Ishning vazifasi:
1. Qavariq sirtlarni egovlash.
2. Botiq sirtlarni egovlash.
3. Egri chiziqli sirtlarga mexanizatsiyalashgan asbob bilan ishlov berish.
Taxminiy ish ob’ektlari: go‘niyalar, quloqli gaykalar va chilangarlik po‘lat arra ramkasining orqa uchlari, rejalash shablonlari, chilangarlik bolg‘alari, egri chiziq sirtli hap xil ishlab chiqarish zagotovkalari.
Jihozlar va asboblar: 250-300 mm uzunlikdagi 2 va 3 raqamli tishli, tumtoq uchli yassi egovlar, 200 mm uzunlikdagi 2 raqamli tishli, dumaloq va yarim dumaloq egovlar, rejalash asboblari (rejalash sirkuli, chizg‘ich, kerner), radius o‘lchagich, o‘lchov chizg‘ichlari, egovlash-tozalash stanogi bilan asboblar to‘plami.
Moslamalar: parallel gira, qo‘l girasi, hap xil shablonlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |