Talabalar duch keladigan kiyinchiliklar va yul qo‘yadigan xatolar xamda ularning oldini olish
Egovlashda talabalar egovning dastasini o‘ng qo‘lda noto‘g‘ri tutadilar (ko‘rsatkich barmoqni dasta bo‘ylab cho‘zadilar, qo‘l panjalarini egov tekisligiga nisbatan buradilar); egovlashda chap qo‘l bilagini mayatniksimon harakatlantiradilar (tirsakni tushiradilar va ko‘taradilar); gavdani qiyshaytiradilar (o‘ng yelkani pastga tushiradilar); gavdalarini 45° burchak hosil qilib burish o‘rniga, giraga ѐn tomonlari bilan turadilar, egovni buyumga ko‘ndalangiga qo‘yib egovlaydilar; mayda tishli egov bilan bo‘ylama chiziqlar hosil qilishda egovni o‘rtasidan emas, balki uchidan ushlaydilar; buyumni giraga qisib qo‘yib, kronsirkul bilan o‘lchaydilar; buyumni kronsirkul bilan tik tekislikda emas, balki ѐtiq tekislikda o‘lchaydilar; ayqash egovlashni qo‘llamaydilar; burchaklik bilan noto‘g‘ri o‘lchaydilar (uni dastlab tik tekislikda bosib, keyin pastga tushirish o‘rniga) ѐtiq tekislikka bosadilar; parallel, egri chiziqlarni egovlashda kronsirkul bilan emas, shtangensirkul ѐrdamida aniqlaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |