ATMOSFERA HAVOSINING O’SIMLIKLARGA TA’SIRI
Sanoat korxonalaridan ajralayotgan chiqindi moddalarning barchasi,
jumladan kislotalar, ishqorlar, changlar, gazsimon hamda bug’simon
moddalar o’simliklar olamiga asoratli ta’sir ko’rsatadi. Jumladan, katta-
katta sanoat korxonalari atrofidagi yashil o’rmonlar 3—25 km narida
joylashgan bo’lishiga qaramay, chiqindi-lar bilan zararlanishi haqida
ma’lumotlar bor. Zaharli gazlar o’simlik barglarining hujayra
337
protoplazmasiga kuchli ta’sir ko’rsatadi, ayniqsa ftor, xlor, sul’fid angidrid
gazi o’simlik barglariga juda zaharli ta’sir ko’rsatadi, hatto uni kuydirib
yuboradi. Agar 1 m
3
havodagi O
2
miqdori 1 mg bo’lsa, fotosintez jarayoni
susayadi. CHang, qurum va boshqa chiqindilar daraxt barglariga o’tirib,
ularning nafas olish teshikchalarini bekitib qo’yadi. Natijada quyosh
nurining xlorofil donachalariga etib borishi keskin kamayadi.
Sanoat korxonalari dudburonlaridan chiqayotgan dud va qurumlar
ta’sirida ham daraxt barglari sarg’ayadi, daraxtlarda turli dog’lar paydo
bo’ladi, o’simlik barglari qurib, to’kiladi. Archa hamda mevali daraxtlar
gaz ta’siriga o’ta sezgirliga bilan ajralib turadi.
Sanoat korxonalari atrofidagi o’rmonlarda yashovchi qushlar, turli
hayvonlar mazkur joydan havosi tozaroq joylarga qochib ketadilar. Havosi
buzilgan joyda hatto asalarilar ham qirilib ketadi.
Atmosfera havosining ifloslanishi faqat o’simliklar dunyosiga emas,
balki tuproqqa, daryo suvlariga ham zararli ta’sir ko’rsatadi.
TURAR JOYLAR HAVOSIDAGI ZARARLI MODDALARNING GIGIENIK
NORMALARINI ISHLAB CHIQISH QOIDALARI
Gigiena xodimlari havodagi zararli moddalarning ruxsat etiladigan
miqdorini aniqlash borasida bir qator nazariy va amaliy tadbirlar ishlab
chiqdilar. Bu sanoat korxonalari oddiga iflos chiqindilar miqdorini
normadan oshirmaslik vazifasini qo’yadi. SHu sababli ko’pgina
korxonalarda texnologik jarayonlar o’zgartirildi, tutun, chang, qurum va
zaharli gazlarni ushlab qoluvchi vositalar o’rnatildi. Har bir kimyoviy
modda uchun ruxsat etiladigan miqdor (REM) ishlab chiqildi va uni amalda
tatbiq etishga katta ahamiyat berildi.
Mabodo atmosfera havosining ifloslanish darajasi aniqlansa, unda
faqat moddaning nomini, miqdorini bilishning o’zi kifoya qilmaydi. Bunda
aniqlangan miqdor ruxsat etiladiganidan necha foiz ortdi, deb so’raladi.
Atmosfera havosida zaharli moddalarning REM ini aniqlash uchun
avval eng kichik miqdor aniqlanadi. Bu kichik miqdor REM ni aniqlash
338
uchun kerak bo’lgan limitli sezgir ko’rsatkich bilan izohlanadi. Agar
kishining sezgi a’zolari havodagi zararli moddalar hidini sezmasa, biroq
mazkur miqdor organizmga hamda tashqi muhitga zarar qilmasa, u holda
zaharli moddaning limit ko’rsatkichi odamning sezgi a’zolari hisoblanadi.
CHunki eng kichik bo’sag’a miqdorni hozirgi kunda odamning sezgi
a’zolari aniqlaydi.
Agar mazkur miqdor tashqi muhitga ta’sir qilsa, u holda gigienik
norma ishlab chiqilayotganda tashqi muhitni o’zgartiruvchi eng kichik
bo’sag’a miqdor nazarda tutiladi.
Atmosfera havosidagi har bir zaharli moddaga gigienik jihatdan ikki
xil norma, ya’ni katta va o’rtacha sutkalik ruxsat etiladigan kichik bo’sag’a
miqdor belgilanadi. REMning turar joylardagi atmosfera havosi
ifloslanishini o’rganishda ahamiyati katta. O’rtacha sutkalik REM,
moddaning organizmga umumiy ta’siri, kancyerogen, mutagen ta’siri
surunkali tajriba o’tkazish yo’li bilan o’rganiladi.
Katta ruxsat etiladigan miqdorni topish uchun odamning nafas
yo’llariga 5—20 minut davomida ish zonasi havosiga mo’ljallangan REM
ta’sir ettiriladi. Bunday miqdor odam uchun xavf tug’dirmaydi. Eng avval
moddaning hidi aniqlanadi. Bo’sag’a osti miqdori ruxsat etiladigan miqdor
deb qabul qilinadi va maxsus komissiyalar tomo-nidan tasdiqlanib,
qonunlashtiriladi. O’rtacha sutkalik REM zaharlanishlarning oldini olishda
katta rol’ o’ynaydi. Jumladan, reflektor reakciyalarni aniqlashda
xronorefleksometriyadan, elekt-roencefalografiyadan va boshqa usullardan
foydalanish mumkin.
O’rtacha sutkalik REM ni topish uchun mazkur moddaning umumiy
ta’siri o’rganiladi, buning uchun sutkalik maxsus tajriba o’tkaziladi.
Tajribalar oq kalamush, dengiz cho’chqachasi kabi laboratoriya
hayvonlarida olib boriladi. Buning uchun maxsus kamyeralarda 3—4 oy
mobaynida tajriba o’tkaziladi. Bunda tajribadagi hayvonlarga havo bilan
339
o’rganilmoqchi bo’lgan modda yuboriladi. Eng kichik ta’sir etmaydigan
miqdor shu yo’sinda topiladi. Bu miqdor moddaning bo’sag’a osti miqdori
bo’lib, REM ga asos bo’ladi. Hayvon organizmida ro’y byeradigan
o’zgarishlar bilinar-bilinmas bo’lishi mumkin. SHu sababli bunda eng
nozik asboblardan fiziologik, bioximiyaviy, gastoximiyaviy hamda
morfologik usullardan foydalaniladi. Eng nozik ko’rsatkichlar aniqlanadi.
Tajriba vaqtida oliy nyerv sistemasidagi o’zgarishlarga katta ahamiyat
byeriladi. Ayrim tajribalarda qonning fyermentativ holati, oqsil
frakciyalari, qondagi SN guruhlar aniqlanmoqda. S, V
1
, V
2
va boshqa
vitaminlar etishmasligi embrionga, spyermatozoidga ta’sir qilishi
o’rganilmoqda.
Uzoq tekshirishlar shuni ko’rsatadiki, zaharli moddalarning oz
miqdori ham turli o’zgarishlarga sabab bo’lishi mumkin ekan. Vaholanki,
aholi turar joylarining atmosfera havosida juda ko’p ta’sirchan kimyoviy
moddalar bo’lishi mumkin. SHu sababli organi-
zmga bir qancha zaharli moddalarning ta’siri qanday bo’lishini
o’rganish zarur. Bunday tajribalarni o’tkazish ancha murakkab.
Gigienistlar gigiena normalarini ishlab chiqishning nazariy va amaliy
tomonlarini hal qilishda katta faoliyat ko’rsatmoqdalar. Agar atmosfera
havosida bir qancha zaharli moddalar mavjud bo’lsa va baravar ta’sir
ko’rsatsa, ularning atmosfera havosidagi ruxsat etiladigan miqdori quyidagi
formula bilan aniqlanadi:
S
2
S
2
S
2
Cn-<1 ya’ni
PDK
1
+
PDK
2
+
PDK
3
................ PDK
n
C
1
, S2, Sz S
p
— atmosfera ha’osidagi zararli moddalarning
haqiqiy miqdori.
PDK
1
, PDK
2
, PDK
3
, PDK
n
— mazkur moddalarning ruxsat
etiladigan miqdori (REM).
YUqorida keltirilgan formulaga asosan, zaharli moddalarning
koncentraciyasini har bir moddaning REM ga nisbati 1 dan oshmasligi
340
kerak.
Demak, atmosfera havosining inson organizmiga ta’sirini o’rganishda
yuqorida aytib o’tilgan holatlar nazarda tutilishi zarur, aks holda
bajariladigan vazifalar kutilgan natijani byermaydi.
Ma’lumki, tirik organizm bir qator murakkab vazifalarni bajaradi.
Bunda barcha a’zolar faoliyat ko’rsatadi.
Atmosfera havosi tarkibidagi zararli moddalar ana shu sistemalar
faoliyatiga ta’sir ko’rsatadi. Ayniqsa, zararli chiqindi moddalar kishi
organizmiga surunkali ravishda tushib tursa, ularning asorati yaqqol ko’rina
boshlaydi. Keyingi vaqtlarda kimyoviy ta’sirotlar natijasida organizmda
kechadigan o’zgarishlarni matematik yo’l bilan hisoblash, tahlil qilish
va xulosa chiqarish yo’lga qo’yilmoqda.
REM ning ishlab chiqilishi gigiena fanining katta yutug’idir, bu
sanitariya amaliyotida asosiy qonuniy qurol hisoblanadi.
Sanitariya xodimlari REM yordamida ogohlantirish byeradilar,
kundalik sanitariya nazoratini amalga oshiradilar.
Hozir atmosfera havosidagi 600 ga yaqin kimyoviy modda uchun
REM ishlab chiqilgan, shuningdek, 33 ta moddaning birgalikda ta’sir
qilishi o’rganilib, ular uchun ham normalar belgilangan.
Gigiena fanidagi eng murakkab masalalardan biri nshlab chiqilgan
REM ni hayotga tatbiq qilishdir. REM odatda tajriba hayvonlarida olib
boriladi. Tajriba yo’li bilan aniqlangan eng kichik ta’sir qilmaydigan
miqdor odam organizmiga ta’sir qiladimi yoki yo’qmi, degan savol
tug’ilishi tabiiy. Buni aniqlash uchun odamlarning salomatligi atroflicha
tekshiriladi. Bunda bo’sag’a osti miqdori bo’sag’a miqdordan 3—10
barobar kam bo’lsa, odamlarga ta’sir ko’rsatmaydi. Biroq allyergen,
mutagen, kancyerogen, tyeratogen xususiyatiga ega bo’lgan kimyoviy
moddalar borligiga trkshirilganda ularning shu xususiyatlari aniqlansa,
unga ruxsat etilmaydi.
341
Hozirgi davrgacha to’plangan ma’lumotlardan olingan xulosa
shundaki, Rossiyada tajriba yo’li bilan ishlab chiqarilayotgan ruxsat
etiladigan miqdor (REM) odamlarning real sharoitiga tatbiq etilishi yaxshi
natijalar byermoqda, ya’ni atmosfera havosidagi zararli moddalarning
miqdori REM ga teng bo’lsa, odamlar orasida kasalliklarnning tarqalishi
kuzatilmaydi. Demak, REM ni ta’minlash odamlar sog’lig’ida biror
o’zgarishlarni keltirib chiqarmaydi, hatto buni yosh bolalar uchun ham
tatbiq etsa bo’ladi. Mabodo REM 2—4 marta ortib ketadigan bo’lsa, nafas
olish organlari faoliyatida o’zgarishlar kelib chiqishi mumkin. Agar u 5—7
marta oshib ketsa, aholi o’rtasida bemorlar soni ko’payishi kuzatildi.
Har bir zararli modda atmosfera havosi orqali organizmga tushadigan
bo’lsa, unga organizm o’ziga xos biologik reakciyalar bilan javob byeradi.
Masalan, kishi betoblanishi, o’lishi ham mumkin. Atmosfera havosi
ifloslangan bo’lishiga qaramay, organizmga turlicha ta’sir etadi.
Horijiy mamlakatlarda ruxsat etiladigan miqdor bizdagi ruxsat etilgan
miqdordan birmuncha ko’p. Masalan, sul’fid angidrid uchun bizda ruxsat
etiladigan miqdor 1 m
3
atmosfera havosida 0,05 mg ga teng bo’lsa, AQSH
da 0,26 mg, CHSSR da 0,15 mg. Franciyada 0,75 mg, SHveciyada 0,25,
SHveycariyada 0,5—0,75 mg, Pol’shada — 0,35 mg, YAponiyada esa 0,1
mg deb qabul qilingan.
Keyingi o’ttiz yil mobaynida zararli moddalarning REM ini
aniqlashda nazariy hamda amaliy jihatdan ko’p o’zgarishlar ro’y berdi. Bu
borada juda ko’p qonunlar ishlab chiqildi. Ayniqsa zararli moddalarning
eng kichik miqdori ham organizmga surunkali ravishda ta’sir etib tursa,
kasallikka sabab bo’lishi mumkinligi bayon etildi. Ular matematik yo’l
bilan hisoblab chiqildi. Keyingi yillar ichida kimyo sanoati nihoyatda
rivojlanib, xalq xo’jaligiga va qishloq xo’jaligiga turli xil kimyoviy
moddalar byeryapti. Ba’zi moddalar, masalan pesticidlar va boshqa turdagi
342
kimyoviy moddalar chet mamlakatlardan sotib olinmoqda. Bunday
kimyoviy moddalarning barchasi uchun REM ni ishlab chiqish ancha
murakkab masala. Lekin ruxsat etilgan miqdor ishlab chiqilgandan
so’nggina ulardan foydalanish mumkin.
Keyingi vaqtda, ayniqsa kancyerogen moddalarning atmosfera
havosidagi normasini ishlab chiqish dolzarb masalaga aylanib qoldi.
Kancyerogen moddalarning gigienik normalarini ishlab chiqish
qoidalari quyidagacha.
1.
Qaysi miqdor o’rganilayotganidan qat’i nazar hayvonlardagi tajriba
oxirigacha olib borilishi kerak.
2.
Matematik hisob bo’yicha natijaning vaqtga bog’liqligani tekshirish.
3.
Kancyerogen moddalarning oz miqdori ham vaqt o’tishi bilan o’sma
paydo qilishini oldindan ko’ra bilish.
4.
Tajriba hayvonlarida o’tkazilgan tajribani odamlarga tatbiq qilish va
boshha ob’yektlar uchun REM ni hisoblash.
Kancyerogen moddalarning ruxsat etiladigan miqdorini ishlab chiqish
atmosfera havosini muhofaza qilishda, uning sifatini yaxshilashda katta
ahamiyat kasb etadn. Masalan, 3,4 benzpiren uchun ishlab chiqilgan ruxsat
etiladigan miqdor har tomonlama tekshirib ko’rildi. Natijada bunday
miqdordan rak kasalligi kuzatilgani yo’q.
Keyingi yillarda atmosfera havosini muhofaza qilish borasida yana bir
ko’rsatkich ishlab chiqildi. Bu ruxsat etiladigan chiqindi bo’lib, gigiena va
sanitariya amaliyotiga tatbiq etildi.
Bizda 1978 yilda ruxsat etiladigan chiqindini aniqlash bo’yicha Davlat
standarti qabul qilindi. «Atmosfera havosini muhofaza qilish qonuni»ga
asosan har bir sanoat korxonasi o’zi uchun «Ruxsat etiladigan chiqindi»
degan normani ishlab chiqishi va unga amal qilgan holda faoliyat,
ko’rsatishi kerak.
1> Do'stlaringiz bilan baham: |