1 sh. T. Otaboev t. I. Iskandarov


(YA. I. Goncharuk ma’lumotidan)



Download 2,35 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/166
Sana06.07.2022
Hajmi2,35 Mb.
#744677
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   166
Bog'liq
электрон-дарслик-КГ

(YA. I. Goncharuk ma’lumotidan) 
Tozalik darajasi 
REM dan oshgan havo namunalari, % da 
katta bir martalik miqdor 
o’rtacha sutkalik miqdor 
Toza 
O’rtacha iflos 
Juda iflos 
0
5 gacha
10 dan yuqori 
0
10 gacha
25 dan yuqori 
ATMOSFERA HAVOSI IFLOSLANISHINING OLDINI OLISH YO’LLARI 


352
Sanoat korxonalarining tobora rivojlanib borishi, transport 
vositalarining ko’payishi, kommunal ob’yektlar, axlatxonalarning 
ko’payishi va boshqalar atmosfera havosini ifloslanishdan muhofaza 
qilishni taqozo etadi. Mazkur masala faqat gigiena fani oldidagi masala 
bo’lib qolmay, balki ijtimoiy va iqtisodiy masala hamdir. Agar bu masala 
vaqtida echilmasa, keyinchalik uni yechish qiyin bo’lib qoladi. 
Hozirgi kunda atmosfera havosini muhofaza qilish uchun uchta 
tadbirni amalga oshirish ko’zda tutiladi. Bular texnologik, loyiha-lash 
hamda sanitariya-texnika tadbirlaridir. Mazkur tadbirlar amalga oshirilsa, 
turar joylardagi atmosfera havosining iflosla-nishini ruxsat etiladigan 
darajada ta’minlash mumkin bo’ladi. 
a) Texnologik tadbirlar 
Atmosfera havosini muhofaza qilishda texnologik tadbirlarning 
ahamiyati katta. Tekshirish natijalariga qarab ob’yektlarga va atmosfera 
havosiga tashlanadigan chiqindilar miqdorini kamaytirish yoki mutloq 
to’xtatish mumkin bo’ladi. Bunyng uchun sanoat korxonalaridagi 
texnologik jarayonlar takomillash-tirilishi zarur. SHunda hatto chiqindisiz 
yoki kam chiqindili mahsulot ishlab chiqarish mumkin bo’ladi. Bunday 
jarayon byerk jarayon deyilib, bunda chiqindilar umuman bo’lmaydi yoki 
bunday chiqindilardan boshqa mahsulot tayyorlanadi. 
CHiqindisiz yoki kam chiqindili korxonalar o’z ichiga kompleks 
tashkiliy, texnologik jarayonlarni oladi. Bunda xom ashyo tayyorlash, bor 
matyeriallardan to’la-to’kis foydalanish, ularni chiqindi sifatida tashqi 
muhitga tashlamaslik borasida yo’l-yo’riq, tavsiyalar ishlab chiqiladi. 
CHiqindisiz mahsulot ishlab chiqish nazariy jihatdan qulay bo’lsada, 
amalda uni boshqarish juda murakkab hisoblanadi. SHuning uchun ham 
ko’pincha kam chiqindili ishlab chiqish korxonalariga katta ahamiyat 
byeriladi. 
Akademik B.N. Laskorin tavsiyasiga ko’ra kam chiqindili texno-


353
logiyaga ega bo’lgan korxonalar quyidagi yo’nalishda ish olib borishi 
kerak. Xom ashyolarni kompleks holda ishlash, yangi texnologik jara-
yonlarni ishlab chiqish va takomillashtirish, ularning sxemalarini ishlab
chiqish, shunga mos asbob-uskunalar yaratish, texnolo- 
gik jarayonlarda suv hamda gazlardan qayta foydalanish tadbirlarini ko’rish 
va hokazo. 
YUqorida zikr qilingan tadbir va choralarni amalga oshirish ma’lum 
darajada chiqindilar chiqishini kamaytiradi, tashqi muhit ob’yektlarni 
ifloslanishdan muhofaza qiladi. 
SHuni aytish kerakki, chiqindisiz ishlaydigan sanoat korxonalaridagi 
barcha xom ashyo sanoat mahsulotiga aylanadi, Masalan, 1913 yilda rangli 
metallurgaya korxonalari xom ashyolardan hammasi bo’lib 15 elementni 
ajratib olgan bo’lsa, 1930 yilga kelib 20 ta elementni, 1970 yilda esa 74 
elementni ajratib oldi. Hozir misdan mahsulot tayyorlaydigan korxonalar 
undan 25 ta element ajratib olmoqda. Jumladan mis, rux, qo’rg’oshin, 
nikel’, oltin, kumush, shuningdek molibden, kobal’t, kadmiy, selen, tellur, 
gyermaniy, reniy va ularning birikmalari, oltingugurt, vismut, sur’ma, 
bariy, temir va boshqalar. 
Neft’ ishlab chiqarishda qoldiq modda mazut bo’lib, uniig tarkibida 
70—90% oltingugurt bor. Hozir mazutdan oltingugurtli moddalar ajratib 
olish texnologiyasi ishlab chiqilmoqda. 
Hozir chiqindisiz korxonalar soni juda kam desa bo’ladi. Ko’p 
mahsulotlar sifatsiz bo’lgani, Davlat standartiga to’g’ri kelmasligi tufayli 
ulardan qayta ishlab chiqarishda foydalanilmaydi va natijada ular muhitni 
ifloslantiruvchi manbaga aylanib qolmoqda. 
Hozir ba’zi metall ishlab chiqaruvchi korxonalar chiqindisiz 
texnologiyaga o’tgan. Masalan, qora metallurgiya kombinatlari 
ma’danlarni yangi usullar bilan, ya’ni kokssiz, domna o’choqlarisiz eritish 
usullarini qo’llamoqdalar. Mazkur usullar bo’yicha ma’dan-lar tarkibidagi 


354
metallar tabiiy gaz yoki vodorod yordamida ajratib olinadi. Bunday 
texnologiyada tashqi muhitni iflrslantiruvchi bosqich juda kam bo’ladi. 
Bunda domna pechidagi kabi kul va aglomyerat chiqindilar bo’lmaydi. 
Oqibatda atmosfera havosiga tashlanadigan gaz, chang va boshqa omillar 
o’z-o’zidan yo’qoladi. 
Mazkur usul bilan po’lat eritilganda atmosfera havosiga tushadigan 
SO
2
gazi, chang va boshqa zararli omillar kamayadi, korxona 
chiqindilaridan to’la-to’kis foydalanishga imkon tug’iladi. 
Rangli metallurgiya korxonalarida nikel’, volfram ishlab chiqarishda 
ham chiqindilar miqdori tobora kamayib bormoqda. Kirovograddagi nikel’ 
ishlab chiqarish korxonasi chiqindisiz korxonaga aylandi. 
Keyingi vaqtlarda azotli o’g’itlar ishlab chiqarish korxonalarida ham 
xom ashyolar to’la-to’kis, chiqitsiz ishlab chiqarilmoqda. Atmosferani 
ifloslantiruvchi kimyoviy moddalardan qayta foydalanilmoqda. 
Sintetik kauchuk ishlab chiqarish zavodida texnologiya jarayonida 
paydo bo’ladigan chiqindilardan hozir sul’fat kislota, spirt va stirol olishda 
foydalanilmoqda. 
CHiqindili zavodlarda maxsus moslamalardan foydalanib korxo-
nadan ajralib chiqayotgan gazlar, shuningdek zararli moddalar tutib 
qolinadi va qaytadan mahsulot ishlab chiqarishga joriy etiladi. 
Ayniqsa sanoat korxonalari zich joylashgan xududlarda chiqin-disiz 
ishlab chiqarishga katta ahamiyat berish zarur. Ust-Kamenegorsk, Olmaliq, 
Svyerdlovsk, CHelyabinsk, Bekobod, Vorkuta kabi sanoati rivojlangan 
shaharlarda bu dolzarb masala hisoblanadi. 
Fan va texnika yutuqlaridan chiqindisiz ishlab chiqarishda foydalanish 
aholi turar joylari havosining toza bo’lishida katta ahamiyatga ega. 
Birlashgan millatlar tashkiloti tomonidan kam chiqindili hamda 
chiqindisiz sanoat korxonalarini tashkil qilish to’g’risida maxsus qaror 
qabul qilindi. 


355
YAna bir masala zaharli moddalarni zahari kam bo’lgan moddalarga 
almashtirishdir. Masalan, ko’mir yoki mazut yoqib istiladigan qozonlar gaz 
bidan isitilsa, atmosferaga chiqadigan zararli moddalar 70—90% ga 
kamayib ketadi. Boshqacha qilib aytganda, avtomobillarga ishlatiladigan 
benzin o’rniga gaz ishlatish ham atrof-muhitning ifloslanishini ma’lum 
darajada kamaytiradi. 
Xom ashyolarni zararli moddalardan tozalash katta ahamiyatga ega. 
Masalan, yoqiladigan gazdan oltingugurtni ajratib olish, toshko’mirdan 
oltingugurt kolchedanini ajratib olish atmosfera havosini ifloslanishdan 
birmuncha saqlaydi. 
CHang tarqatuvchi manbalarni namlash yo’li bilan changini 
kamaytirish mumkin. Jumladan, quruq cement ishlab chiqarishni namli 
ishlab chiqarishga o’tkazish havoga uchadigan chang miqdorini 
kamaytiradi. 
Texnologik jarayonlarda olov yoqib qizdirish o’rniga elektr tokidan 
foydalanish ham chiqindilar sonini kamaytiradi, Masalan, Moskvadagi 
alyumin zavodida alyuminni elektr indukcion pechlarda eritishga o’tish 
tufayli atmosfera havosiga tushadigan zararli moddalar soni ancha 
kamaydi. 
Texnologik jarayonlarninng byerkligini ta’minlash, mahsulotlarni bir 
joydan ikkinchi joyga transportyer lentalar vositasida jo’natish, ayniqsa 
chang chiqaruvchi moddalar bilan ishlashda suvli yoki havoli 
transportirovka vositalaridan foydalanish zararli moddalar miqdorini ancha 
kamaytiradi. 
Texnologik jarayonlar biror daqiqa bo’lsa ham to’xtab qolmasligi 
kerak. Agar jarayon to’xtab qoladigan bo’lsa, chiqindilar to’planib 
atmosfera havosining ifloslanishiga imkon tug’dirishi mumkin. SHuni 
aytish kerakki, yuqorida aytib o’tilganlar atmosfera havosini mutloq 
ifloslanishdan holi qilmaydi, ammo shunga qaramay sanitariya vrachi 


356
sanoat korxonalarining injenyer va texnik xodimlari bilan birga atmosfera 
havosini chiqindilardan muhofaza qilishga harakat qilishi lozim. 

Download 2,35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   166




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish