1.2Turkiy tillarning unlilar sistemasi, unlilar mosligi
Har bir til oilasida bo’lgani kabi turkiy tillarda ham unlilar mosligi mavjud.
Tovush mosligi deganda bir qarindosh tildagi biron bir tovushga ikkinchi
qarindosh tildagi boshqa bir tovushning muntazam holda mos kelishi tushuniladi.
Masalan o’zbek tilidagi -e tovushiga tatar tilidagi -i tovushi mos keladi: kel-kil, et-
it, bet-bit kabi yoki o’zbek tilidagi e tovushiga azarbayjon tilidagi a tovushi mos
keladi: men-man, kel-gal, jellik-elli.
Hozirgi o’zbek, turkiy tillar ichida chuvash tili o’zining fonetikasi jihatidan
alohida ajralib taradi. Boshqa turkiy tillardagi -a unlisiga ko’pincha chuvash tilida -
u unlisi mos keladi:
Boshqa turkiy tillarda: Chuvash tilida:
Bar-par pur-bor
8
qaz-g’az xur-g’oz
atla-hatla ut-xatlamoq
bayan pujan- boy
Tovush mosligi muayyan qonuniyat asosida sodir bo’ladi. Tovush
mosligining kashf qilinishi bilan (R,Rask tomonidan 1818 yilda kashf qilingan)
tarixiy fonetika vujudga keldi. Tarixiy fonetika tildagi tovushlar taraqqiyotlari
qonuniyatlarini
o’rganuvchi
fandir.
Yuqoridagi
misollardan
ko’rinib
turibdiki,o’zbek tilidagi e, tatar i, azarbayjon tilidagi a tovushlari turkiy
bobotildagi bir tovushning ba‘zan har xil vaziyatdagi turli tovushlarning
taraqqiyoti natijasidir. Bunday tovushlar mosligi til taraqqiyotiga ma‘lum bir
davrdir, ya‘ni sinxronik nuqtai nazardan belgilanadi.
Tovush mosligi bir tilning yoki qarindosh tillarning turli davrdagi holati, ya‘ni
diaxronik nuqtai nazaridan ham belgilanish mumkin. Masalan: A.Navoiy davridagi
u tovushiga hozirgi tilimizda ma‘lum ziddiyatda -a tovushi mos keladi: turur-turar,
kelur-kelar,bilur-bilar.
4. Turkiy tillarda undoshlar sistemasi.
Qadimgi turkiy tilda b, m, p, lab undoshlari mavjud. Sirg’aluvchi lab undoshi
f yo’q. O’rxun yozuvida v uchun maxsus harf yo’q. Uning o’rnida b ni
anglatuvchi harf ishlatiladi.
Turkiy tilda undoshlarning har birining o’ziga xos xususiyatlari bo’lishi bilan
birga umumiy o’xshash tomonlari ham bor. Masalan, turkiy tillarda undoshlar so’z
sostavida qo’llanish ziddiyati nuqtai nazaridan o’zaro farqlanadi. Sof turkiy so’zlar
sonor tovush bilan boshlanmaydi. Bunday so’zlar uchrasa, ular boshqa tildan
o’zlashgan yoki keyingi taraqqiyot natijasida yuzaga kelgan bo’ladi. Sonorlar
ko’proq so’zning oxirgi qismida uchraydi. Sonor bo’lmagan undoshlar esa
so’zning boshida ham,oxirda ham kelaveradi. Bu hodisa turkiy tillar tarixining eng
qadimgi davrlarida kuchli bo’lgan.Turkiy bobotil va undan keyingi davrlarda hatto
jarangli undoshlar ham so’z boshida juda kam qo’llangan. Umuman, turkiy tillar
taraqqiyotiga so’z boshida jarangli undoshlarni ishlatishdan qochish xarakterli hol
9
bo’lgan. Masalan: prof, A.SHcherbak tiklagan bir bo’g’inli turkiy bobotil o’zaklari
ichida na- (nima) o’zagidan boshqa birorta sonor yoki jarangli undosh bilan
boshlangan o’zak uchramaydi, (bundan y bilan boshlangan o’zaklar mustasno).
Hazirgi turkiy tillarda jarangli undoshlar bilan boshlanadigan o’zaklar fonetik
o’zgarishlar natijasida hosil bo’lgan ikkilamchi hodisa.
So’z boshida jarangsiz undoshlarning jaranglilashuvi turkiy tillarning
hammasida bir hil sodir bo’lmaydi. Ba‘zi turkiy tillarda bu jarayon juda tor doiradi
voqe bo’lib boshqalarda esa juda keng tus olgan.
Turkiy tillarning o’g’uz gruppasida (turkman, turk, azarbayjon tillarida)
so’zboshida undoshlarning jaranglashuvi turkiy tillarning keng tarqalgan: boshqa
turkiy tillarda so’z boshida keladigan k, p, t kabi jarangsiz undoshlar o’rnida bu
tillarda g, d, m, b jarangli undoshlari keladi. Masalan, o’zbek tilidagi kel, ko’r,
tog’, tosh, so’zlari azarbayjon tilida gal, gur, dag’, dash, ko’rinishiga ega. So’z
boshida undoshlarning jaranglilashuvi qarluq,qipchoq tillarida ham uchrab turadi.
Masalan,o’zbek tili va uning dialektlarida bir so’zning teraza-deraza, tokcha-
dakcha, tala-dala kabi jarangsiz va jarangli tovush bilan boshlanuvchi variantlari
bor. Qozoq tilida bayga-poyga, diirmen -tegirmon kabi so’zlar jarangli tovush
bilan boshlanadi.
Turkiy tillarga xos fonetik hodisalarddan biri so’z o’rtasidagi jarangsiz
undoshlarning intervokal pozitsiyada jaranglilashuvi. Shu nuqtai nazaridan, turkiy
tillarni ikki gruppaga bo’lish mumkin:
Bir bo’g’inli so’zlar tarkibida jaranglilashuvi sodir bo’ladigan turkiy tillar.
Bir bo’g’inli so’zlar tarkibida jaranglilashuvi sodir bo’lmaydigan turkiy tillar.
Turkiy tillarning konsonantizmida turli-tuman mulohazalar tug’ilishiga sabab
bo’lgan hodisalardan biri undoshlar geminatsiyasidir. Undoshlar geminatsiyasi asli
undoshning miqdor jihatdan o’zgarib cho’ziq tovushga o’tishi, ya‘ni ikkilanishidir.
Yozuvda bunday undoshlar ikkita bir xil harfni ketma-ket yozish bilan aks
ettiriladi.
A.SHcherbakning
fikricha,
intervokal
pozitsiyada
undoshlar
jaranglashuvi mavjud bo’lgan tillardagina geminatlar bo’lishi mumkin. Bu
10
pozitsiyada undoshlarning jaranglilashuvi esa deyarli hamma turkiy tillarga xos.
Demak, turkiy bobotil davrida ham undoshlar geminatsiyasi mavjud bo’lgan.
Undoshlar geminatsiyasining assimiliyatsiyasi natijasida vujudga kelishi
turkiy tillarda eng ko’p tarqalgan: o’zbek tilida, Etti-etdi, shaharri-shaharni, qumiq
tilida: minni-mindi, ulanna-o’g’londa qozoq tilida: atti-otti, soldattar-soldatlar kabi.
Turkiy tillarda sinxron nuqtai nazardan undoshlar mosligi.
Turkiy tillar fonetik jihatdan o’zaro juda yaqinligiga qaramay har bir gruppa
turkiy tillar fonetik jihatdan o’zaro va alohida o’ziga xos fonetik taraqqiyot
jarayoniga ega. Shuning uchun turkiy bobotilda ayni bir undosh bo’lgani holda
konkret turkiy tillarda boshqa-boshqa undosh qo’llanila boshlagan. Bu jixatdan
ayniqsa -y -j -d -ch undoshlarining qo’llanilishi xarakterlidir. Qiyoslang:
o’zbek turkman qozoq oltoy tuva
tilida tilida tilida tilida tilida
yil yil jil dil chil
yo’q yoq joq doq choq
Misollardan ko’rinib turibdiki, qorluq va o’g’uz gruppa tillarida so’z boshida
keladigan y tovushi o’rnida qipchoq va Sibir gruppa tillarida j,d, va ch tovushlari
qo’llanadi. Qorluq, qipchoq va Sibir turkiy tillarida g, d tovushlari ishlatiladi, ya‘ni
g, d tovushlari k, t tovushlarining funktsiiyasini bajaradi.
O’zbek. ozarb. uyg’ur. turk.
kel gal kan gel
yoqut tatar boshqird
kel kil kil
tas tash tash
Bulardan tashqari turkiy tillarda sh-s. s-x, y-n kabi undoshlar mosligi hodisasi
ham mavjud. Turkiy tillar fonetik mosliklari orasida eng diqqatga sazovor
rotatsizm va lambdaizm xodisasidir. Rotatsizm yo tovushining r tovushi bilan
mosligi bo’lsa, lambdaizm sh tovushining l tovushiga mosligi.
11
Rotatsizm va lambdaizm chuvash tili bilan boshqa turkiy tillar undosh tovush
mosligida yaqqol namoyon bo’ladi. Masalan, o’zbek tilidagi yuz, ez, to’qqiz,
qozoq so’zlari chuvash tilida serir, taxxar, xuran, ilt, utmal ko’rinishlariga ega. Bu
jihatidan chuvash tili mo’g’ul tillariga ancha yaqinroqdir. Mo’g’ul tillari bilan
boshqa turkiy tillar orasida ham l-sh mosligi mavjud: tanil-tanish.
Rotatsizm va lambdaizm qoldiqlari boshqa turkiy tillarda ham uchrab turadi.
O’zbek tilida: semir-semiz, ko’rar-ko’rmas, sergak-sez ozarbayjon va turkman
tillarida: deshik delik, (teshik), boshqird: qashiq, qalaq, (choy oshiq).
5. Turkiy tillarning grammatik qurilishi.
Turkiy tillar faqat genetik jihatdan emas,balki qarindosh tillar hamdir. Ayni
paytda tipologik jihatdan ham bir xil: tillarning morfologik jihatdan
klassifikatsiyasi bo’yicha agglyutinativ tillar guruhiga kiradi. Turkiy agglyutinativ
tillarning o’ziga xos hususiyatlari quyidagilar:
1.So’z doimo o’zakdan boshlanadi.
2. O’zak asosan o’zgarmasdir. O’zakdan keyin qo’shilgan har qanday
qo’shimcha o’zakni fonetik jihatdan o’zgartirmaydi.
3. So’z shakllari asosan, qo’shimchalar vositasida hosil qilinadi
4. So’z shakllari hosil qilishda suppletiv shakllar mutlaqo ishtirok
etmaydi,ya‘ni bir so’zning turli shakllari faqat bir o’zakdan hosil qilinadi.
5.O’zak va qo’shimcha organiq birikma sifatida birikmaydi, ular orasidagi
chegarasi aksariyat hollarda aniq va ravshan bo’ladi. Masalan,boshlandi so’z
shaklida bosh- o’zak, -la, fe‘l yasovchi qo’shimcha va -di zamon yasovchi, bular
bir-birdan aniq ajralib turadi.
Turkiy tillarda o’zak va qo’shimcha. Turkiy tillarda so’z o’zak va
qo’shimchalarga ajratiladi. O’zak turkiy tillarda fonetik jihatdan tubandagicha
ko’rinishlarga ega (G-unli, S-undosh.) G-u, GS-ol, SG-na) nima. SGS-bosh, qo’l,
GSS-ont, ust, GSG-ona, SGSGS-tomon,SGSS-to’rt, tort va b. O’zakning bu
ko’rinishlaridan SGS shaklida ko’p uchraydi.
12
Kelishik kategoriyasi: Turkiy tillarda har bir kelishikning bitta qo’shimchasi
bo’ladi. Shunga ko’ra turkiy tillarda bitta turlanish tipi mavjud.
Hozirgi turkiy tillarda kelishiklar miqdor jihatdan uncha ko’p farq qilmaydi.
O’zbek, qoraqalpoq, ozarbayjon, tatar, gagauz tillarida oltita, qozoq, tilida-ettita,
xakas va chuvash tilida sakkizta, yoqut tilada to’qqizta kelishik bor.
O’rxun Enasoy yodgorliklarida, «Devonu lug’atit turk»da shuningdek hozirgi
turkiy tillardagi ayrim so’zlar tarkibida vosita kelishigishakllari ham saqlanib
qolgan. Masalan, hozirgi o’zbek adabiy tili va shevalarida bu qo’shimcha ishtirok
etgan yozin-qishin, ostin-ustin, ochin-to’qin, ertan-kechin kabi so’zlar anchagina
uchraydi.
Xulosa qilib aytganda, qadimgi turkiy tillarda makon ma‘nosini ifoda etuvchi
formalar keng tarqalgan bo’lib, til taraqqiyoti jarayonida bu ma‘noni ifoda etuvchi
formalar tobora stabillashib miqdor jihatidan kamayib borgan.
Grammatik son kategoriyasi. U odatda birlik va ko’plik formalarining
ziddiyatidan tashkil topadi. Birlik turkiy tillarda nol ko’rsatkichli bo’lsa, ko’plik –
lar va uning turli variantlari yordamida ifodalanadi. Lekin turkologiyada turkiy
tillardagi grammatik son kategoriyasi formalarini boshqacha ifodalash ham
mumkin.Bu nuqtai nazarga ko’ra turkiy tillarda grammatik son kategoriyasi
«birlik» va «ko’plik» formalariga ega emas.
Turkiy tillarda -lar affiksi olmagan otlar umumlashgan predmet nomini
bildiradi. Shu asosda K.M.Lyubimov -lar affiksi qo’shilmagan formani noaniq son
formasi deb nomlaydi.
Umuman, turkiy tillarda grammatik son kategoriyasi rus va boshqa flektiv
tillardagi son kategoriyasidan o’ziga xos xususiyatlari bilan keskin farq qiladi.
Ko’plik formasi -lar faqat ot turkumidagi so’zlarga emas balki barcha mustaqil
turkum so’zlariga ham qo’shilib keladi. Ko’plikni takror vositasida ifoda etilishi
ham turkiy tillarda keng tarqalgan: dasta-dasta, gul, no’g’oy. Shay-pay, (choy-
poy).
13
Do'stlaringiz bilan baham: |