“1-sinf o`quvchilarida ifodali o`qish ko’nikmalarini shakllantirish”


Bahoroy:  – Bobojon, Navro’zoyni chorlaylik!  Bahoroy



Download 1,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/43
Sana24.01.2022
Hajmi1,63 Mb.
#407073
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43
Bog'liq
1-sinf oquvchilarida ifodali oqish konikmalarini shakllantirish (1)

Bahoroy:

 – Bobojon, Navro’zoyni chorlaylik! 



Bahoroy:

  –  Bolalar,  kelinglar,    Navro’zoyni  chorlaylik!  Bayramingiz    Navro’zoy 

bilan go’zal. 

Hamma: – 

Navro’zoy! 



Navro’zoy:

  

– Assalom, ey lolayuzlilar assalom, 



Assalom, o’zbek zamini, assalom, 

Gulbahoroy, senga peshvozman o’zim, 

Jon Quyoshim, senga dildan ehtirom. 

Quyosh bobo:

 – Xush kelibsan, Navro’zoy! 



Bahoroy:

 – Navro’zoy, o’zing bilan yangi yilni olib kelishing kerak edi. 

Ilon yili qani? 

Navro’zoy:

  –  Yangi  yilni  qidira-qidira  sizlarni  ko’rib  qoldim.  Ilon  yili  qayerda 

qoldi ekan? 

Quyosh bobo:

 – Men ko’ryapman, ana Ilon  yili. Muchal sohiblari: sichqon, sigir, 

qo’y , it,ot, tovuq kabi   jonivorlar davrasida suhbat bilan band. Hoynahoy, boshqa 

muchallar  duosini  olish  niyatida.  Keling!  Hammamiz  ularning  suhbatini 

tinglaymiz. 

         Ko’rinadiki,  ssenariydan  olingan  parchada  tinish  belgilari  ko’p,  ifoda  rang-

barang.  Bunday  tadbirlarni  texnik  vosita  yordamida  yozib  olib,  so’ng  bolalarga 

qayta  namoyish  qilish,  ularga  ozor  yetkazmagan  holda  ijrodagi  yutuq  va 

kamchliklarni  muhokama  qilish  mumkin.  Sinfdan  tashqari  o’qishda  texnik 



61 

 

vositalar  yordamida  ifodali  o’qishga  e’tiborni  kuchaytirishning  ahamiyati  ham 



beqiyos. 

 

Har  bir  o’qituvchi  o’rganilayotgan  materialni  o’quvchilar  tomonidan  ongli, 



puxta,  mustahkam  o’zlashtirilishini  istaydi.  O’quvchilarning  bilish  faoliyatini 

faollashtirish    va  rivojlantirish  ko’p  jihatdan  ko’rgazmali  vositalardan 

foydalanishga  bog’liq.  Ko’rgazmali  vositalardan  biri  texnik  vositalardir.  Texnik 

vositalarga  magnitafon,  radio,  televizor,  epidiaskop,  kompyuter,  proyektor  kabilar 

kiradi.  Masalan:  epidiaskop,  bygynki  kunda  esa  proyektor  orqali  harf,  bo’g’in, 

so’z,  gap  va  rasmlar  kattalashtirilib  ko’rsatiladi.  Bolalar  talaffuzidagi  nuqsonlarni 

bartaraf  etish,  nutqni  ravon,  ifodali  bo’lishi  uchun  magnitofondan  foydalaniladi.  

Darsda texnik vositalardan foydalanish uchin bugun maktablarda sharoitlar yetarli. 

Bunday  vositalardan  foydalanib  dars  o’tish  bolalar  uchun  qiziqarli,  ayni  damda 

darsning foydaliligi oshadi.  

  Boshlang`ich  ta'limda  sinfdan  tashqari  o`qish  darslari  samaradorligini 

ta'minlovchi intеrfaol mеtodlardan foydalanish, o`qitishning noan'anaviy usullarini 

qo`llash  juda      muhimdir.  Jumladan,  sinfdan  tashqari  o`qish  darslarida 

uyushtiriladigan o`yinlar ko`ngilochar mashg`ulot bo`lmasdan, ta'limiy xaraktеrga 

ega  bo`lishi,  o`rganilayotgan  asar  mavzuni  ni  o`zlashtirishga,  asar  yuzasidan 

ta'limiy  va  tarbiyaviy  xulosa    chiqarishga      qaratilishi  lozim.  Intеrfaol  usullardan 

o`rinli,  O`quvchilarning  qobiliyatlarini  hisobga  olgan  qolda  foydalanish    lozim. 

Rixsixon  Ubayxo`jaеva  “Ilg`orpеdagogik  tеxnologiyaning  juda  ko`p  usullari 

mavjud  bo`lib,  boshlang`ich  sinf  ona  tili  darslarida  ular  sеminar  darslar, 

konfеrеntsiya  darslari,  ”Aqliy  hujum”,  “Kichik  guruhlarda  ishlash”,  “Sinkvеyn”, 

“BBB”(Bilar  edim,  bilishni  xohlayman,  bilib  oldim),  “Dеbatlar”,  “Tanqidiy 

tafakkur” va boshqalarni ko`rsatadi. Bu usullardan o`quvchining yoshi, psixologik 

xususiyati,  bilim  darajasiga  qarab  foydalanilmas,  qilingan  ishlar  ishlar  samara 

bеrmaydi. 

O`zbеkistonda  xizmat  ko`rsatgan  xalq  ta'limi  xodimi  Sobir  Tursunov: 

”Noan'anaviy  darslarining  turi  ham  juda  ko`p:  ertak,  sayohat,  musobaqa,  bozor, 




62 

 

sport  o`yin  turlaridan  foydalanib  yaratilgan  darslar  durust  samara  bеrmoqda.  Bu 



O`quvchilarni  darsga  bo`lgan  qiziqishlarini  oshirmoqda.  Lеkin  bu  darslarni  ba'zi 

o`qituvchilar  saxna  darsiga  aylantirib,  bir  bor  o`tilgan  darsni  sеnariysidan 

foydalanib,      har  safar  kеlgan  dars  kuzatuvchisiga  namoyish  qilib,  o`quvchilarni 

dangasalikka  o`rgatmoqda.  O`quvchilarda  o`yinga  qiziqish  uyg`onib,  jiddiy  bilim 

olishga  intilish  yo`qolib  bormoqda”,-  dеb  asosli  ravishda  tanqidiy  fikr  bildiradi. 

Boshlang`ich  ta'limda  sinfdan  tashqari  o`qish  darslarini  pеdagogik  tеxnologiyalar 

asosida tashkil etish, ularni muayyan mavzularni o`rganishda qo`llash, tatbiq etish 

o`quvchilarning    dastur  talablari  darajasidagi  bilim,  ko`nikma  va  malakalarga  ega 

bo`lishlarini ta'minlashi lozim. 

 

Kеyingi  yillarda  O`zbеkistonda  ham  ta'lim  muassasalari  faoliyatini 



takomillashtirishning 

nazariy 


asoslarini 

yaratish 

bo`yicha 

M.O.Ochilov, 

B.Farbеrman,  N.Saidahmеdov,  U.Nishonaliеv,  S.Yu.Mahmudov,  O`.  Tolipov, 

M.Usmonboеva,  K.Zaripov,  Q.Abdukarimov,  U.Sattorov  izlanishlar  olib 

bordilar.Ular pеdagogik tеxnologiyalarni ta'lim jarayoniga tadbiq etish afzalliklari, 

mutaxassislik  fanlarini  o`qitishni  yo`lga  qo`yishda  yangi  pеdagogik 

tеxnologiyalaridan foydalanishning imkoniyatlarini aniqlashga  qaratilgan tadqiqot 

ishlarini  amalga  oshirdilar.  Hozirgi  vaqtda  pеdagogik  tеxnologiyalarni  muayyan 

yo`nalishlar  fan  sohasiga  tadbiq  etish  bo`yicha  ham  qator  ilmiy  izlanishlar  olib 

borildi,  ularda  pеdagogik  tеxnologiyalardan  foydalanish  imkonini  bеruvchi 

loyihalar  yaratildi,  ular  ta'lim  samaradorligini  oshirishga  katta  ta'sir  ko`rsatadi. 

T.G`afforova,  D.Po`latovalarning  metodik  qo`llanmalarida  o`qish,  ona  tili, 

tabiatshunoslik darslarini interfaol usullar asosida tashkil etish yoritilgan.

19

 



Maktablarda qo`yilayotgan eng   muhim talablardan biri shaxsning ijodiy sifatlarini 

rivojlantirishdir. Shuning uchun o`qitish jarayoni samarali usullar asosida tashkild 

etish  bilimlarni  mustahkam  egallashga,  ta'lim  jarayonidagi  qiyinchiliklarni 

                                                             

19

G`afforova T



Pulatova D., Boshlang’ich ta’limga innovatsion texnologiyalarni joriy etish usullari, T.: 2011 

 

 




63 

 

еngishga  o`rgatadi,  bilim  olishga  qiziqishni  kuchaytiradi.  Lеkin  o`quvchilarda 



bilishga qiziqishni uyg`otish uchun ular ma'lum darajada boshlang`ich bilimga ega 

bo`lishi lozim. Bu bilimlar zahirasini suhbat usulda yaratish mumkin. 

Noan`anaviy  shaklda  tashkil  etilayotgan  sinfdan  tashqari  o`qish  darslari 

o`quvchilarning jamoa bo`lib kichik guruhlarda faoliyat ko`rsatishi ko`nikmalarini 

shakllantiradi,  mustaqil  fikr  yuritish,  fikrini  erkin  ifodalash,  boshqalar  fikrini 

tinglash, mulohaza yuritish, ulardan eng   muhimlarini ajrata olish, o`z fikrini ilgari 

surish,  uni  dalillash,  fikrlarni  umumlashtirish  va  xulosalashga  o`rgatadi.  Interfaol 

metodlar  o`quvchilarda  o`quv  materialini  o`rganishga  qiziqish  uyg`otish  bilan 

birga,  unda  ehtiyojni  ham  yuzaga  keltiradi.  Ta`lim  samaradorligini  oshirishning 

omili sifatida e`tirof etilayotgan interfaol metodlarni boshlang`ich sinflarda sinfdan 

tashqari  o`qish  darslariga  ham  tadbiq  etish      orqali  o`quvchilarning  o`zlashtirish 

darajasi ko`tariladi.   

Sinfdan  tashqari  o`qish  darslarini  tashkil  etishda  “Aqliy  hujum”,  “Klaster”, 

“Kichik guruhlarda ishlash”, “6x6x6”, “Lahzada aql charxi”, “Qarorlar mojarosi” 

(qaror qabul qilish texnalogiyasi) kabi interfaol usullardan va ta`limiy o`yinlaridan 

foydalanish 

o`quvchilarni 

mustaqil 

fikrlashga, 

fikrini 


jamoa 

bilan 


maslahatlashishga  o`rgatdi,  muammolarni  hal  qilishda  ishtirok  etish  maylini 

yuzaga keltirdi.  

Sinfdan  tashqari  o`qish  darslarida  o`rganiladigan  turli  mavzulardagi  asarlarni 

o`rganishda  muammoli  vaziyatlar  yaratish  o`quvchilarda  o`quv  faoliyatini 

aktivlashtirdi. 

4-sinfda  “Fasllar  ko`rki”  mavzuni  o`rganishda  interfaol  usul  “Klaster”  dan 

foydalaniladi.O`quvchilar  o`qigan  asarlari:  Rauf  Tolibning  “Gullar  va  shamol” 

ertagi    Abduraxmon  Akbarning  “  Osmonning    ko`zi”,  N.Ostonovning  “Bahor”, 

T.Adashboevning    “Navro`z”,  “Boychechak”  ,  Z.  Diyorning  “Binafsha”  she`ri 

asosida  “Bahor”  mavzusida    klaster    hosil  qiladilar.  Bu  quyidagi  ko`rinishda 

bo`ladi. 



64 

 

 




65 

 

 



O`quvchilar  “Klaster”  da  yozgan  so`zlarini  o`qigan  asarlari  yoki  yodlagan 

she`rlaridan misollar keltirib izohlaydilar. 

3-sinfda  “Hayvonot  dunyosi”  mavzusini  o`rganishda  “Aqliy  hujum” 

metodidan  foydalaniladi.  O`qituvchi  hayvonot  dunyosi  haqida  nimalarni 

bilishlarini  o`quvchilardan  so`raydi.  O`quvchilar  Anvar  Obidjon,  Tursunboy 

Adashboyevning she`rlari asosida quyidagi fikrlarni aytadilar: 

- hayvonlar  juda ko`p; 

-yovvoyi hayvonlar bor, uy hayvonlari bor; 

-hayvonlarning gushtidan, yungidan foydalanamiz; 

- hayvonlardan   ish quroli sifatida foydalaniladi; 

 - ba`zi hayvonlar “Qizil kitob” ga ham kiritilgan; 

Sinfdan  tashqari  o`qish  darslarini  tashkil  etishda  o`qituvchi  va  o`quvchilar 

faoliyatini  o`rganish,  o`quvchilarning  bilimlarni  o`zlashtirish  darajasini  test 

sinovlari va yozma ishlari   orqali aniqlash, o`qituvchi faoliyatini anketa so`rovlari 

yordamida tahlil qilish asosida sinfdan tashqari  o`qish darslarida hosil  qilinadigan 

ko`nikma  va  malakalarni  o`quvchilar  an`anaviy  shaklda  tashkil  etilayotgan  dars 

mashg`ulotlarida  o`zlashtira  olmaydi.  Bundan  tashqari,  boshlang`ich  sinf  sinfdan 

tashqari  o`qish  dasturida  o`tmishni  o`rganish,  Vatan  va  tabiat  mavzulari,  shoir  va 

yozuvchilar  ijodini  o`rganish  sinfdan  sinfga  o`tgan  sari  murakkablashib  boradi. 

Uning  o`rganishdagi  qiyinchiliklar  o`z-o`zidan  samarali  metodik  yondashuvni 

taqazo etadi. 

 Sinfdan  tashqari  o`qish  darslarida  o`zbek  bolalar  yozuvchilari  asarlarini 

mustaqil  o`qishlarini  tashkil  etishda  ilg`or  usullardan  foydalanish  bolalarda 

ularning  ijodiga  qiziqish  uyg`otadi  va  bola  mustaqil  ravish  ularning  boshqa 

asarlarini topib o`qiydi. Masalan,  Tursunboy Adashboyev ijodini sinfdan tashqari 



66 

 

o`qish  darslarida  o`rganish  o`quvchilarda  uning  ijodiga  katta  qiziqish  uyg`otadi. 



Tursunboy Adashboyevning

“Qish”

 she`rining hajmi unchalik katta emas. Lekin u 

qishda  hayvonlar  hayotida  ro`y  beradigan  o`zgarishlarni  bilib  olishga  yaqindan 

yordam  beradi.  Bu  she`rni  o`qishdan  oldin  ham  o`quvchilar  bilan  savol-javoblar 

o`tkaziladi.  O`quvchilar  diqqati  hayvonlarning  qishdagi  hayotiga  qaratiladi. 

Masalan,  qishda  yovvoyi  quyonlarning  rangi  o`zgarib,  qorda  o`zini  dushmandan 

himoya  qiladigan  oq  rangga  kirishi,  ayiqning  o`siq  yunglari  sovuqda  yashashga 

qo`l  kelishi  to`g`risida  tushuncha  beriladi.  She`r  matni  bilan  tanishishdan  oldin 

xattaxtaga 

“ayoz”, “quyruq”, “so`qmoq”, “piyma”, “po`stin” “pahmoq”

 so`zlari 

yozilib,  ma`nosi  izohlanadi.  She`rni  navbat  bilan  o`quvchilarga  to`rt-besh  marta 

o`qitilganidan keyin uning mazmuni  yuzasidan savol-javob  o`tkaziladi. SHe`rning 

to`la  mazmuni  uch-to`rt  o`quvchilarga  gapirtiriladi,  ularning  fikr-mulohazalari 

to`ldiriladi.  Mazkur  mavzuni  o`rganish  jarayonida  maktab  atrofiga  sayohat 

uyushtirish  ham  mumkin.  Qishda  qor  bosgan  dalalarni,  tomlarni,  daraxtlarni, 

odamlarning  va  qushlarning  qishdagi  hayotini  kuzatish  o`quvchilarning  mustaqil 

fikrlashi va nutqining ifodali, sermazmun bo`lishi uchun boy material beradi. 

O`quvchilar  barglari  to`kilib,  sovuqda  qor  bosib  turgan  daraxtlarni  ko`rar 

ekan,  shu  holatni  ifodalagan 

“qor  ko`rpasiga  o`rangan  yalang`och  daraxt”

  yoki 


“sovuqda  mudrayotgan  daraxt”

  kabi  iboralarni  topishga  harakat  qiladi,  bu  esa 

o`quvchilarning  lug`at  boyligining  oshishiga  xizmat  qiladi.  Biz  3-sinf  sinfdan 

tashqari  o`qish  darsida  T.Adashboyev  ijodini  o`rgandik.  Dars  o`quvchilarda  katta 

qiziqish uyg`otdi. Shoir bilan uchrashuv tashkil etishni so`rashdi. 

Sinfdan  tashqari  o`qish  darslarida  badiiy  matnning  lisoniy  tahliliga  ham 

e`tiborni kuchaytirish  lozim. O`qish dasturining  o`quvchilar bilimiga qo`yiladigan 

talablarida  ularning  ayrim  tasvir  vositalari  va  badiiy  til  elementlarini  bilishlari 

zarurligi  qayd  etilgan  bo`lsa,  o`quvchilarning  ko`nikma  va  malakalariga  bog`liq 

talablarida    “tilning  ifoda  vositalarini  o`rinli  qo`llay  olish  va  ularning  uslubiy 

imkoniyatlaridan  foydalana  olish”lariga  e`tibor  qaratilgan.  Jumladan,  o`qish 

dasturida  va darsliklarida badiiy asar tili tahliliga quyidagi talablar qo`yilgan: 




67 

 

- O`qish mashg`ulotlarini o`tkazish jarayonida o`quvchilarda nutq faoliyatining 



asosiy  ko`rinishi  bo`lgan  ko`nikmalari,  matn  va  kitob  ustida  ishlash, 

o`quvchilarning  bog`lanishli  nutqini  o`stirish,  nutq  madaniyatini  rivojlantirish 

nazarda tutiladi. 

-  Olti-etti  yoshli  bolalarning  nutqini  takomillashtirish  uchun  uning  nutqidagi 

kamchiliklarni  o`qish  darslaridagina  emas,  balki  barcha  predmetlar  yuzasidan 

o`tkaziladigan  darslarda  hamda  darsdan  va  maktabdan  tashqari  uyushtiriladigan 

mashg`ulotlar jarayonida ham tuzatib borishga alohida ahamiyat berilishi zarur. 

-  Matn  ustida  ishlash  murakkablashib  boradi,  bolalar  o`qituvchi  rahbarligida 

asarning  asosiy  mazmunini  aniqlaydilar,  qahramonlarning  xatti-harakatini 

ifodalovchi  so`z  va  iboralarni  topishga,  voqea-hodisalarni  so`z  bilan  tasvirlashga 

o`rganadilar. Ularda so`z boyligiga talab ortadi. 

Sinfdan  tashqari  o`quvchilar  mustaqil    o`qigan    asarlarni  hisobga  olib 

borishga  katta  e`tibor  qaratildi.  1-2-  sinfda  o`quvchilar  kundalik  daftarlariga 

mustaqil o`qigan asarlari nomi va muallifini yozib bordilar. 3-4-sinfda o`quvchilar 

o`qigan  asarlarini  hisobga  olib  boruvchi,  o`z  munosabatlarini  qisqa  qilib  yozib 

qo`yuvchi  mazsus  daftar  tutdilar.  Yil  oxirida  ota-onalar  yig`inida,  maktab 

pedagoglari  kengashida  mustaqil  kitobxonlik  darajasi  yuksak  o`quvchilar 

rag`atlantirib  borildi.  Boshlang`ich  sinf  o`quvchilarining  kitobxonlik  saviyasi 

targ`ib qilinayotgan asarlar, yozuvchilar ijodi, o`qilgan asar yuzasida uyushtirilgan 

bahz-munozaralar sifatiga bog`liq bo`ldi.  

Ko’rinayotirki,  sinfda  va  sinfdan  tashqari  darslarda  o’qilgan  asarlarni  ongli 

ravishda tushunish, his qilish uchun ,dastlab, ifodali o’qishni shakllantirish kerak. 

Bu  1-  sinf  o’quvchilariga    yoshligidayoq  ohang,  ritm  va  pauza  tushunchalarini 

anglashiga  har bir asar mohiyatini tushunib mutolaa qilishiga yordam beradi. 




Download 1,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish