1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov


TUPROQ GIGIENASI VA TURAR-JOYLARNING SANITARIYA HOLATINI



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/166
Sana06.07.2022
Hajmi2,35 Mb.
#744677
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   166
Bog'liq
электрон-дарслик-КГ

TUPROQ GIGIENASI VA TURAR-JOYLARNING SANITARIYA HOLATINI 
YAXPSHLASH 
 
Tuproq tashqi muhitning asosiy elementlaridan biridir, Viruslardan 
tortib odamzodgacha, o’simliklardan hayvonlargacha bo’lgan 
jonivorlarning hayoti tuproq bilan bog’langan. Tuproqda yashaydigan 
jonivorlar tuproqdan oziq olsa, odamzod yerdan unib chiqqan 
mahsulotlardan bahramand bo’ladi. Odam va hayvonlarning salomatligi 
tuproqning sanitariya holatiga bog’liq. 
Geolog va tuproqshunoslarning fikricha, tuproq tog’ jinslarining ustki 
qavati bo’lib, o’sha jinslarga suvning, shamolning, havoning birgalikdagi 
ta’snri ostida vujudga kelgan tashqi muhitning asosiy elementidir. 
8. 
R. Vil’yamsning fikricha, tuproqni bamisoli bir o’lik tana deb 
hisoblash xato hisoblanadi. Tuproq juda murakkab minyeral va organik 
moddalar aralashmasi bo’lib, u bir daqiqa ham tinch holatda bo’lmaydi.
Tuproqdagi jonivorlar ham bir-birlari bilan bog’liq holda yashaydi. 
Tuproqning tinch turishi uning o’limi demakdir, deydi olim. 


369
Tuproq qoplamida paydo bo’ladigan o’zgarishlar faqatgina yerning 
chiroyini ochib qolmay, balki uning tarkibini ham o’zgartirib yubo-radi.
Masalan, katta maydonlarga daraxtlar ekib, o’rmonlar barpo 
qilish, yerlarning melioraciyasini yaxshilash maqsadida zovurlar kovlash, 
hosildorlikni oshirish maqsadida organik va minyeral o’g’itlar ishlatish va 
hokazolar yerning tuzilishini, uning tarkibini, fizik va kimyoviy 
xususiyatini o’zgartirib yuboradi. 
Tuproq qoplamining o’zgarishi turar joylarda yaqqol ko’rilmoqda. 
Sanoat korxonalari zich joylashgan territoriyalarda tuproq turli kimyoviy 
elementlar, organik moddalar bilan to’yinmoqda. Demak, tuproq 
tarkibining o’zgarishiga insonlar sabab bo’lmoqda. 
Texnika taraqqiyoti hatto yerning relyefini ham o’zgartirib 
yubormoqda. Ba’zi joylar chuqurlashib, ba’zi joylarda tepaliklar paydo 
bo’lmoqda. Hozir korxonalardan, konlardan juda ko’plab chiqindilar 
chiqmoqda. 
Tuproq tarkibida juda ko’p mikroorganizmlar mavjud. Tuproq 
yuzasidagi mikroorganizmlar quyoshning ul’trabinafsha nurlari ta’sirida 
qirilsa, 5—10 sm chuqurlikdagilari esa aksincha ko’payadi. Tuproq 
mikroblarni ovqat, namlik va havo bilan ta’minlaydi. Bu omillar tuproq 
tarkibidagi mikroorganizmlarning yashashi uchun yaxshi sharoit yaratadi. 
Mikroorganizmlar organik moddalarning parchalanishiga yordam byeradi. 
Tuproqda mikroorganizmalardan tashqari, bir hujayrali sodda hayvonlar, 
mog’orlar, chuvalchanglar, baktyeriofaglar, viruslar, kana va pashsha 
tuxumlari va boshqalar yashaydi. Bunday jonivorlar tuproqdagi organik 
moddalarni parchalab tuproqning chiqindilardan tozalanishiga yordam 
byeradi. 
Gigienik va epidemiologik jihatdan xavfli tomoni shundaki, tuproqda 
mikroorganizmlar ancha uzoq yashaydi. Masalan, qoratuproqli, qum-


370
tuproqli yerlarda ichburug’ mikroblari 25 kundan 100 kungacha, qorin tifi 
va paratif mikroblari esa 100 kundan 400 kungacha yashashi mumkin. 
Masalan, poliomielit viruslari, ESNO 1, ESNO 9, Koksaki VZ kabilar 
oddiy qum-tuproqda, qumoq tuproqda 100—150 kungacha yashashi 
mumkin. Ba’zi bir sporali baktyeriyalar, jumladan gazli gangrena, 
botulizm, kuydirgi va boshqalar o’n yillab yashashi mumkin. 
Mikroblar kishi organizmiga to’g’ridan-to’g’ri yoki shu infekciyalar 
bilan ifloslangan meva va sabzavotlar orqali yuqishi mumkin. 
Tuproqning tabiiy holatini ayniqsa sanoat korxonalaridan chiqayotgan 
chiqindilar buzmoqda. 
Sanoat korxonalaridan 2—12 km uzoqdagi masofadan simob, 
margimush, ftor, qo’rg’oshin, mis, marganec, temir va boshqa shu kabi 
elementlar topilgan. Ular o’simlik tanalariga o’tib, ularni zarar-lashi 
mumkin. O’simlik tarkibida sanoat chiqindilarining mavjud-ligi hayvon va 
insonlar sog’ligi uchun juda katta xavf tug’diradi. 
N.I. Xlebnikov ximiya kombinatidan 1,5—2 km uzoqdagi masofadan 
sul’fat kislota koncentraciyasini topgan. 
Tuproqqa ximiya zavodlari va boshqa manbalardan rak kasalli-gini 
keltirib chiqaruvchi kancyerogen moddalar ham tushishi mumkin. Bu
jihatdan benzpiren moddasi juda xavfli. Ayniqsa, benzpiren 
3,4 ko’p miqdorda Sankt-Petyerburg, Dnepropetrovsk shaharlari 
tuprog’idan topilgan. 
Qishloq xo’jaligida zaharli ximikatlarning tobora ko’p ishlatilishi 
tuproqda kimyoviy moddalarning to’planib qolishiga sabab bo’lmoqda. 
Ular havo orqali, yerga chiqindilarni to’g’ridan-to’g’ri tashlanishi oqibatida 
yoki dorilangan urug’lar orqali tushib yerni ifloslantirmoqda. Ayniqsa, 
xlororganik moddalarning tuproqda parchalanmay 4—10 yilgacha yashashi 
odamlarni tashvishga solmoqda. 
Keyingi yillarda tuproq fosfororganik moddalar va gyerbicidlar bilan 


371
ifloslanmoqda. Tuproqning kundan-kunga ifloslanib borishi olimlarni 
tashvishga solib qo’ymoqda. Ular tuproqning ifloslanishi oldini olish 
yo’lida bir qancha tadbirlar ishlab chiqmoqdalar. Ular sanoat korxonalarini 
qoidaga bo’ysungan holda ishlashini kuzatmoqdalar, iqlim sharoitiga 
ahamiyat bergan holda tuproqlar uchun ruxsat etiladigan miqdorlarni ishlab 
chiqmoqdalar. Zaharli ximikatlar ko’p ishlatilayotganligi sababli tashqi 
muhit ob’yektlari ifloslanmoqda. SHu sababli darslikka zaharli moddalarga 
bag’ishlangan bob kirgizildi. 
Hozirga vaqtda tashqi muhit ob’yektlariga turli sanoat korxonalaridan, 
turar joylardan, molxonalar va qurilish ob’yektlaridan juda ko’p miqdorda 
chiqindilar tushmoqda. Bu tuproqni ishdan chiqarib, odamlar sog’lig’ining 
puturdan ketishiga sabab bo’lmoqda. Demak, tuproqni ifloslanishdan 
muhofaza qilmaslik, tashqi muhitning boshqa elementlariga, jumladan 
odamlarning sog’lig’iga putur etkazishi mumkin. 
Tuproqning sanitariya muhofazasi deyilganda kompleks tarzda 
bajariladigan tashkiliy ishlar tushuniladi. Ular gigiena, sanitariyaga oid 
ishlar bo’lib, tuproqni kimyoviy va biologik jihatdan ifloslanishining oldini 
oladi. Ular tuproqning o’z-o’zini tozalash jarayoniga zarar byermaydi. 
Tuproq sanitariya jihatdan tozalanganda o’simliklarga, odam va 
hayvonlarga zarar byermaydi, atmosfera havosi ifloslanmaydi. Bundan 
ko’rinib turibdiki, hozirgi kunda sanitariya vrachining gigiena sohasini 
rivojlantirishdaga roli nihoyatda katta ekan. 

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish