1
Qadimgi turkiy bitiglar tarixiy adabiy manbalar
sifatida
Reja:
Kirish ................................................................................2
I bob Qadimgi turkiy bitiklar haqida.
1.1O’rxun-Enasoy yodgorliklarining fonetik va
morfologik xususiyatlari..................................................................4
1.2Turkiy tillarning unlilar sistemasi, unlilar mosligi......................7
II bob Tarixiy manba tushunchasi, turlari,ularni turkumlash
2.1 Turkiy adabiyot tarixida yangi davr yoki qabr toshlari davri
adabiyoti tosh bitiklarning o’rganilish tarixi……………………..13
2.2 9-12-asrlarda Yozma adabiyotga oid manbalar…………18
Xulosa………………………………………………………………22
Foydalanilgan adabiyotlar ……………………………………..24
2
Krish
Tarixiy manba- deganda uzoq o’tmishdan qolgan,insoniyatning
tabiat va jamiyatning ma’lum taraqqiyot bosqichidagi kechmishini o’zida aks
ettirgan moddiy (ashyoviy) va ma’naviy yodgorliklarga aytiladi. Moddiy manbalar
turkumiga ko’xna manzilgoh va mozorlar,shaxarlar,qasrlar hamda qal’alarning
xarobalari,o’sha joylardan topilgan ishlab cjhiqarish va urush qurollari,uy-ro’zg’or
hamda
zeb-ziynat
buyumlari
,qadimiy
sug’orish
inshootlarining
qoldiqlari,oltin,kumush
va mis tangalar,shuningdek ibtidoiy va hayvonlarning
qoyatoshlarga o’yib ishlangan sur’talari,umuman tosh va boshqa qattiq
buyumlardagi yozuvlar kiradi Ma’naviy yodgorliklar turkumiga esa uzoq
o’tmishdan qolgan qo’lyozma asarlar hamda
odamlarning turmushi va urf-
odatlarini o’zida aks ettiruvchi materiallar,shuningdek,kishilar ongida saqlanib
qolgan urf-odat va an’analar kiradi XIX asrning birinchi choragidan boshlab Sibir
va Mo’g’uliston hududlarida topilgan "sirli» yozuvlar haqida ma‘lumotlar
uchraydi. Lekin bu yozuvlar ancha paytgacha o’qilmay, «sirli» bo’lib qolaverdi.
1889 yili Fin olimlari Enasoy bo’yidan topilgan yodgorliklar atlasini tuzdilar.
Chunki fin olimlari bu yozuvlar ular o’qilganga qadar fin xalqi o’tmishiga taalluqli
deb hisobladilar. Bu matnlarni birinchi bo’lib 1893 yili Daniyalik olim Vilgelm
Tomsen o’qib chiqdi. Uning kashfiyotiga suyangan holda rus olimi V.V.Radlov
o’qib chiqish sharafiga muyassar bo’ldi. Bular turk
hoqonliklari davrida xonlar,
sarkardalar qabri ustiga turkiy tilda bitilgan yodgorliklar edi. O’rxun-Enasoy
yodgorliklari ichida eng mashhurlari: Kultegin, To’nyuquq, Bilga Hoqon, Moyun
Choru kabi xon va sarkardalar sharafiga bitilgan yodgorliklardir.
Bu yodgorliklar toshlarga o’yib yozilgan, ularda xonliklar davridagi turkiy
xalqlarning hayot tarzi, davlat tuzilishi, din haqida ma‘lumotlar berilgan. O’rxun-
Enasoy daryolari bo’ylarida topilgani uchun O’rxun- Enasoy yodgorliklari deb
yuritiladi.
3
Burhoniddin al-Marg’inoniyning “Hidoya” asari
Bu islom huquqshunosligi
bo’yicha mukammal asar bo’lib,bir necha asrlar davomida musulmon
mamalakatlaridagi huquqshunoslar uchun ham nazariy,ham amaliy manba
vazifasini o’tab kelgan.Hozirgi kunda ham muxim
manba sifatida foydalanib
kelinmoqda.
Al-Farg’oniy
ning “Astronomiya asoslari” kitobi “Astronomiya
asoslari”kitobi bir necha asrlar davomida Yevropa universitetlarida astronomiya
fani bo’yicha asosiy darslik sifatida foydalanildi Imom al-Buxoriy “al-Jomi’ as-
saxix”asari
“Al-Jomi’ as-saxix” nomli shox asari musulmon sharqida qariyb o’n ikki
asr davomida islom ta’limotida Qur’oni Karimdan keyingi asosiy manba sifatida
yuqori baholanib kelinmoqda.
Adib Ahmad Yugnakiy«Hibatul-haqoyiq» («Haqiqat sovg’alari») asari
Farg’ona hukmdori Dod Sipohsolor bekka bag’ishlangan.
. Asarning arab va uyg’ur yozuvidagi qo’lyozma nusxalari (XV asrda ko’chirilgan)
Istanbulda saqlanadi. Asar 14 bobni tashkil qilgan Qur’on va Hadis hikmatlarining
badiiy sharhidir Ta’limiy doston janriga
mansub bu asarda ijtimoiy, siyosiy
masalalar bayon qilingan, bilim foydasi va til odobi kabi axloqiy muammolar
talqini berilgan. Adib Ahmad yashagan davri va joyi
haqida adabiyotshunoslikda
turli qarashlar mavjud. Asarining to’la matni (izoh va nasriy bayon) e’lon qilingan,
rus olimlari S.Malov, E.Bertels, N.Baskakov, I.Stebleva; turk olimlari F.Ko’prulu,
N.Osimbek, R.R.Arat, T.Takin va o’zbek olimlari Fitrat, Q.Mahmudov,
I.Haqqulov, M.Imomnazarov, H.Boltaboevning tadqiqot va maqolalari bor.