21
Al-Farg’oniy
ning “Astronomiya asoslari” kitobi “Astronomiya
asoslari”kitobi bir necha asrlar davomida Yevropa universitetlarida astronomiya
fani bo’yicha asosiy darslik sifatida foydalanildi Imom al-Buxoriy “al-Jomi’ as-
saxix”asari
“Al-Jomi’ as-saxix” nomli shox asari musulmon sharqida qariyb o’n ikki
asr davomida islom ta’limotida Qur’oni Karimdan keyingi asosiy manba sifatida
yuqori baholanib kelinmoqda.
Adib Ahmad Yugnakiy«Hibatul-haqoyiq» («Haqiqat sovg’alari») asari
Farg’ona hukmdori Dod Sipohsolor bekka bag’ishlangan.
. Asarning arab va uyg’ur yozuvidagi qo’lyozma nusxalari (XV asrda ko’chirilgan)
Istanbulda saqlanadi. Asar 14 bobni tashkil qilgan Qur’on va Hadis hikmatlarining
badiiy sharhidir Ta’limiy doston janriga mansub bu asarda ijtimoiy, siyosiy
masalalar bayon qilingan, bilim foydasi va til odobi kabi axloqiy muammolar
talqini berilgan. Adib Ahmad yashagan davri va joyi haqida adabiyotshunoslikda
turli qarashlar mavjud. Asarining to’la matni (izoh va nasriy bayon) e’lon qilingan,
rus olimlari S.Malov, E.Bertels, N.Baskakov, I.Stebleva; turk olimlari F.Ko’prulu,
N.Osimbek, R.R.Arat, T.Takin va o’zbek olimlari Fitrat, Q.Mahmudov,
I.Haqqulov, M.Imomnazarov, H.Boltaboevning tadqiqot va maqolalari bor.
22
Xulosa
Xulosa qilib aytganda, qadimgi turkiy tillarda makon ma‘nosini ifoda etuvchi
formalar keng tarqalgan bo’lib, til taraqqiyoti jarayonida bu ma‘noni ifoda etuvchi
formalar tobora stabillashib miqdor jihatidan kamayib borgan.
Grammatik son kategoriyasi. U odatda birlik va ko’plik formalarining
ziddiyatidan tashkil topadi. Birlik turkiy tillarda nol ko’rsatkichli bo’lsa, ko’plik –
lar va uning turli variantlari yordamida ifodalanadi. Lekin turkologiyada turkiy
tillardagi grammatik son kategoriyasi formalarini boshqacha ifodalash ham
mumkin.Bu nuqtai nazarga ko’ra turkiy tillarda grammatik son kategoriyasi
«birlik» va «ko’plik» formalariga ega emas.
Turkiy tillarda -lar affiksi olmagan otlar umumlashgan predmet nomini
bildiradi. Shu asosda K.M.Lyubimov -lar affiksi qo’shilmagan formani noaniq son
formasi deb nomlaydi.
Umuman, turkiy tillarda grammatik son kategoriyasi rus va boshqa flektiv
tillardagi son kategoriyasidan o’ziga xos xususiyatlari bilan keskin farq qiladi.
Ko’plik formasi -lar faqat ot turkumidagi so’zlarga emas balki barcha mustaqil
turkum so’zlariga ham qo’shilib keladi. Ko’plikni takror vositasida ifoda etilishi
ham turkiy tillarda keng tarqalgan: dasta-dasta, gul, no’g’oy. Shay-pay, (choy-poy)
Tarixiy manba- deganda uzoq o’tmishdan qolgan,insoniyatning
tabiat va jamiyatning ma’lum taraqqiyot bosqichidagi kechmishini o’zida aks
ettirgan moddiy (ashyoviy) va ma’naviy yodgorliklarga aytiladi. Moddiy manbalar
turkumiga ko’xna manzilgoh va mozorlar,shaxarlar,qasrlar hamda qal’alarning
xarobalari,o’sha joylardan topilgan ishlab cjhiqarish va urush qurollari,uy-ro’zg’or
hamda
zeb-ziynat
buyumlari
,qadimiy
sug’orish
inshootlarining
qoldiqlari,oltin,kumush va mis tangalar,shuningdek ibtidoiy va hayvonlarning
qoyatoshlarga o’yib ishlangan sur’talari,umuman tosh va boshqa qattiq
buyumlardagi yozuvlar kiradi Ma’naviy yodgorliklar turkumiga esa uzoq
o’tmishdan qolgan qo’lyozma asarlar hamda odamlarning turmushi va urf-
23
odatlarini o’zida aks ettiruvchi materiallar,shuningdek,kishilar ongida saqlanib
qolgan urf-odat va an’analar kiradi O’rxun-Enasoy yozuvlarida hozirgi turkiy
tillarda qo’llaniladigan o’rinlarda d tovushi ishlatilgan: adaq, adg’ir, yadaq(yayaq(
kodi( quyi(bod(bo’y.
Hozirgi turkiy tillarda ishlatiladigan o’rinlarda (so’z boshida yodgorliklarda
asosan, b qo’llangan: bangan-menga, bung-mung, bengu-mangu, bing-ming,bin-
min.000
O’rxun-Enasoy yozuvlaridagi morfologik xususiyatlar xususida to’xtalganda
shuni aytish joizki, jo’nalish kelishigi qo’shimchasi-qa shaklidan tashqari-garu,
g’aru kabi murakkab shakli ham, -a shakliga ega bo’lgan: ilgaru, yoqaru, og’lima,
budunima.
Tushum kelishigining -ni, -in shakllaridan tashqari, -ig’, -ig shakllari ham
bo’lgan: budunig’-xalqni, tashig’(toshni) kabi. Bu davrda alohida vosita kelishigi
shakli ham bo’lgan: -n, -in: yayin(yoz davomida -ko’lukin (qora moli vositasida).
Murakkab sonlarning joylashishi ham hozirgi turkiy tillardan farq qiladi. Bunda
avval birlik, keyin o’nlik sonlar keladi: Eti, Egirmi-o’n Etti, bir o’tuz) yigirma bir.
Fe‘lning sifatdosh shakli: -mish, -duk, -tagi, -ig’ma shakllari ham mavjud
bo’lgan: yaratmish -yaratilgan, qalmish -qolg’an, o’ltachi -o’layotgan, keligma -
kelayotgan. Ravishdosh shakllaridan biri-pan bo’lgan: yoripan -yurib, yuribon.
Hozirgi o’zbek tilida mustaqil qo’llanishi juda chegaralangan -a ravishdosh
shakli u paytda mustaqil ishlatilgan: tuta-tutib, basa-bosib-bosa.
O’rxun-Enasoy yozuvi yodgorliklari turkiy tilda gaplashuvchi xalqlarning
tarixini va til taraqqiyotini o’rganishda muhim manbadir. Bu yozuv yodgorliklari
VI- XI asrlarda Mug’ulistondan boshlab to Dunay daryolarigacha yashagan xalqlar
tomonidan yaratilgan. Shu sababli ham bu yodgorlik turkiy xalqlarning mushtarak
yodgorligi hisoblanadi.
24
Asosiy adabiyotlar:
1.
Qo’chqortoev I., Isabekov B. «Turkiy filologiyaga kirish». T., 1984.
2. Abdurahmonov G’., Rustamov A. «Qadimgi turkiy til». T., 1989.
3.
Abdurahmonov G’., Shukurov Sh. «O’zbek tilining tarixiy grammatikasi».
4. Baskakov N.A. «Vvedenie v izuchenie tyurkskix yazkov». M., 1969.
Do'stlaringiz bilan baham: |