Nochiziqli nomuvozanat termodinamika asoslari
Keyingi yillarda qator mualliflarning va eng awalo I. Prigojin a P. Glensdorf ishlarida kuchli nomuzonat sistemalarda taraqiy qildi. Kuchli nomuvozanat sistemalarda termodinamik oqimlar va kuchlar orasidagi bog'lanish chiziqli bo'lmasdan nochiziqli bo'lib qoladi hamda Onzagerning o'zarolik munosabati baja-rilmaydi. Bu yangi, hali tugallanmagan fizikaviy ta'limot nochiziqli nomuvozanat termodinamika nomini oldi. Bu ta'limot bo'yicha turli xil nomuvozanat ochiq sistemalarda tartiblashgan strukturalarning (tuzilishlarning) sponton yuzaga kelishi mumkinligiga, ya'ni o'zi tashkillangan (samoorganizatsiya) jarayonga olib keladi.
Shunga o'xshash ayrim misollar oldindan ma'lum. Bu suyuqlikning notekis qizdirilgan gorizontal qatlamida yacheykali strukturalarning, turbalentlikni, uyurmalilarning va h.k. yuzaga kelishi.
Kuchli nomuvozanat ochiq sistemalarda qaytmas jarayonlarda, umuman, hamma hodisalarda tartiblashgan strukturalarning yuzaga kelishi katta guruhdagi molekulalarning birgalikdagi (kooperativ) harakatidir. Nemis olimi G.Xaken shunday o'zi tashkillashgan jarayonlar uchun «sinergetika» (grekcha synergia - birgalikda yoki kooperativ ta'sir) atamasini taklif qildi.
Sinergetikaning fizikaviy tabiati shundan iboratki, muvozanat holatdan uzoqda, nochiziqli sohada sistema barqarorlikni yo'qotadi va kichik fluktuatsiyalar yangi tartibga (rejimga) - ko'p zarralarning birgalikdagi harakatiga olib keladi.
Kuchli nomuvozanat sistemalarda o'zi tashkillanishni yaratilishi fizika, kimyo va ayniqsa biologiya uchun muhim ahamiyatga ega. Chunki, tirik organizm va uning turli xil qismlari juda ko'p nomuvozanat mikrosistemalardan iborat bo'lib, juda katta kimyoviy modda konsentratsiyasi, temperatura, bosim, elektr potensiali gradieinti mavjud bo'ladi.
Nazorat savollari
Termodinamik muvozanatsiz holatlar deb nimaga aytiladi?
Diffuziya hodisasi deb nimaga aytiladi?
Cheksiz muhit uchun diffuziya mohiyati nimadan iborat?
Issiqlik o’tkazuvchanlik deb nimaga aytiladi?
Nomuvozanat jarayonlarning yuzaga kelish sabablari.
Sistema lokal muvozanati qanday tenglama yordamida aniqlanadi?
Entropiyaning hosil bo'lish tezligi. Sinergetika. Sinergetikaning fizikaviy tabiati.
Chiziqli qaytmas jarayonlar sanab o'tilsin. Tomsonning ikkinchi munosabati.
Onzagerning o'zarolik munosabati. Termoelektrik hodisalar.
Energiyaning eng kam sochilish prinsipi. Tomsonning birinchi munosabati.
Do'stlaringiz bilan baham: |