Egri chiziqli sirtlarni egovlashda xavfsizlik qoidalari
Dastasiz ѐki dastasi ѐrilgan egov bilan ishlash man qilinadi; dastalar yaroqli va jilolangan tashqi yuzaga hamda xalqaga ega bo‘lishi kerak.
Egovlashda egovning uchini pastidan qisib ushlamaslik kerak: uni salt (ishlatmasdan) yurgizishda qo‘l zagotovkaga tegib, barmoqlar jarohatlanishi mumkin. Egov haddan tashqari oldinga chiqarib yuborilganida, dasta zagotovkaning chetiga urilishi, egovning orqa uchi esa dastadan chiqib ketib, qo‘lning shikastlanishiga sabab bo‘lishi mumkin. Egovlashda hosil bo‘lgan qirindini qo‘l bilan olib tashlash va puflab ketkazish yaramaydi, aks holda qo‘llar jarohatlanishi va ko‘zga qirindi tushishi mumkin: qirindi qilli chutkalar bilan ketkaziladi. Qirindi soch orasiga tushmasligi uchun bosh kiyim bilan ishlash lozim. Shikastlanishlar bo‘lmasligi hamda ish vaqti tejalishi uchun dastgoh, gira, ish va o‘lchash asboblari tartib bilan tutilishi va tegishli joylarda saqlanishi kerak.
Dastlab maxsus yo‘riqnomalarni o‘rganmasdan turib, elektrlashtirilgan va pnevmatik asboblar bilan ishlash kat’iy man qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |