“1-sinf o`quvchilarida ifodali o`qish ko’nikmalarini shakllantirish”


boshlang’ich  ta’lim tizimida  mantiqiy o’qish



Download 1,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/43
Sana24.01.2022
Hajmi1,63 Mb.
#407073
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   43
Bog'liq
1-sinf oquvchilarida ifodali oqish konikmalarini shakllantirish (1)

 

boshlang’ich 

ta’lim tizimida 

mantiqiy o’qish

 (matnni to’g’ri, tushunib, tez (me’yorida) o’qish) 

va 

adabiy  o’qish

  mukammal  o’zlashtirilganidan  so’ng  yuz  beradigan  jarayondir. 

1-sinf  o’quvchilari  ifodali  o’qish  jarayoniga  to’la  tayyor  holga  kelgan  bo’lishi 

kerak. 


Asrdan  asrga,og’izdan  og’izga,  xalqdan  xalqqa  o’tib  kelayotgan  og’zaki  adabiyot 

namunalarining  mohir  ijrochilari  ham  bor.  Aytaylik  rivoyatni  roviylar,  lofni 

lofchilar,  askiyani  qiziqchilar,  ya’ni  askiyachilar  aytadi.  Folklor  asarlarining  bir 

qismini  ifodali  aytish  mumkin  bo’lsa,  bir  qismi  musiqa  jo’rligida  aytilgani  uchun 

ifodali  aytib  bo’lmaydi.  Folklorning  epik  turiga  mansub  yirik  hajmli,  keng 

tarqalgan janrlaridan biri dostondir.  

Doston ilk bor xalq og’zaki ijodi sifatida yuzaga kelgan bo’lib, keyinchalik yozma 

adabiyotga  o’zlashgan.  Og’zaki  doston  namunalari  ijrochilik  yordamida  bizgacha 

yetib  kelgan.  Baxshilar,  xalfalar  ijrosida  tinglangan  dostonlarning  ayrim  qismi, 

aniqrog’i,  nazmiy  qismi  ohangga  solinib,  nasriy  qismi  ifodali  aytilgan.  Demak, 

dostonlarning  nasriy  qismi  yoqimli  ovozda,  qiziqarli  ohangda  o’qiladi.  Xorazmda 

yakka xalfalar dostonni sozsiz ijro etganlar. Ular dostonni yoddan yoki qo’lyozma 

va  kitobdan  yoqimli  ohangda  o’qish  bilan  tanilganlar.  Xalq  dostonlarini  ifodali 

o’qish jaroyonida tinglovchi zavqni tuygan, ruhiy-ma’naviy ozuqa olgan. Baxshilar 




30 

 

nazmiy qismni qo’shiq qilib aytsalar,  nasriy qismni soz chalishni to’xtatib, baland, 



o’tkir  ovozda  dona-dona  qilib  aytganlar.  Bunday  o’rinlarda  gap  urg’usiga, 

pauzaga,  tinish  belgilariga  alohida  e’tibor  berganlar.  Aksariyat  dostonlarning 

nasriy  qismi  sajda  bo’lganligi  uchun  ifodali  o’qilishi  juda  ravon  va  yoqimli 

eshitilgan. Ayniqsa, dostonlarning zachini baxshilardagi ifodali o’qish qobiliyatini 

namoyish  qila  olgan.  Zachin  boshlanma  yoki  tugallanma  bo’lishiga  ko’ra  har  xil 

ifoda  bilan  o’qilgan.  “Qadim  zamonda,  Qo’ng’irot  elida  Boybo’ri  va  Boysari 

degan aka-ukalar yashagan ekan. Boybo’ri  og’il farzand ko’ribdi. Unga Hakimbek 

deb  ism  qo’yishibdi.  Boysari  esa  qiz  farzand  ko’ribdi.  Unga  Barchinoy  deb  ism 

qo’yishibdi.  Xonadonlarda  xursandchilik  bo’libdi”

15

.    Nasriy  parcha  boshlanma 



bo’lgani uchun ta’kidlash, xabar ohangida xotirjam ifoda bilan o’qiladi.  

Doston  zachinining  tugallanmasi  esa  yakunlash  ohangi  bilan  ko’tarinki  ruhda, 

tantanovor    o’qiladi:  “Go’rog’libek  Taka-Yovmitning  eliga  odam  qo’yib,  qancha 

o’yin  qilib  to’yni  tarqatdi.  Ko’p  in’om-ehsonlar  bilan  to’yni  tamom  qilib,  murod-

maqsadlariga  yetdi”.  Zachinning  chiroyli,  yoqimli  ohangda  o’qilishini  saj  ham 

ta’minlaydi.  “Saj  gapdagi  ayrim  bo’laklarning  vazn  yoki  qofiyada  moslashishi, 

nasriy  asarlardagi  qofiya”

16

.  Tugallanmaning  ravon  bo’lishi,  ohangining  yoqimli 



chiqishini saj ta’minlagan dedik: “odam qo’yib, to’y qilib, o’yin qilib, tamom qilib. 

Ammo  qofiya  mukammal  chiqmaganligi  sababli  ifodali  o’qishdagi  ravonlik 

susaygan.    Ko’rinnadiki,  boshlang’ich  sinflarda  dostonlarimizdan  parcha  berilishi 

kerak.  Ammo  1-sinfda  doston  berilmagani  kamday  3-sinf  "O’qish  kitobi"da 

"Alpomish"  dostoni  ertak  shaklida  berilgan.  Holbuki,  boshlang’ich  sinf 

o’quvchilari  dostonlar  tinglab,  o’qib  ulg’aysalar,  ularning  har  jihatdan  komilligi 

ta'minlanaadi.  Ayni  damda,  dostondan  parchani  ifodali  o’qish  1-sinf  bolalaridagi 

ifodali o’qish ko’nikmalarining yaxshiroq shakllanishiga hissa bo’lib qo’shilardi.               

 

Folklor asarlari azaldan-azaldan ifodali o’qib kelingan, xalqning qon-qoniga 



singib  ketgan  marosimlarimizda  ifodali  o’qishning  ahamiyati  beqiyos  bo’lgan. 

                                                             

15

 Umarova  M., Hamroqulova X., Tojiboyeva R.  O`qish  kitobi. Umumiy o`rta ta’lim maktablarining 3-sinfi uchun 



darslik. – Toshkent: O`zbekiston, 2012.  –  B. 81. 

16

 



Safo Matjon, Sariyev Sh. O`zbek adabiyoti. – Toshkent, 2007. – B. 37. 

 



31 

 

Masalan,  sayllarda,  to’ylarda  yigit-qiz  aytishuvi  bo’lib  o’tgan,  “Guli  surx”  ham 



deyilgan. Qizlar yigitlarga, yigitlar qizlarga she’r aytib, gul tutqazishgan. Aytilgan 

she’rga  mazmundosh,  ohangdosh  she’r  aytishga  intilishgan.  Bunday  aytishuvlar 

yoshlardagi ifodali o’qish qobiliyatini o’stirgan, ruhoniyatini tarbiyat qilgan.  

Folklorda  ifodali  o’qishning  roli,  ayniqsa,  dramatik  asarlarda  ko’rinadi. 

Masxaraboz,  qiziqchi,  qo’g’irchoqbozlar  ijod  qilgan,  ular  ijrosida  an’anaviy  xalq 

teatri tomoshalari sifatida ajdoddan avlodga og’zaki o’tib kelgan. Og’zaki dramalar 

monolog  va  diologlardan  tashkil  topgan    bo’lib,  ko’proq  satirik,  yumoristik 

xususiyatga  ega  bo’lgan.  Og’zaki  dramalarni  ijro  qiluvchi  qiziqchilar, 

masxarabozlar  o’ta  mahorat  bilan,  so’zlarni  ochiq-ochiq  talaffuz  qilib,  asarni 

xalqqa yetkaza olganlar. 

“Boy.  Abduqodir,  ho,  Abduqodir!”  Boy  bu  so’zlarni  keskinroq,  ayni  choqda 

jaranglatib, chiroyli qilib talaffuz qiladi. Negaki o’zidan past hisoblangan kishining 

ismini yaltoqlanib aytmaydi. Ammo jaranglatib, chiroyli aytishi ham lozim, sababi 

bergan  pulini  undirishga  kelgan,  ko’p  bor  kelgani  uchun  kosibning  joniga  tegib 

ketmaslik ilinjida shunday aytishi shart. Ham keskin, ham chiroyli ohangda aytish 

uchun yuksak mahorat kerak. 

“Kosib.  Ho,  ho...  (boy  kiradi).  Keldingizmi?”  Kosib  “Keldingizmi?”  so’zini 

kesatiq va kutib turganini anglatuvchi ohangda talaffuz qiladi. “Boy. Ha, keldim”.  

Boyning talaffuzida talab, ayni choqda “qabul qilmay ilojing yo’q” degan ma’noni 

beruvchi ohang bor. 

“Kosib. Juda yaxshi, xullas,  sizning kelishingiz ko’p-u, bizning berishimiz ko’p. 

kelaverib,  olaverib,  bor-u  yog’imni  shilaverib,  hech  nimayam  qo’ymadingiz. 

Mana,  endi  bisotimda  qolgani  mana  shu  shaltoqi  eshak  to’qimi.  Mana  buniyam 

olib,  yuvib-tarang-da,  o’zingiz  sotib  pul  qilib  ola  qoling!  (Boyga  qarab  to’qimni 

irg’itadi)”

17

  Sudrxo’r  boyga  qarata  aytilgan  bu  jumlalar  kesatiq,  o’kinish, 

nochorlik, taqdirga tan berish kabi ohanglar bilan aytiladi. 

                                                             

17

Razzoqov H., Mirzayev T., Sobirov O. , Imomov K. O`zbek xalq og`zaki ijodi, - Toshkent: O`qituvchi, 1980 – B. 253 




32 

 

 



Folklor  asarlari  janriga,  ijro  usuli,  holatiga  qarab  ifodali  o’qiladi.  Bolalar 

folklori  rang-barang  bo’lib,  uni  ifodali  o’qish  jarayoni  ham  xilma-xildir. 

Cheklashmachoq,  sanama,  masxaralama,  ovutmachoq  kabi  janrlarning  har  biri 

o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, ifodali o’qilishi ham farqlanadi. 

Birim – bilon, 

Ikkim – ilon, 

Uchim – uchak, 

To’rtim – to’shak. 

Beshim – beshov,  

Oltim – oltov, 

Yettim – etov. 

Sakkizim – saqlan, 

To’qqizim – to’qlan,  

O’nim – bujmak.  

Bu  o’yin  qo’shiqlari  sirasiga  kiruvchi  qo’shiq  bo’lib,  qiz  bolalarning  koptok 

o’yinlari  jarayonida  ijro  qilingan.  Qo’shiq  koptokning  yer  yoki  devorga  urilishiga 

hamohang  bo’lib,  u  orqali  yutuqlar  soni  sanalgan”

18

.  She’rning  ritmiga  qarab 



koptok  devorga  urilgan,  aksincha,  koptokning  ritmiga  monand  she’r  bitilgan. 

She’rning ifodali o’qilishini his qilmoqchi bo’lsangiz, koptokning devorga urilish 

ritmini  eslang.  Sanamaning  ritmli  esa  sanash  ohangidan  hosil  bo’lgan.  Uning 

ifodali  o’qilishi  bolalarga  juda  erta  singadi.  Sanamani  kattaroq  bolalar  o’zlaridan 

kichiklarga o’rgatadilar. Oqibat bu tabiiy jarayon an’anaviy tarzda davom etadi: 

Sanamaning  to’rtinchi  satrigina  ma’no  bildiradi.  Uch  misrasi  boshqa  tildagi 

so’zlardan  iboratdek  taassurot  qoldiradi.  Ammo  bolalar  tez  yodlaydilar.  Sababi, 

ritmli o’ynoqi qofiyasi to’q. Bolalar o’yin oldidan sanamani qo’llar ekanlar, undagi 

kattalar  qiynalib  aytigan  so’zlarni  osongina  aytadilar,  zavq  bilan  aytadilar,  eng 

muhimi,  kattalar  o’rgatmasalar  ham  ifodali  o’qiydilar.  Xuddi  shunday  o’qishni 

o’zlaridan keyingi bolalarga o’rgatadilar. 

                                                             

18

 O`sha manba. – B. 271.   



 


33 

 

 



Azaldan  bolalarni  o’yinlar  tarbiyalagan.  O’yinlar  bolalarning  topqir, 

uddaburon,  chaqqon,  sog’lom  bo’lishni  ta’’minlaydi.  Muhim  jihatlardan  yana biri 

shundaki,  o’yinlar  bolalarga  fikrini  ravon,  tushunarli,  chiroyli  qilib  ifodalashni, 

mazmuniga  mos  ifoda  topishni  o’rgatadi.  Bir  qaraganda  judda  oddiy,  ammo 

nihoyatda  murakkab  va  go’zal  ifodali  o’qish  mashqi  bor.  “Ona  g’oz”  ovozini 

onalarnikiga monand qilishga intiladi. Har galki o’yinda “ona g’oz” bo’lish har xil 

bolalarga  to’g’ri  keladi.  Demak  har  bir  bola  ovozini  tanlashga  intiladi.  “G’ozlar” 

“Qo’rqamiz”  so’zini  g’amgin,  qo’rqa-pisa,  “Bo’ridan”  so’zini  vahima  bilan 

aytishlari lozim.  “Ona g’oz” “Uchib-uchib kelinglar” jumlasini ko’tarinki, madad 

beruvchi  ohangda  aytishi  kerak.  G’ozlar  uning  jasoratli  ovozidan  kuch  olib, 

bo’ridan  qochishlari  darkor.    Bu  o’yin  tarkibidagi  she’r  bolalarda  ifodali  o’qish 

ko’nikmalarining    hosil  qilinishida  muhim  ahamiyat    kasb  etadi.  Xulosa  shuki, 

folklor  asarlari  maktabgacha  tarbiya  yoshidagi  bolalardan  boshlab  kattalargacha, 

kattalarni ham har tomonloma tarbiyalaydi. Ayni damda,  ifodali o’qish ko’nikma 

va malakalarini hosil qiladi, rivojlantiradi.   


Download 1,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish