I M P U L S. 10-11-F I Z I K A . 2 0 1 8. QO`LLANMADAN NUSXA KO`CHIRIB SOTISH MAN QILINADI.
2
Farg‘ona shahar 25-umumiy o‘rta ta’lim maktabi. R.T.Kalonov.
10-SINF FIZIKA FANIDAN
MASALALAR TO'PLAMI
(METODIK QO'LLANMA)
I M P U L S. 10-11-F I Z I K A . 2 0 1 8. QO`LLANMADAN NUSXA KO`CHIRIB SOTISH MAN QILINADI.
3
“Mening niyatim bilimni tarqatishga
qaratilgan. Buni men baxt deb
bilaman.”
Abu Rayhon Beruniy
Taqrizchilar:
S.Shokirova - Farg‘ona shahar tabiiy fanlar metodisti,
M.K.Ro‘zmatova - Farg‘ona shahar 25-maktab fizika matematika
fani o‘qituvchisi.
Ushbu qo‘llanma fizika fani o‘qituvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib,
N. Sh. Turdiyev va boshqa mualliflar yozgan o‘rta ta’lim muassasalarining va
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining o‘quvchilari uchun
nashr
qilingan 10-sinf fizika darsligidagi 9 ta mashq va 9 ta bobdagi masalalar
yechimlari ishlab ko‘rsatilgan. Ayrim masalalarga yechish uslublari rasmlar
va izohlar berilgan.
Boblarda berilgan testlarning masalalari va javoblari berilgan.
Qo‘llanmada elektrostatika bo‘limiga qo‘shimcha tarzda 50
dan ortiq
masalalar yechimlari bilan berilgan.
O‘qituvchi axborot bilan ishlash - axborot va uning manbasini tanlaydi,
undan samarali foydalanadi, tahlil qiladi, me’yoriy
va rasmiy xujjatlar bilan
ishlay oladi. O‘z-o‘zini rivojlantirish - shaxs sifatida jismoniy, ma’naviy,
ruhiy va intellektual kamolotga intiladi. O‘qib-o‘rganganlarini hayotda o‘z
o‘rnida qo‘llay oladi.
Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo‘lish
hamda foydalanish - Axborot va uning manbasini tanlaydi,
undan samarali
foydalanadi, tahlil qiladi. Darslikda keltirilgan fizik atamalarni, qonunlarni,
qoidalarni og‘zaki va yozma tarzda aniq
tushunarli bayon qila olish;
boshqalarga tushuntirib bera olish va yoza olish, fizik kattaliklarning xorijiy
tilda
aytilishi va yozilishini, mustaqil ravishda fizik qonuniyatlar asosida
masalalar yechishni o‘quvchilarga o‘rgatishdan iborat.
Telefon raqam: (91) 660 25 58
(99) 365 25 58
Fizika fanidan masalalarni yechish ketma-ketligi (algoritmi)quyidagicha;
I M P U L S. 10-11-F I Z I K A . 2 0 1 8. QO`LLANMADAN NUSXA KO`CHIRIB SOTISH MAN QILINADI.
4
Masalaning sharti diqqat bilan o`qib chiqiladi;
Masalaning
shartida
berilgan
kattaliklarning
qiymatlari
(masalan
bosim,temperatura,hajm…..) qisqacha yozib olinadi;
Zarur bo`lsa doimiy fizik kattaliklardan foydalaniladi (Avagadro doimiysi, Bolsman
doimysi,moddalarning zichliklari…….);
Masalalar yechishda tayyor jadvallardan foydalaniladi (masalan;zichlik,moddalarning
erish temperaturasi,davriy sistemadan…….);
Fizik kattaliklarning o`lchov birliklari bir xil sistemaga keltirib olinadi;
Zarur bo`lsa chizma(grafik) yoki rasm chiziladi;
Asosiy formula yoziladi va ishchi formula keltirib chiqariladi;
Ishchi formulaga fizik kattaliklar son qiymatlari qo`yilib masala ishlanadi;
So`ngra masalaning javobi fizik kattalikning o`lchov birligi bilan yoziladi.