8-mavzu. Is’hoqxon ibrat hayoti va ijodi



Download 16,79 Kb.
bet1/3
Sana30.04.2022
Hajmi16,79 Kb.
#599637
  1   2   3
Bog'liq
8-mavzu. Ibrat hayoti va ijodi


8-MAVZU. IS’HOQXON IBRAT HAYOTI VA IJODI

1. Is’hoqxon Ibrat hayoti va ijodi.


2. Adabiy manbalar va ularning o’rganilish tarixi.
3. Ibrat asarlarining mavzuiy tasnifi.
4. Ibrat – ma’rifatparvar shoir.
5. Shoir ijodining janr xususiyatlari.
6. Yangi davr adabiyotiga xos tamoyillar.
Tayanch tushunchalar: adabiy muhit, adabiy harakatchilik, adabiy manba, qo’lyozma manbalar, toshbosma manbalar, mavzuiy tasnif, janr, ijodiy metod, obraz, an’ana va novatorlik.
XX asr boshlari Namangan adabiy harakatchiligi namoyandalari Ibrat (1862-1937) murakkab va ziddiyatli davrda yashab ijod qildi. Bu davr adabiyotining xos xususiyatlariga akademik N.Karimov mana bunday baho beradi: “XX asr – insoniyat tarixidagi eng ulug’ asrlardan biri. Bu asrda qanchalik ko’p qon to’kilgan, qanchalik nohaqliklar va adolatsizliklar ro’y bergan bo’lmasin, insoniyat xuddi shu asrda kelajak sari katta qadam tashladi. Bu asrda sodir bo’lgan barcha voqealar insoniyat tarixining ajralmas tarkibi. Ularning bizlarga maqbul bo’lmagan qismlarini yoddan chiqarishga, tarixdan o’chirishga urinish bema’nilikdir. XX asr o’zbek adabiyoti xalq va jamiyat hayoti bilan mustahkam aloqa o’rnatdi. Bunday aloqa adabiyotimizning avvalgi bosqichlarida bo’lmagan”1. Mustabid tuzum sharoitida o’quv tizimini isloh etish, yangi usul maktablarini ochish, jadid matbuoti, yangi davr adabiyotini yaratish kabi vazifalarga bel bog’lagan Ibrat, So’fizoda kabi ma’rifatparvar shoirlar ijtimoiy-siyosiy jarayonda sodir bo’layotgan har bir yangilikni qalamga oldi.
Mustaqillik davrida Ibratning qo’lyozma holidagi she’riy asarlari joriy imloda nashrga tayyorlandi. Vaqtli matbuot sahifalari va risolalarda u haqida ma’lumot berildi. Ibratning tarixiy-ilmiy merosi bo’yicha nomzodlik dissertatsiyasi himoya qilindi hamda monografiya nashr etildi. Shoir hayoti va ijodiga doir ilmiy-nazariy anjuman materiallari, o’zbek, rus, ingliz, nemis va arab tillarida hikmatlari nashr etildi. Ijodkorning diniy-ma’rifiy va axloqiy-ta’limiy qarashlari, lirik merosining mavzu mundarijasi va janr xususiyati ilmiy yechimini kutayotgan muammolardandir. XX asr boshlari Namangan adabiy harakatchiligi namoyandalari ijodini o’rganish ishlari, asosan, ularni xalqqa tanishtirish va ijodining ma’lum bir qirrasini yoritishga qaratilgan. O’zbek adabiyoti va madaniyati rivojiga munosib hissa qo’shgan Namangan adiblari o’zlarining boy adabiy-tarixiy merosiga ega. Ibrat asarlarining nashrlari, shuningdek, “Turkiston viloyatining gazeti” (“TVG”) vaqtli matbuot sahifalarida e’lon qilingan maqolalari, O’zR FA SHI qo’lyozmalar fondida saqlanayotgan qo’lyozma va toshbosma asarlari hamda ayrim tazkira va bayozlardagi Ibrat haqidagi ma’lumotlar ilmiy tadqiqotlarni taqozo etgani bois uning biografiyasini yaratish va ayrim ma’lumotlarni o’zaro qiyosiy o’rganish maqsadida manbalarni dastlab, ikki guruhga ajratib olish zarurati tug’ildi: 1.Qo’lyozma manbalar. 2. Nashriy manbalar. Ushbu manbalar shoirning tarjimayi holi, dunyoqarashi, adabiy merosi, umuman, Namangan adabiy harakatchiligini o’rganishda muhim o’rin tutadi.
Ibrat ijodi U.Dolimovning “Ishoqxon Ibrat” (1994-yil), U.Dolimov va N.Jabborovlar hammualliflikda nashr etgan shoirning “Tanlangan asarlar”i (2005-yil), N.Nasrullayev tomonidan chop etilgan Ibratning “Fiqhi Kaydoniy nazmi” (2012- yil) kitobi va shoirning mavzuga aloqador boshqa asarlari asosida o’rganildi.
XX asr boshlari Namangan adabiy harakatchiligi namoyandalari ijodiga oid mavjud manbalar, asosan, mustaqillik sharofati bilan matnshunoslar tomonidan o’rganila boshlandi. Ibrat va So’fizoda ijodi bo’yicha mustaqillik davriga qadar ham ayrim ilmiy izlanishlar olib borilgan. Namangan adabiy harakatchiligiga oid manbalar shoirlarning tarjimai holi, dunyoqarashi, adabiy merosini o’rganishda muhim o’rin tutadi. Ulardagi mavjud ma’lumotlar bir-birini to’ldirishi bilan ahamiyatlidir.
XX asr boshlari Namangan adabiy harakatchiligi namoyandalari merosining mavzu ko’lami va janr xususiyatlari, davr ijtimoiy voqeligining ijodkorlar asarlaridagi badiiy talqini, mavzu va janrlar qamrovi o’ziga xos ekanini ta’kidlash joiz. Ibrat ijodining mavzu ko’lami ishqiy, axloqiy-ta’limiy, ijtimoiy-siyosiy, hajviy yo’nalishda bo’lib uning ijodida axloqiy fazilatlar qalamga olingan baytlar ko’plab uchraydi. Uning “Ey ko’ngil....” deb boshlanuvchi to’qqiz baytli g’azalining har bir baytida hikmatomuz nasihatlar keltirilgan. Masalan, quyidagi baytda malomatga qolishdan, qilgan jinoyatidan uyalishdan avval ko’zni ochib, to’g’ri yo’lni ko’rish lozimligi ta’kidlangan:
Ey ko’ngil, malomatdin och ko’zing hilol ichra,
Jon labimg’a yetkurmush jurmi infiol ichra [54-bet].
Shoir Mashrabning “bir ko’ngilni vayron qilish yuzlab ka’bani buzish bilan barobar” kabi fikriga hamohang tarzda umri zavoliga yetmay turib, insonlarning qalbidan joy olish, ularning ko’ngil ka’basini tavof etishga ulgurish kerakligini ushbu baytda uqtiradi:
Ey chirog’i dil, tavfiq ka’basina azm etgil,
Umri mahdi yuz qo’ymay pardai zavol ichra [54-bet].
Asarlarida ilm-ma’rifatni ulug’lagan Ibrat millat ma’rifiy darajasi yuksalishi tarafdori edi. Shoir ijodida ma’rifatparvarlik ustuvor ahamiyatga ega.
XX asr boshlarida ijod qilgan Namangan adabiy harakatchiligi namoyandalari o’zlarining ishqiy, axloqiy-ta’limiy, ijtimoiy-siyosiy va hajviy yo’nalishdagi she’rlarida insoniy munosabatlarni ulug’lashdi. Ilm-ma’rifat har bir inson hayotida muhim o’rin tutishi, jaholatni yengish uchun eng munosib yo’l – ma’rifat yo’li ekanini targ’ib etgan Ibrat g’azal, masnaviy, murabba’, muxammas, musaddas, musamman janrlarda ijod qildi. Uning ijodidagi yetakchi janr – g’azal. Shoir ijodida g’azalning oshiqona, orifona, rindona, axloqiy-ta’limiy, ijtimoiy-siyosiy kabi turlari uchraydi.
O’rganilayotgan adabiy harakatchilik namoyandalari qaysi janrda ijod qilishmasin, buyuk salaflari an’analarini munosib davom ettirishgan. Ular ijodidagi an’anaviylik “vertikal” hamda “gorizontal” aspektda amalga oshgan. “Vertikal” aspektdagi an’anaviylik mumtoz adabiyot vakillari Hofiz Sheroziy, Navoiy, Jomiy, Fuzuliy, Abdulqodir Bedil, Mashrab, Amiriy, Nodira, Uvaysiy kabi salaflar an’anasiga tayanilganida namoyon bo’ladi. Ularning balog’at, fasohat, aruz va qofiyadagi ijod sirlaridan ilhomlanib, g’azallariga naziralar bitilgan, taxmislar bog’langan. Zamondosh shoirlarning o’zaro ijodiy hamkorligi, ular o’rtasidagi an’ana va o’ziga xoslik “gorizontal” munosabatga misol bo’la oladi.
Ibrat hamda So’fizoda kabi jadidchilik harakatiga moyilligi bor shoirlar ijodida esa mumtoz adabiyot an’analari bilan birga zamonaviy adabiyotga xos tamoyillar aks etgani kuzatiladi. Ham mumtoz adabiyot an’analarini davom etishi, ham yangi davr adabiyotiga xos xususiyatlar bo’y ko’rsatishi, ya’ni bir vaqtning o’zida ikkita jarayon yonma-yon kechganligi ular ijodining o’ziga xosligini anglatadi. Ijodi davomida ma’rifatga oshno qalb iztirobini kuylagan Ibratning ishqiy mazmundagi lirikasi, asosan, ifoda talqinining realligi, milliy ruhdagi tasvir ustunligi bilan ajralib turadi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, XX asr boshlari jamiyat hayotidagi o’zgarishlar, taraqqiy etgan davlatlarga uyushtirilgan turli safarlar, ilm-fanni yuksaltirishga qo’yilgan qadamlar tufayli o’rganilayotgan shoirlar ijodida hayotdagi har bir yangi hodisaga faol munosabat bildirildi, jamiyatdagi norasoliklar tanqid qilindi, ijtimoiy-ma’rifiy mavzuda she’rlar yozish an’anasi kuchaydi. Bunday yangilanish tamoyillari, ayniqsa, Ibrat va So’fizoda ijodida yetakchilik qiladi. Ular ijodida ishq qamrovi kengaydi. Millat ishqi, ma’rifat ishqi bilan o’rtangan ushbu shoirlar ijodida axloqiy-ta’limiy, ijtimoiy-siyosiy mavzudagi she’rlar salmog’i oshdi. Ular ijodida Vatan va millat dardi badiiy talqin etildi.

Download 16,79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish