1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/166
Sana06.07.2022
Hajmi2,35 Mb.
#744677
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   166
Bog'liq
электрон-дарслик-КГ

SANITARIYA TADBIRLARI 
Mazkur tadbirlar sanoat korxonalari va avtotransport vositalaridan 
ajralib chiqadigan zararli chiqindilarni tozalash va bu usullarni 
takomillashtirishni o’z ichiga oladi. 
Maxsus usulda qurilgan tozalash inshootlari mazkur sanoat kor-
xonalaridan ajralib chiqayotgan zararli omillarni kamaytirish yoki butunlay 
yo’qotish bilan shug’ullanadi. Tozalash inshootlari changlarni mexanik 
yo’l bilan, fil’trli apparatlar yordamida, elektrostatik fil’trlar va 
namlaydigan apparatlar vositasida ushlab qoladi. 
Hozirgi vaqtda emg ko’p tarqalgan usul bu changlarni mexanik yo’l 
bilan quruq holda ajratib olish hisoblanadi. Bunga misol qilib cho’ktiruvchi 
kamyeralar, ciklonlar, maxsus kul ushlagichlarni ko’rsatish mumkin. 
Korxonalardan ajralib chiqayotgan chang zarralari nechog’li yirik bo’lsa, 
ularning cho’ktiruvchi kamyeralarda ushlanib qolishi shuncha samarali 
bo’ladi. 


361
Ciklonlar hozirgi kunda eng ko’p foydalaniladigan usullardan biridir. 
Ular havoni yirik chang zarralaridan 85—90% tozalaydi. 
Tuzilishining soddaligi va ishining samaradorligi jihatidan mitti 
batareyali ciklonlar ancha qulay hisoblanadi. Ular havoni hatto gazlardan 
ham tozalashi mumkin. 
Mazkur turdagi apparatlarga aylanuvchi qismli vositalar ham kiradi. 
Ish samaradorligi yuqori bo’lgan, tutun va kullarni, gazlarni ushlaydigan, 
ayni vaqtda havoni almashtirib (ventilyaciyalab) byeradigan qurilmalar, 
inshootlar yaratish shu kunning dolzarb muammolaridan hisoblanadi. 
CHanglarni cho’ktirish, fil’trlash uchun turli matolardan, sopol-
kyeramika, metall-kyeramikalardan ham foydalaniladi. O’ta discyers 
gazlarni bunday havoli fil’trlardan o’tkazish natijasida gazlar changlardan 
yuqori darajada tozalanadi. SHu boisdan sanoat korxonalari tomonidan turli 
markali fil’trlar ishlab chiqilmoqda. Ayniqsa keyingi vaqtlarda sintetik va 
shisha tolali fil’trlar ancha ko’payib qoldi. Bunday fil’trli apparatlar yuqori 
haroratdagi gaz va changlar uchun juda qulay. Gaz tarkibidagi yopishqoq, 
yuqori haroratli changlarni tozalash uchun fil’trlovchi yuzalardan ham foy-
dalaniladi. Bunga qum, mayda tosh, granulalar va boshqalar kiradi. 
Elektrostatik fil’trlar (elektrofil’trlar) kichik zarrali changlarni yuqori 
kuchga ega bo’lgan elektr toki yordamida zaryadlab, qarama-qarshi 
zaryadli elektrodlarga yopishtiradi. Elektr tokini manbadan uzib qo’yish 
elektrodda yig’ilgan changlarning maxsus kamyeraga to’kilishiga sababchi 
bo’ladi. Elektrodga yig’iladigan changlar tabiati bo’yicha elektr zaryadini 
olish qobiliyatiga ega bo’lgan zarrachalar bo’ladi. Elektr fil’trlar yordamida 
havo tarkibidagi mayda zarrachalarning 95—99% i ushlanib qoladi. Agar 
chang koncentraciyasi yuqori bo’lsa, mazkur fil’trlarning ishlash samarasi 
ma’lum darajada kamayadi, bunda gazning elektrofil’trdan o’tish tszligi - 
ma’lum darajada rol’ o’ynaydi. 
Elektrofil’tr apparatlari hozirda keng ko’lamda ishlatil-moqda, ular 


362
gazlarni changlardan tozalashda yaxshi samara byermoqda. Elektr 
fil’trlarning ish unumi juda yuqori bo’lib, u 1 soatda bir necha million m
3
atmosfsra havosini o’zidan o’tkazish xususiyatiga ega. 
Elektr fil’trlar vositasida gazlar tarkibidagi qattiq va suyuq zarrachalar 
ushlanib qolishi mumkin. 
Elektr fil’trli apparatlar o’zlari ushlab qoladigan chiqindilar miqdoriga 
qarab quruq hamda namli turlarga bo’linadi. 
UGT,* UVP,** SHMK***, SG**** va boshqa markadagi elektr 
fil’trli apparatlar ishlab chiqarilgan. Bulardan SG apparatida sanoat 
korxonalaridan chiqadigan qurum ushlanadi, SHMK apparati bilan sul’fat 
kislotasining bug’i ushlab qolinadi. Bir qator yig’ma apparatlar ham ishlab 
chiqilgan bo’lib, ular havoni gaz, qurum va changdan bir yo’la tozalaydi. 
Havo tarkibidagi gaz, chang va boshqa yot aralashmalarni nam 
ushlagichlar yordamida, ya’ni skrubbyerlar vositasida ham tozalash 
mumkin. Keng tarqalgan skrubbyer markazga intiluvchi nam moslama 
bo’lib, u asosan havodaga kul va gazlarni ushlab qoladi va tozalaydi. 
Gaz va changlarni yaxshi ushlab qolishi jihatidan Venturi skrubbyeri 
alohida ajralib turadi, mazkur apparat yordamida havodagi qattiq va 
aerozol zarrachalari ushlab qolinadi. 
Sanoat korxonalari chiqindilaridan havoni tozalash uchun absorbciya 
va adsorbciya jarayonlarini bajaruvchi asboblar ishlatiladi. Bular 
skrubbyerlar, ko’pik hosil qiluvchi apparatlar, barbotyerlar va boshqa 
moslamalardir. Bunday usul bilan ajratib olingan mahsulotlar xom ashyo 
sifatida korxonalarga qayta foydalanish uchun qaytarilishi mumkin. 
Masalan, ximiya va neft-ximiya sanoati korxonalaridan ajralib chiqayotgan 
gazlardan ajratib olingan vodorod sul’fid, oddiy oltingugurt yoki sul’fat 
kislotalar shular jumlasidandir. 
Atmosfera havosini tozalash yo’lida olib borilayotgan ishlar 


363
atmosferaga tushayotgan iflosliklarni bir necha mln tonnaga 
kamaytirmoqda. Bu o’z navbatida aholining salomatligini saqlashda 
ma’lum darajada ijobiy rol’ o’ynamoqda. 

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish