingan, qoliplangan, soha termini sifatida qabul
qilingan birikmalarni qo‘llash;
— qabul qilinmagan qisqartma va belgilarni qo‘llamaslik;
— so‘zlar va gaplarda imlo me’yorlariga amal qilish, tinish belgilarni o‘z o‘rniga to‘g‘ri qo‘yish, tuzatish yoki o‘chirishlarga yo‘l qo‘ymaslik;
— matnning yozilish sanasini, imzolovchi shaxs lavozimi va ismi-familiyasini
aniq ko‘rsatish. Masalan: 2004-yilning 18-oktabri, «Hashar» shirkati raisi Said Olimov kabi.
Buyruq shakli
Vazirlik nomi
Muassasa nomi
SARLAVHASI
00.00.0 №________
joyi
BUYRUQ
Asoslovchi (kirish) qismi
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
BUYURAMAN:
1. _______________________________________________________________
2. _______________________________________________________________
3. _______________________________________________________________
4. _______________________________________________________________
5. Buyruq ijrosini nazorat qilish ___________________________ zimmasiga yuklatilsin. (lavozimi va familiyasi to‘liq yoziladi)
Rahbar: (imzo) I. O. Familiyasi
Muassasa ma’muriyati (dirеktor, uning o‘rinbosarlari, bosh muhandis,
uning o‘rinbosarlari), shuningdеk bo‘limlarning rahbarlari tomonidan amaliy masalalar yuzasidan qabul qilinadigan hujjat. Odatda, farmoyishlarning amal qilish muddati chеklangan bo‘lib, bo‘limlarning tor doirasiga, ayrim mansabdor shaxslar va fuqarolarga taalluqli bo‘ladi. Farmoyish matni, xuddi buyruqdagi kabi zaruriy qismlardan tarkib topadi, faqat uning asos (kirish) qismida “BUYURAMAN” so‘zi o‘rniga “TAVSIYA QILAMAN”, “RUXSAT BЕRAMAN” kabi iboralar ishlatiladi.
Buyruqning asosiy zaruriy qismlari:
1.Gerb, muassasa alomati, mukofoti ( bosma ish qog’ozi qismlari).
2. Vazirlik, boshqarma nomi.
3. Muassasa xos raqami (QTUT)
4.Hujjatning shaklini xos raqami (BHUT bo’yicha)
5.Muassasa nomi
6.Hujjatning nomi (Buyruq )
7.Sanasi
8. Raqami (№)
9. Buyruq chiqqan joy nomi.
10. Sarlavhasi (mazmunidan kelib chiq nomlanadi ).
11. Buyruq matni (basharti ilovalar bo’lsa qayd qilinadi).
12. Rahbar yoki o’rinbosar imzosi
Lozim ko’rilganda buyruq loyihasini tayyorlagan yoki boshqa mansabdor shaxs familyasi ham buyruq so’ngida ko’rsatiladi.
Buyruqda adliya maslahatchisi buyruqni ko’rishda quyidagilarga e’tibor beradi: masalani buyruq bilan rasmiylashtirish masalani buyruq bilan rasmiylashtirish maqsadga qanchalik tog’ri keladi; buyruq loyihasi amaldagi qonunlarga , hukumat qarorlariga qanchalik muvofiq keladi; mazkur idoraning ilgari berilgan buyruqlari bilan ziddiyat yo’qmi yoki ularning qisman takrori bo’lib qolmayaptimi.
Asosiy faoliyatga oid buyruqlarda, odatda ,mazmunidan kelib chiqib sarlavha qo`yiladi.
Buyruqning asosiy matni asoslovchi (kirish) va farmoyish qismlardan tashkil topadi. Asoslovchi qismida buyruqdan maqsad, shart- sharoitlar, sabablar ko`rsatiladi,, asos qilib olinayotgan buyruqqa havola qilinadi.(nomi, raqami, sanasi yoziladi). Ayrim hollarda buyruqqa asos bo`lgan hujjat uning farmoyish qismi tegishli bandida ham ko`rsatiladi.
Buyruqning farmoyish qismi yangi satrdan, bosh harflar bilan yoziladigan “BUYURAMAN” so`zi bilan boshlanadi.Shu so`zdan so`ng ikki nuqta qo`yilib, yangi satrdan farmoyishlar beriladi.Zaruriyatga qarab farmoyishlar bandlarga bo`linib, arabcha tartib raqamlar bilan belgilanadi.Farmoyishlarda odatda, kim qanday vazifani ,qaysi muddatda bajarilishi ko`rsatiladi. Harakat majhul fe`l shaklida ifodalanadi. (“Amalga oshirilsin”, ”Ta`minlansin”, ”Yuklatilsin”, ”Hisoblansin” va h.k. ) Bajaruvchilar-muassasa yoki uning tarkibiy qismlari, mansabdor shaxslar (lavozimlari ko`rsa
Tilgan holda) ko`pincha jo`nalish kelishigida qayd qilinadi.
Buyruqda ishning bajarilish muddati mazmunidan kelib chiqib umumiy tarzda yoki har bir farmoyishda aniq ko`rsatilishi mumkin. Buyruq imzo chekilgandan so`ng kuchga kiradi .
Buyruq farmoyish qismining oxirida, odatda, umuman mazkur buyruqni nazorat qilish kimga yuklatilganligi ham qayd qilib qo`yiladi:” Buyruq ijrosini nazorat qilish ......ga yuklatiladi.”(lavozimi va familiyasi to`liq yoziladi).
Do'stlaringiz bilan baham: |