Tijorat banklarning funksiyalari Tijorat banklarning mohiyati ularning funksiyalarida yanayam yaqqolroq namoyon bo‘ladi. Banklarning funksiyalari ularning nazariy masalalari sifatida e’tirof etiladi. Shu bois ham banklarning mohiyatini yoritishda vujudga kelgan qator mulohazali holatlar ularning funksiyalarini yoritishda ham mustasno emas. Xususan, iqtisodiy adabiyotlarda banklarning funksiyalari haqida qator mulohazali va tushunmovchilik holatlar mavjud. Masalan, ayrim manbalarda banklar bajaradigan operatsiyalar ularning funksiyalari sifatida qayd etiladi.Bu erda bank faoliyati natijasida ular tomonidan amalga oshiriladigan operatsiyalari nazarda tutiladi. Biroq, shuni ta’kidlash joizki, banklarning barcha operatsiyalari ham ularning funksiyalari bo‘la olmaydi. Bank funksiyasi uning ma’lum ko‘rinishdagi faoliyatini ifodalaydigan iqtisodiy kategoriya bo‘lishi lozim. Tijorat banklar funksitalari:
Birinchi funksiyasi, vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘larni jalb qilish, jamg‘arish va ushbu mablag‘larni kapitalga aylantirish funksiyasi.Ikkinchi funksiyasi, korxona va tashkilotlar, davlat, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini kreditlash. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish va mehnat taqsimotining chuqurlashuvi mulkiy shaklidan qa’tiy nazar barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlarni aylanma mablag‘larga bo‘lgan ehtiyojini oshiradi.Uchinchi funksiyasi, xo‘jalik subyektlari pul hisobkitoblarini amalga oshirishda vositachi hisoblanadi. Iqtisodiyotda faoliyat yuritayotgan xo‘jalik subyektlari kun davomida bir necha yuz minglab turli darajadagi pul aylanmalarini (asosan naqdsiz pul ko‘rinishida) amalga oshiradi.Kredit mablag‘larni muomalaga chiqarish banklarning to‘rtinchi funksiyasi hisoblanadi.
Iqtisodiy va moliyaviy maslahatlarni berish banklarning beshinchi funksiyasi hisoblanadi.
Tijorat banklarining aktiv operatsiyalari Tijorat banklarining aktiv opertsiyalari – bu banklarning passiv operatsiyalari natijasida shakllantirilgan mablag‘larini iqtisodiy jihatdan daromad (foyda) olish maqsadida turli maqsadlarga joylashtirish va likvidligini ta’minlash bilan bog‘liq operatsiyalardir.Tijorat banklarining aktiv operatsiyalari ularning faoliyatida juda muhim hisoblanadi. Chunki ular ushbu operatsiyalar orqali daromadlarni shakllantiradilar va aktiv operatsiyalar doimo ma’lum darajada risk, ya’ni qarzdorning defolti (to‘lovga qobiliyatsizlik) bilan bog‘liq bo‘ladi. Tijorat banklari aktiv operatsiyalari iqtisodiy mohiyatiga ko‘ra: - kassa operatsiyalari; - ssuda operatsiyalari (kreditlash); - investitsiya va fond operatsiyalari; - valyuta operatsiyalari va kafolatlar berish; - bank faoliyatini amalga oshirish uchun xarajatlar (asosiy vositalar, transport va b.) bilan bog‘liq operatsiyalardan iborat.
banklarning aktiv operatsiyalari ularning foydasini shakllantirishga xizmat qilish bilan birga, ma’lum darajadagi risklarni vujudga kelishiga sabab bo‘ladi. Banklar aktiv operatsiyalarni bajarishda asosiy e’tiborni mavjud risklarning darajasini pasaytirish orqali balansning likvidligini ta’minlashga qaratadi.