Ishning vazifasi:
1. Chala mahsulot zagotovkalarini rejalashga tayѐrlash.
2. Zagotovkalarni rejalash uchun o‘rnatish.
3. Chala mahsulotni rejalash.
Taxminiy ish ob’ektlari: gira jag‘larining quymalari, podshipnik korpusi ichqo‘ymalari, silindrik vallar, fazoviy rejalashni talab qiladigan turli ishlab chiqarish zagotovkalari.
Asbob va uskunalar: bir ignali reysmaslar, shtangenreysmaslar, millimetrli tik chizg‘ichlar, keng asosli go‘niyalar, markaz izlagichlar, kernerlar, 200 g. li chilangarlik bolg‘alari, metall o‘lchov chizg‘ichlari.
Do'stlaringiz bilan baham: |