Markaziy banklarning vujudga kelishi
Mamlakat bank tizimining asosiy bo‘g‘ini Markaziy bank hisoblanadi. Markaziy bank bevosita mijozlarga bank xizmatlarini ko‘rsatmaydi, ayrim davlat tashkilotlari bundan mustasno. Barcha mamlakatlarda Markaziy banklarning bajaradigan vazifalari va funksiyalari deyarli bir xil bo‘lib, ular turli mamlakatlarda turli nomda yuritilishi mumkin. Xususan, hozirgi kunda, bizga ma’lumki, dunyoning turli mamlakatlarida ushbu banklar “markaziy bank”, “xalq banki”, “emission banki”, “milliy banki”, “zaxira banki”, “davlat banki” tarzida yuritiladi.
Milliy iqtisodiyotning rivojlanishi, mamlakatlar o‘rtasida xalqaro savdo va hisob-kitoblarning rivojlanishi Markaziy banklar zimmasiga qo‘shimcha vazifalarni yuklash zaruriyatini keltirib chiqardi.Endi Markaziy banklar emission bank vazifasini bajarishdan tashqari mamlakatda kredit muassasalari faoliyatini tartibga solish, iqtisodiyotda pul-kredit siyosatini amalga oshirish bilan shug‘ullanadi.Davlat mamlakat milliy valyutasini muomalaga chiqarish, uni tartibga solish, kredit muassasalari faoliyatini nazorat qilish, hisob-kitoblarni tashkil etish bilan bog‘liq qator qonunlarni qabul qildi. Shu tarzda davlat kredit muassasalari faoliyatini tashkil etish va pul muomalasini amalga oshirish bo‘yicha barcha ishlarni to‘liq o‘z qo‘liga oldi. Markaziy banklarning tashkil topish shakliga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, ular davlat kapitali asosida tashkil topgan markaziy banklar (Buyuk Britaniya, Yevropa ittifoqi, Rossiya), aksiyadorlik shaklidagi markaziy banklar (AQSh, Italiya), aralash kapital ishtirokida markaziy banklar (Yaponiya, Belgiya) ko‘rinishida vujudga kelgan.
Markaziy bankning funksiyalari Ma’lumki, Markaziy bankning asosiy maqsadi mamlakat milliy valyutasining barqarorligini ta’minlashdan iborat. Ular ushbu vazifani bajarish uchun qator funksiyalarni bajaradi, ushbu funksiya va vazifalar davlatning Markaziy bank to‘g‘risidagi qonunida belgilab qo‘yiladi. Sanoati rivojlangan shaharlarda Markaziy banklar asosan to‘rtta funksiyani bajaradi: ¾ banknotalar emissiyasi; ¾ pul-kredit munosabatlarini tartibga solish; ¾ banklarning banki; ¾ hukumat banki.
Banknotalarni emissiya qilish - Markaziy bankning eng asosiy va dastlabki funksiyalaridan biri hisoblanadi. Ma’lumki, muomaladagi pul massasi hajmini oshirish yoki kamaytirish aynan Markaziy bankning banknotlarni emissiya qilish funksiyasi bilan bog‘liq bo‘ladi,
Markaziy bankning pul-kredit munosabatlarini tartibga solish funksiyasining asosiy maqsadi milliy valyutaning barqarorligini ta’minlashga qaratilgan bo‘adi
Markaziy bank banklarning banki sifatida mamlakatdagi barcha kredit muassasalariga litsenziya beradi va ularni qaytarib oladi, shuningdek, tegishli iqtisodiy me’yorlar asosida kredit muassasalari faoliyatini tartibga solib, ularning ustidan tegishli nazoratni amalga oshiradi.
Markaziy bank hukumatning banki funksiyasini bajarishda asosiy e’tibor hukumatning oltin va valyuta zaxiralarini saqlash va ularni tasarruf qilish, shuningdek, davlat byudjeti taqchilligini qoplash maqsadida tegishli moliyaviy yordamni (kredit) berishga qaratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |