Markaziy bank mustaqilligining mezonlari va zarurligi
Markaziy bankning mustaqilligi va iqtisodiyotni tartibga solishdagi o‘rni ko‘p hollarda milliy urf-odatlardan va bank tizimining milliy xususiyatlaridan kelib chiqadi. Lekin, umumiy yo‘nalishlarni ham asosiy iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarga taqqoslagan holda ko‘rib chiqish mumkin.
Sanoati rivojlangan mamlakatlar Markaziy banklarining mustaqilligini obyektiv faktorlariga baho berishda, masalan, quyidagi mezonlarni kiritish mumkin: ¾ Markaziy bankning kapitalida va foydani taqsimlashda davlatning ishtiroki; ¾ bank rahbarlarini tayinlash (saylash) dagi tartib va ularning faoliyat ko‘rsatishi muddati hamda davlat tomonidan milliy bankning faoliyatini nazorat qilish shakli; ¾ Markaziy bank vazifalarini aniqlashni qonunchilikda yoritilish darajasi; ¾ Markaziy bank rahbariyati qarorini davlat organlari o‘rnatilgan qonun bilan to‘xtatishini yoki davlatning umumiqtisodiy yo‘nalishi bilan Markaziy bankning pulkredit doirasidagi tadbirlarni tartibga solishning mavjudligi; mamlakat Markaziy bankining davlat harajatlarini to‘g‘ri va egri moliyalashtirishni tartibga soluvchi qoidaning mavjudligi va shakllari.
Monetar siyosat vositalarining mustaqil bo‘lishi, o‘z maqsadlariga erishish uchun siyosat vositalarini tanlashda Markaziy bankning to‘liq mustaqilligini nazarda tutadi. Bu pul-kredit siyosati sohasida tezkor qarorlar qabul qilish vakolatini pul hokimiyatiga topshirish uchun hukumat (asosiy) va markaziy bank (agent) o‘rtasida bir xil kelishuvni tuzish deganidir.
Markaziy bankning mustaqilligini aniqlovchi indekslar va ularning tavsifi
Iqtisodiy adabiyotlarda Markaziy bankning mustaqilligi tushunchasi turli iqtisodchi olimlar tomonidan turlicha talqin etilgan. Massachusets texnologiya universiteti professori Stenli Fisherning fikriga ko‘ra, Markaziy bank mustaqilligining 2 turi mavjud: – instrumentlarni tanlashdagi mustaqillik; – maqsadlarni tanlashdagi mustaqillik. V.Grilli 1991 yilda fanga Markaziy bankning siyosiy mustaqilligi tushunchasini kiritdi. Uning fikriga ko‘ra, Markaziy bankning siyosiy mustaqilligi – bu Markaziy bank rahbariyatini tayinlash jarayonini hukumatdan mustaqilligidir.Markaziy bankning mustaqilligini belgilovchi indekslar: Tsukerman indeksi; GMT (Grilli, Maskiandaro va Tabellinilar omonidan asos solingan) indeksi; ¾Eyffinger-Shaling indeksi. Tsukerman indeksi mustaqillikni tavsiflovchi 4 ta guruhga bo‘lingan 16 ta ko‘rsatkichlarni o‘zida mujassamlashtiradi. 1. Kadrlar siyosatini mustaqilligi; 2. Pul-kredit siyosatini ishlab chiqish; 3. Uning maqsadlari va davlat byudjetini moliyalashtirishni chegaralash.
GMT indeksi bo‘yicha Markaziy bankning siyosiy mustaqilligi 8 ta mezon bo‘yicha baholanadi: 1. Markaziy bank rahbari Hukumatning aralashuvisiz tayinlanadi. 2. Markaziy bank rahbari 5 yildan ortiq muddatga tayinlanadi. 3. Markaziy bank Boshqaruvchilar kengashi a’zolari Hukumatning ishtirokisiz tayinlanadi. 4. Markaziy bank Boshqaruvchilar kengashi bankni 5 yildan ortiq boshqaradi. 5. Markaziy bank Boshqaruvchilar kengashida Hukumat vakillarining majburiy ishtirokiga zaruriyat yo‘q. 6. Pul-kredit sohasida qabul qilingan qarorlarni Hukumat tomonidan ma’qullanish zaruriyatining yo‘qligi. 7. Markaziy bankda qonun bo‘yicha ustuvor maqsadlardan biri sifatida mamlakatda baholar barqarorligini ta’minlash majburiyati bo‘lishi kerak. 8. Markaziy bank Hukumat bilan qarama-qarshilikka borib qolganda, uning pozitsiyasini kuchaytirish imkonini beradigan qonunchilik me’yorlarining mavjudligi
Do'stlaringiz bilan baham: |