5
A a(e) o,u
I,i o,u
Unlilarni ifodalovchi harflar so’z boshida va o’rtasida ko’pincha
tushirib
qoldirilgan:
Lp-alp tg’-tag’
Undoshlar qattiq va yumshoq variantlarga ega bo’lgan, shuning uchun
yumshoq undosh uchun alohida belgi, qattiq undosh uchun alohida belgi
qo’llangan.
Bing(ming) ben(men)
Yumshoq va qattiq variantlarga ega bo’lmagan undoshlar uchun, asosan,
bitta belgi ishlatilgan:
-sh, -p, -ng, -m
O’rxun-Enasoy yozuvida ketma-ket kelgan undoshni bitta harf orqali
ifodalash hollari ham mavjud.
-ltt,
-nm -nch
2 . O’rxun-Enasoy yozuvining fonetik va morfologik xususiyatlari.
O’rxun-Enasoy yozuvlarida hozirgi ko’pgina turkiy tillar uchun xarakterli
bo’lgan palatal singarmonizm mavjud. Labial singarmonizm yodgorliklarida
muntazam uchramaydi, ya‘ni ba‘zi hollarda unga amal qilinmaydi. Bu Erda shuni
aytish kerakki, singarmonizm nima? Singarmonizm deb so’zdagi tovushlarning
bir-biriga hamda o’zakka qo’shimchalarning talaffuz jihatdan uyg’unlashishiga
aytiladi: singarmonizmning ikki qonuni, ya‘ni palatal-tanglay uyg’unligi-so’zdagi
tovushlarning bir-biriga va qo’shimchalarning o’zakka qatorda va qalin-
ingichkalikda moslashuvi: qag’anqa(hoqonga), ilgaru oldinga, barig’ (borish); Lab
uyg’unligi-birinchi bo’g’indagi unliga keyingi bo’g’indagi unlining yoki o’zakdagi
unliga qo’shimchadagi unlining lablanish jihatidan moslashuvi: ishig (ishni), inim
(ukam), kozum(ko’zing) kabi.
6
Undoshlar so’zning boshida ketma-ket kelmaydi. So’z o’rtasida va oxirida
sonor tovushlar bilan jarangsiz undoshlarning ketma-ket kelishi xarakterlidir:
kuntuz, kuchlik, o’rt,kelti.
So’z oxirida G’ va G undoshlari saqlanadi: tag’,elig, otuz(ellik)
Undoshlar geminatsiyasi kam uchraydi. Otuz, toquz, sakiz.
O’rxun-Enasoy yozuvlarida hozirgi turkiy tillarda qo’llaniladigan o’rinlarda
d tovushi ishlatilgan: adaq, adg’ir, yadaq(yayaq( kodi( quyi(bod(bo’y.
Hozirgi turkiy tillarda ishlatiladigan o’rinlarda (so’z boshida yodgorliklarda
asosan, b qo’llangan:
bangan-menga, bung-mung, bengu-mangu, bing-ming,bin-
min.000
O’rxun-Enasoy yozuvlaridagi morfologik xususiyatlar xususida to’xtalganda
shuni aytish joizki, jo’nalish kelishigi qo’shimchasi-qa shaklidan tashqari-garu,
g’aru kabi murakkab shakli ham, -a shakliga ega bo’lgan: ilgaru, yoqaru, og’lima,
budunima.
Tushum
kelishigining -ni, -in shakllaridan tashqari, -ig’, -ig shakllari ham
bo’lgan: budunig’-xalqni, tashig’(toshni) kabi. Bu davrda alohida vosita kelishigi
shakli ham bo’lgan: -n, -in: yayin(yoz davomida -ko’lukin (qora moli vositasida).
Murakkab sonlarning joylashishi ham hozirgi turkiy tillardan farq qiladi. Bunda
avval birlik, keyin o’nlik sonlar keladi: Eti, Egirmi-o’n Etti, bir o’tuz) yigirma bir.
Fe‘lning sifatdosh shakli: -mish, -duk, -tagi, -ig’ma shakllari ham mavjud
bo’lgan:
yaratmish -yaratilgan, qalmish -qolg’an, o’ltachi -o’layotgan, keligma -
kelayotgan. Ravishdosh shakllaridan biri-pan bo’lgan: yoripan -yurib, yuribon.
Hozirgi o’zbek tilida mustaqil qo’llanishi juda chegaralangan -a ravishdosh
shakli u paytda mustaqil ishlatilgan: tuta-tutib, basa-bosib-bosa.
O’rxun-Enasoy yozuvi yodgorliklari turkiy tilda gaplashuvchi xalqlarning
tarixini va til taraqqiyotini o’rganishda muhim manbadir. Bu yozuv yodgorliklari
VI- XI asrlarda Mug’ulistondan boshlab to Dunay daryolarigacha yashagan xalqlar
tomonidan yaratilgan. Shu sababli ham bu yodgorlik turkiy xalqlarning mushtarak
yodgorligi hisoblanadi.
7
3. Turkiy tillarning unlilar sistemasi.
Dunyodagi barcha tillarda bo’lgani kabi turkiy tillarda ham unli va undoshlar
ziddiyati mavjud.
Hozirgi turkiy tillarda unli va undoshlar miqdori bir hil emas Ba‘zi turkiy
tillarda miqdori 20 tadan ortiq chuvash, tuva, gagauz,
chulim-tatar tillarida,
ko’pchiligida 8ta, hozirgi o’zbek adabiy tilida 6ta, undoshlarda esa bunday farq
yo’q.
Qadimgi turkiy tilda 8 ta unli bo’lib, ular bir-biridan qatori, tor va kengligi,
lablanish va lablanmasligiga ko’ra farq qiladi: Bulardan a, i, o, u orqa qator va e, i,
o, u oldi qator unlilardir.Keng unlilar- a,e,o,o; Tor unlilar: ,i,u,u. Lablanmagan
unlilar-a,e,i,i. Lablangan unlilar: o, o, u, u. Qadimgi turkiy tilining unli fonemalari
munosabatidagi bunday miqdoriy tenglik ularning sistemasini kub shaklida
ifodalashga imkon beradi: Kubning yuqori qismida tor unlilar, quyi qismida keng
unlilar, old qismida old qator unlilar,
orqasida orqa qator unlilar, o’ng tomonida
lablangan va chap tomonida lablanmagan unlilar berildi.
Do'stlaringiz bilan baham: